Tilegenova Altinay Ernazar qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hozirgi qoraqalpoq lirikasida troplarning qoʻllanilish xususiyati (Metaforalar, epitetlar, oʻxshatishlar. K.Karimov, J.Izbasqanov, B.Genjemuratov lirikasi misolida)”, 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4299.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: G.K.Kurambaeva, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; G.B.Tleuniyazova, f.f.f.d. (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq lirikasida troplar: metafora, epitet va o‘xshatishlarning badiiy vazifasi, turlari va o‘ziga xos xususiyatlarini J.Izbasqanov, K.Karimov, B.Genjemuratovlar ijodida misolida ilmiy-nazariy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq lirikasida metaforik tafakkurga oid nazariy talqinlarga yangicha munosabatlar bildirilgan holda uning ijodkor ruhiyatiga muvofiq tashkil etilishi hamda badiiy-estetik ahamiyati yoritilgan;
zamonaviy qoraqalpoq she’riyatida lirik qahramon va mavjud voqelikning o‘zaro munosabatini ifodalovchi metaforalar, aksariyat kun va tun (qisqa); yil fasllari (o‘rta) yil, asr (uzoq) kabi vaqt kategoriyasi birliklari asosida yaratilganligi J.Izbasqanov, K.Karimov, B.Genjemuratov she’ryaitida mushtarak xususiyatlardan biri ekanligi aniqlangan;
butun she’riy matn mazmunini yaxlit kontekstli metaforalar asosiga qurish J.Izbasqanov va B.Genjemuratov ijodida mohirona aks ettirilgan holda ma’no va tuyg‘uni ifodalashga xizmat qilganligi aniq misollar tahlili asosida isbotlangan;
lirik asarlarda epitet uslubiy shakli J.Izbasqanov (shirin tashvish), K.Karimov (rohatli g‘am), B.Genjemuratovlar (ko‘milgan ruh) kabi okimoron asosiga qurilishi shoir va lirik qahramon ruhiy holati bilan bog‘liq hodisa ekanligi nazariy va badiiy tahlillar bilan asoslangan;
hozirgi qoraqalpoq lirikasida antropomorfik usulda metaforik o‘xshatishlar yaratishda J.Izbasqanov, asosan, tabiat hodisalaridan, K.Karimov tabiat hodisalari bilan birga real jonsiz obektlar, B.Genjemuratov esa tabiat hodisalari va mavhum tushunchalarga tayangani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq lirikasida badiiy tasvir vositalarning poetikasini shoirlar J.Izbasqanov, K.Karimov va B.Genjemuratovlar ijodi misolida o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar quyidagicha joriy etilgan:
lirik qahramon his-tuyg‘ularini aks ettirish, muallif g‘oyasi va maqsadini tasvirlash, she’rning ichki shakli, ramziy obrazlar, lirik obekt va subektlar, real va mavhum, jonli va jonsiz obektlar o‘rtasidagi mantiqiy, tabiiy o‘xshashliklarni, muallif fantaziyasiga oid badiiy obektlarning belgilarini aniqlash, o‘xshatish va qiyoslash imkoniyatini beruvchi badiiy tasvir vositalari shoirning badiiy izlanishlari, individual uslubi, dunyoqarashi va badiiy tamoyillarini yuzaga chiqaruvchi adabiy-estetik kategoriya sifatidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 23-sentyabrdagi 423/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi qoraqalpoq lirikasida badiiy tasvir vositalari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar takomillashtirilgan;
hozirgi qoraqalpoq lirikasida badiiy tasvir vositalarining shaxsiy mualliflik turlarining yaratilishi, so‘nggi yillardagi lirikamizda badiiy vositalarning oddiy, an’anaviy normadan individual xarakterga o‘tishi, induktiv masalalar va his-tuyg‘ularni aks ettirishga oid metafora, epitet, o‘xshatishlarning obektlarga nisbatan o‘xshatilish, tenglashtirish, ko‘chish usullarining yangilanishi, lirik qahramon kechinmalari va badiiy mazmunni etkazish maqsadida troplarning sintezlanib qo‘llanilishi kabi masalalar iste’dodli shoirlar J.Izbasqanov, K.Karimov va B.Genjemuratovlarning troplarni chuqur o‘rganish, qo‘llashdagi yutuqlari bilan bog‘liq ekanligi haqidagi natijalardan “Adabiy jurnal”, “Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston”, “Yodnoma” ko‘rsatuvlari orqali xalqqa, o‘quvchi yoshlarga, olimlarga, adabiyotshunoslik va qoraqalpoq adabiyoti bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka targ‘ibot-tashviqot qilishda keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-martdagi 05.22/135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot takliflari orqali milliy lirikamizdagi badiiy tasvir vositalarining rivojlanishi va yangi usullar bilan boyib borishi haqida adabiy jamoatchilikning tushunchalari kengaytirilgan;
hozirgi qoraqalpoq lirikasida shoirlarning ijodi, o‘ziga xos uslubi, she’r yaratishdagi poetik izlanishlar masalalari, badiiy tasvir vositalarining she’rning poetik qurilishidagi ahamiyati, troplarning turlari, an’anaviy, shaxsiy mualliflik troplar, birikkan troplar va yaxlit kontekstli metaforalar haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminarlar va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 17-iyundagi 55-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning badiiy tasvir vositalari, ularning obrazni aks ettirishdagi vazifasi bo‘yicha tushunchalari takomillashtirilgan;
qoraqalpoq lirikasida badiiy tasvir vositalarining manbalari folklor asarlaridan kelib chiqishi, ishqiy mavzudagi lirikasida yor obrazining badiiy tasvir vositalari bilan, ayniqsa, epitetlar bilan aks ettirilishi, yor obrazini epitetlar bilan aks ettirish xususiyatlari haqidagi ilmiy natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida Ajiniyaz, Qazi Mawlik, J.Izbasqanov, K.Karimov va B.Genjemuratovlar ijodi bo‘yicha o‘tkazilgan ekskursiya darslarida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 13-yanvardagi 01-02/03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot takliflari orqali milliy adabiyotimizda badiiy tasvir vositalari, oshiqlik lirikalarida yor obrazining aks etish xususiyatlari haqida adabiy jamoatchilikning tushunchalari kengaytirilgan.