Davlatov Zoirjon Zokiralievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Turk tilida yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi” mavzusidagi 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3478
Ilmiy rahbar: Shabanov Jumali Kazimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Imamova Holida Kamalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turk tilidagi yordamchi fe’llar semantik turlarining spesifik xususiyatlarini va o‘zbek tilida ifodalanishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘plangan ashyoviy materiallar va turkiy tillardagi yordamchi fe’llar haqida ilgari surilgan fikrlar tahlili natijasida turk tilidagi yordamchi fe’llarning yangi semantik tasnifi amalga oshirilgan;
 yordamchi fe’l vazifasida qo‘llaniluvchi boshqa fe’l-leksemalarning semantik, grammatik xususiyatlari tahlil etilib, ularning o‘zbek tilida ifodalanishi ochib berilgan;
yordamchi fe’llarning semalari tizimidagi turli ma’no nozikliklari matn vositasida voqelanishi faktik materiallar asosida dalillangan;
turk tilidagi yordamchi fe’llarning miqdori boshqa turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilidagiga nisbatan ancha kamligi e’tiborda tutilgan hamda bu holatning sabablari, yuzaga kelish omillari oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turk tilida yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishidan Turkiyaning O‘zbekistondagi “Turkiya madaniyat markazi” ning ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Turkiyaning O‘zbekistondagi “Turk milliy madaniy markazi” ning 2023 yil 10 oktabrdagi 19-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tadqiqotdan olingan ilmiy xulosalar va metodik tavsiyalar o‘quv jarayonida samarali qo‘llanilib, talabalar va tinglovchilarning turk tilining grammatik-semantik xususiyatlarini chuqurroq anglashlariga yordam berdi. Shuningdek, materiallarning amaliy tatbiqi til o‘rgatish samaradorligini oshirdi va madaniy-ma’rifiy faoliyatda qo‘shimcha ilmiy manba sifatida xizmat qilgan. 
Turk tilidagi yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi bilan bog‘liq ilmiy tushunchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til, ta’lim, tarjima va konsalting markazi tomonidan turk tilini bilishga qaratilgan yozma va og‘zaki kompetensiyalarni aniqlash uchun (B1, B2, C1 daraja imtihonlarida) berilgan topshiriq savollarini tuzish va shakllantirishda hamda o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda qo‘llanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til, ta’lim, tarjima va konsalting markazining 2023 yil 9 oktabrdagi 03-03-01/1942-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv jarayonida zamonaviy yondashuv asosida tuzilgan topshiriqlar til o‘rganuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali rivojlantirishga xizmat qildi, dars jarayonining interfaolligi oshdi. Shuningdek, yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va muloqot qilish malakalarini shakllantirishga yordam bergan.
Turk tilida yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi xususidagi ilmiy izlanishlar va ashyoviy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Foreign Languages” telekanalining “Good morning Uzbekistan!” va “Hasbihal” ko‘rsatuvlarining senariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023 yil 25 sentabrdagi 01-05-1443-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, televizion dasturlar til va uslub jihatdan yanada boyidi, muloqot madaniyatining nozik qirralari yoritildi hamda turk va o‘zbek tillaridagi lingvistik o‘xshashliklar ommaga sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Bu esa ko‘rsatuvlarning ilmiy-uslubiy asoslangan holda tayyorlanishiga, tomoshabinlarda tilga va madaniyatga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish