AVEZOV Davlat Kurbanbaevich “Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini erta diagnostikasi, davolash va profilaktikasi”(14.00.06)- Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (100007, Toshkent shaxri, Mirzo-Ulugbek tumani, Parkent ko‘chasi,51.Tel/faks:(+998971) 268-17-44,www.tipme.uz), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslaxatchi: U.K. Kamilova

    Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyas

    Rasmiy opponentlar: Yu.A.Vasyuk, G.X.Yarmuxamedova, T.A.Abdullaev

    Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi profilaktik tibbiyot Davlat ilmiy-tekshirish markazi

    Dissertatsiya yunalishi: amaliy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqikotning maqsadi: miokard infarkti o‘tkazgan, SYuE bilan asoratlangan bemorlarda yurak qon-tomir tizimi remodellashuvi va neyrogumoral omillarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va kasallik prognozini hisobga olgan xolda erta diagnostika, differensial farmakoterapiya mezonlarini va kasallikning avj olishi profilaktikasi choralarini ishlab chiqish.

    II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

   SYuE bilan asoratlangan IKKSli bemorlarda kasallikning klinik kechishi, yurak va tomirlarning remodellashuv jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlari, neyrogumoral omillar, hayot sifati ko‘rsatkichlari kompleks o‘rganilgan va MNUP, al`dosteron miqdorining ortishi klinik holatning og‘irlashuvi, jismoniy zo‘riqishga chidamlilik darajasi (JZCh), hayot sifati (HS) va kasallikning avj olishini belgilashi aniqlangan;

    SYuE mavjud bemorlarda yurak va tomirlarning infarktdan keyingi remodellashuvi jarayonlari orasida ChQ miokardining qisqarish qobiliyatini pasayishi va perfuziyasining buzilishi bilan tavsiflanuvchi hamda miokard perfuziyasining ham o‘tkinchi, ham turg‘un nuqsonlarini paydo bo‘lishi va endoteliyga bog‘liq vazodilyatatsiyaning buzilishi, fon Villebrand omili darajasining oshishi bilan ifodalanuvchi o‘zaro aloqalarning mavjudligi ko‘rsatilgan;

    SYuEni erta diagnostikasi va avj olishini oldini olish mezonlari ishlab chiqilgan;

    SYuE bo‘lgan bemorlar monitoringida ChQning disfunksiyasi, jismoniy faollik, neyrogormonal faollikning chegaralanish darajasini ifodalovchi noxush prognozning asosiy predikatorlari (HF, chap qorincha diastolik o‘lchami (ChQDO‘), JZCh, yurak qorincha ritmining buzilishi, MNUP va Al) aniqlangan;

   SYuEni davolash kompleksiga β-blokatorlarning qo‘shilishi kasallik-ning klinik kechishi, infarktdan keyingi remodellashuv jarayonlarini yaxshilanishi bilan bir qatorda SYuE mavjud bemorlarda jismoniy zo‘riqishga chidamlilik, klinik xolat, HS va yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlari, endoteliy funksiyalari va neyrogumoral omillarning yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;

    Turli farmakologik xususiyatlarga ega bo‘lgan β-blokatorlar – bisoprolol va karvedilolni differesial qo‘llash mezonlari ishlab chiqilgan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samaradorligi. Miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini prognozlash va erta aniqlash mezonlari sog‘liqni saqlash amaliyotiga (O‘zbeksiton Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 18.12.2013y. 83/02-sonli va 01.07.2014y. 15-sonli xulosalari) tatbiq etilgan. SYuE bo‘lgan bemorlarda kasallikning erta prediktorlari va prognozini aniqlash, davolashni optimallashtirish natijasida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish, bemor hayot sifati va prognozini yaxshilash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish