Alimqulova Ra’noxon Gulmirzaevnaning pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi (O‘qituvchi nutq madaniyati fani misolida)”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Ped6027 
Ilmiy rahbar: Muminova Dilafro‘z Akbaralievna pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Maxmudjon Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Erkaboeva Nigoraxon  Shermatovna  pedagogika fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda nutq madaniyatining rivojlanish metodikasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirish orqali tarkibiy - tuzilmaviy funksional modeli va  baholash mezonlari ijtimoiy va tarbiyaviy me’yorlarni takomillashtirishga  erishilgan;
 talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirishga oid  “SPRR” innovatsion texnologiyasi va (mobil-ilova)  muloqotda til vositalari orqali ta’sirchanlik, nutqiy etikasini saqlash, muloqotga yo‘nalganlik komponentlarining  integrativligi  asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni  kasbiy  faoliyatga tayyorlashda  nutq madaniyatini rivojlantirishga doir pedagogik shart-sharoitlari amaliy didaktik loyihalashning mustaqil ta’lim shakllari asosida modernizatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirishning zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan  talabalar uchun mo‘ljallangan “O‘qituvchi nutq madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i,          429763-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarni kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirish orqali ijodiy faolligini samaradorligini oshirishga erishilgan. 
talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirish orqali tarkibiy - tuzilmaviy funksional modeli va  baholash mezonlari ijtimoiy va tarbiyaviy me’yorlarni takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017-0913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi loyihaning amaliy natijalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7253-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni o‘qituvchi nutq madaniyatiga doir didaktik tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilgan.
talabalarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  nutq  madaniyatini rivojlantirishga oid  “SPRR” innovatsion texnologiyasi va (mobil-ilova)   muloqotda til vositalari orqali ta’sirchanlik, nutqiy etikasini saqlash, muloqotga yo‘nalganlik komponentlarining  integrativligi  asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110400-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 02/01-01-237-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nutq madaniyatini rivojlantirish orqali ijodiy faolligi samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalarni  kasbiy  faoliyatga tayyorlashda  nutq madaniyatini rivojlantirishga doir pedagogik shart-sharoitlari amaliy didaktik loyihalashning mustaqil ta’lim shakllari asosida modernizatsiyalashga oid taklif va tavsiyalardan bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “O‘qituvchi nutq madaniyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i,   429763-raqamli guvohnomasi). Natijada ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi talabalarning nutq madaniyatini rivojlantirishga oid dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar hamda pedagogik amaliyot mazmuni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish