Mo‘minova Go‘zalxon G‘ulamjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 
e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tli).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Ped1979. Ilmiy rahbar: N.Z.Uluxujaev, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori, professor  Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Abdullaeva Nilufar Maxamadjanovna
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalarini metodik tavsiyalar ishlab chiqish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslarini tatbiq etish usullarining natijadorligi “kompetensiya”, “kompetentlik” atamalarining tuzilishi va mohiyati, leksik, integrativ, interaktiv, o‘yinli, jadallashtirilgan va kontekstli yondashuvlarni qo‘llash darajasi, ularning hozirgi bosqichdagi til ta’limi tushunchalari tizimidagi munosabati va barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish orqali asoslangan;
lingvistik kompetensiyaning fonologik, semantik, kognitiv, motivatsion, faoliyatli, refleksiv komponentlarini tavsifi o‘qitishning ta’limiy o‘yinlardan foydalanish, muammoli, lingvistik vazifa, qiziqarli grammatikadan foydalanish usullarini vertikal va gorizontal integrallashuvini qo‘llash asosida ulardan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash orqali o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari optimallashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini tarkib toptirishning bilim-ko‘nikma-malaka-kompetensiya mujassamligi asosida o‘ziga xos ravishda shakllanib borishini aks ettiruvchi maqsad va vazifalarini, komponentlarini, didaktik omillarini, yondashuv va tamoyillarini, amalga oshirish texnologiyalarini belgilash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetentligini shakllantirishning takomillashtirilgan modeli taqdim etilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetentlikni shakllantirish jarayonining metodik ta’minoti boshlang‘ich sinf ona tili darslarida umummetodik (ta’limiy o‘yinlar, integratsiya, interaktiv, lingvistik vazifa, qiziqarli lingvistika) texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’limiy mashqlar va topshiriqlarni bajarishda o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslarini tatbiq etish usullarining natijadorligi “kompetensiya”, “kompetentlik” atamalarining tuzilishi va mohiyati, leksik, integrativ, interaktiv, o‘yinli, jadallashtirilgan va kontekstli yondashuvlarni qo‘llash darajasi, ularning hozirgi bosqichdagi til ta’limi tushunchalari tizimidagi munosabati va barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish orqali asoslashga oid tavsiya va xulosalardan “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga sigdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining ma’lumotnomasi 2025-yil 14-fevraldagi 01/11-6-135-son ma’lumotnomasi) Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga erishildi; 
lingvistik kompetensiyaning fonologik, semantik, kognitiv, motivatsion, faoliyatli, refleksiv komponentlarini tavsifi o‘qitishning ta’limiy o‘yinlardan foydalanish, muammoli, lingvistik vazifa, qiziqarli grammatikadan foydalanish usullarini vertikal va gorizontal integrallashuvini qo‘llash asosida ulardan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash orqali o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2018-2020-yillar davomida bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o ’rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 30-noyabrdagi №04/11-8683-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ona tili o‘qitish metodikasi” va “Ona tili” fanlarini o‘qitish samaradorligi ta’minlandi;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetentligini tarkib toptirishning bilim-ko‘nikma-malaka-kompetensiya mujassamligi asosida o‘ziga xos ravishda shakllanib borishini aks ettiruvchi maqsad va vazifalarini, komponentlarini, didaktik omillarini, yondashuv va tamoyillarini, amalga oshirish texnologiyalarini belgilash asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetentligini shakllantirishning takomillashtirilgan modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar "Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi" nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i, №129861-son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qituvchilarning ona tilini o‘qitish bo‘yicha metodik tayyorgarligi takomillashdi; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetentlikni shakllantirish jarayonining metodik ta’minoti boshlang‘ich sinf ona tili darslarida umummetodik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’limiy mashqlar va topshiriqlarni bajarishda o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid amaliy takliflaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining ma’lumotnomasi 2025-yil 14-fevraldagi 01/11-6-135-son ma’lumotnomasi) Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik kompetentlikni shakllantirish jarayonining metodik ta’minotining samaradorligi ta’minlandi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish