Turaxanov Akrom Abdullaxakimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiylarda yot g‘oya va ijtimoiy tahdidlarga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/P131.
Ilmiy maslahatchi: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ravshanov Lochinbek Urunovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Safarov Dilmurod Halimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiylarda yot g‘oya va ijtimoiy tahdidlarga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish omillarini aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra, yot g‘oyalar jamiyat va shaxslarning hayotiy qarashlarining o‘zgarishiga olib kelib, ruhiy noturg‘unlik va stressga chidamsizlikni keltirib chiqarganligi tufayli ijtimoiy tahdidlarga qarshi psixologik barqarorlikning shakllanishi refleksiya asosida shaxsning axborotlarga nisbatan senzitivligida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorlik darajasi kommunikativ maydondagi destruktiv axborotlarni idrok qilishdagi selektivlikning axloqiy qarashlar negizida yot g‘oyalarni refleksiv tahlil qilishga olib kelganligi tufayli axborotga psixologik chidamlilikni faollashtiruvchi kognitiv resurslarning ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan tanqidiy fikrlash ta’sirida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorligi ularning informatsion faoliyatdagi motivatsion strukturasiga kommunikativ va kognitiv xususiyatlarning singdirilganlik darajasiga bog‘liqligi tufayli axborot makonida emotsional-irodaviy va qadriyatli-motivatsion sifatlarning shaxs konstruktida kasbiy rivojlanishga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi asoslangan.
harbiy xizmatchilarning integrativ shaxs xususiyatlariga ko‘ra, jamiyat va shaxs taraqqiyotiga xavf soluvchi axborotlarni idrok qilish hamda qayta ishlashda tanqidiy fikrlash va informatsion stressga chidamlilikning shaxsning o‘ziga beradigan bahosiga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib, harbiy-taktik vaziyatlardagi ijtimoiy tahdidlarga nisbatan regressiya, kompensatsiya va intellektualizatsiyaning axborotlarni destruktivlik darajasini baholashda kuchli ifodalanishi aniqlangan.
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorligini shakllantirish modeli harbiy-taktik tayyorgarlik jarayonida shaxs ruhiy holatining favqulodda holatlarga moslashuvi, tezkor qaror qabul qilishdagi vaziyatli-reproduktiv va kreativlik xususiyatlarining differensial ifodalanishiga asoslanib, o‘zini o‘zi identifikatsiyalash hamda psixologik himoyalanishning intellektualizatsiyalash jihatini tanqidiy fikrlashga uyg‘unlashtirilgan konstruktlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Harbiylarda yot g‘oya va ijtimoiy tahdidlarga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish omillari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga ko‘ra, yot g‘oyalar jamiyat va shaxslarning hayotiy qarashlarining o‘zgarishiga olib kelib, ruhiy noturg‘unlik va stressga chidamsizlikni keltirib chiqarganligi tufayli ijtimoiy tahdidlarga qarshi psixologik barqarorlikning shakllanishi refleksiya asosida shaxsning axborotlarga nisbatan senzitivligida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada “yot g‘oyalar”, “psixologik barqarorlik” tushunchalarining psixologiya mohiyati izohlangan; 
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorlik darajasi kommunikativ maydondagi destruktiv axborotlarni idrok qilishdagi selektivlikning axloqiy qarashlar negizida yot g‘oyalarni refleksiv tahlil qilishga olib kelganligi tufayli axborotga psixologik chidamlilikni faollashtiruvchi kognitiv resurslarning ijtimoiy qadriyatlarga asoslangan tanqidiy fikrlash ta’sirida namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv, faoliyatli, hissiy va motivatsion yondashuvlar asosida psixologik barqarorlik konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorligi ularning informatsion faoliyatdagi motivatsion strukturasiga kommunikativ va kognitiv xususiyatlarning singdirilganlik darajasiga bog‘liqligi tufayli axborot makonida emotsional-irodaviy va qadriyatli-motivatsion sifatlarning shaxs konstruktida kasbiy rivojlanishga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiylarda psixologik barqarorlikni rivojlantirishning tizimli-funksional modelini ishlab chiqilgan; 
harbiy xizmatchilarning integrativ shaxs xususiyatlariga ko‘ra, jamiyat va shaxs taraqqiyotiga xavf soluvchi axborotlarni idrok qilish hamda qayta ishlashda tanqidiy fikrlash va informatsion stressga chidamlilikning shaxsning o‘ziga beradigan bahosiga bog‘liq namoyon bo‘lishiga asoslanib, harbiy-taktik vaziyatlardagi ijtimoiy tahdidlarga nisbatan regressiya, kompensatsiya va intellektualizatsiyaning axborotlarni destruktivlik darajasini baholashda kuchli ifodalanishi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiylarda psixologik barqarorlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi individual omillar aniqlashtirilgan; 
harbiy xizmatchilarning ijtimoiy tahdidlarga nisbatan psixologik barqarorligini shakllantirish modeli harbiy-taktik tayyorgarlik jarayonida shaxs ruhiy holatining favqulodda holatlarga moslashuvi, tezkor qaror qabul qilishdagi vaziyatli-reproduktiv va kreativlik xususiyatlarining differensial ifodalanishiga asoslanib, o‘zini o‘zi identifikatsiyalash hamda psixologik himoyalanishning intellektualizatsiyalash jihatini tanqidiy fikrlashga uyg‘unlashtirilgan konstruktlarni kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar “Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiylarning integrativ xususiyatlarini psixologik barqarorlikni shakllanishiga ta’siri ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish