Xolyigitova Nasiba Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilardagi kasb motivlari barqarorligiga guruhiy jipslikning ta’siri”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya bo‘yicha (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.RhD/Psi23.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktor, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar:Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Zuhra Erkinovna,psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilar kasb motivlari barqarorligiga ta’sir etuvchi guruhiy jipslikning ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash va ularning ahamiyatini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
guruhdagi status, emotsional ekspansivlik, o‘zaro hamjihatlik (sotsiometrik), guruh a’zolarining o‘rni, o‘zaro bir-birini e’tirof etishi, qo‘llab-quvvatlashi (referentometrik), oilaning nufuzi, ota-onaning kasbga qiziqtirish layoqati va qo‘llab-quvvatlashlari (kasb-tanlash qadriyatlari) kabi o‘quvchilarda kasbiy motivlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillar aniqlangan;
o‘quvchilar kasbiy motivlarining barqarorlik darajasiga ko‘ra ichki ijtimoiy ahamiyatli motivlar, ichki individual ahamiyatga ega motivlar, tashqi ijobiy motivlar va tashqi salbiy motivlar aniqlangan;
o‘quvchilarning kasbiy motivlari barqarorligini shartlovchi shaxsiy-kasbiy motiv, muloqotga moyillik motivi, pragmatik motiv, mavqega ega bo‘lish motivi, ijtimoiy motiv va bilish motivi kabi turlari aniqlangan;
o‘quvchilarning kasbiy motivlari barqarorligiga ko‘ra o‘quv topshiriqlari va jamoat ishlarini birgalikda bajarishga hayrixoh bo‘lganlar, hamkorlikda faoliyat olib boruvchilar, kasbiy qiziqishlari bilan dunyoqarashlari bir-biriga mos keluvchilardan iborat guruhiy jipslik turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘quvchilardagi kasb motivlari barqarorligiga guruhiy jipslikning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
guruhdagi status, emotsional ekspansivlik, o‘zaro hamjihatlik (sotsiometrik), guruhning har bir a’zosining o‘rni, o‘zaro bir-birini e’tirof etishi va qo‘llab-quvvatlashi (referentometrik), oilaning nufuzi, ota-onaning kasbga qiziqtirish layoqati, qo‘llab-quvvatlashlari (kasb-tanlash qadriyatlari) o‘quvchilarda kasbiy motivlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarga doir olingan natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazini amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 27 iyuldagi 06/361-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish omili sifatida kasbiy motivning komponentlari, kasbiy tasavvurlari ijtimoiy-psixologik fenomenlari to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar bilan boyitilgan;
o‘quvchilar kasbiy motivlarining barqarorlik darajasiga ko‘ra ichki ijtimoiy ahamiyatli motivlar, ichki individual ahamiyatga ega motivlar, tashqi ijobiy motivlar va tashqi salbiy motivlari bo‘yicha natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga joriy qilingan (“Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi ilmiy-metodik Kengashining 2018 yil 29 noyabrdagi 02-07-3862/04-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatining ilmiy-metodik ta’minoti kuchaytirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy motivlari barqarorligini shartlovchi shaxsiy-kasbiy motiv, muloqotga moyillik motivi, pragmatik motiv, mavqega ega bo‘lish motivi, ijtimoiy motiv va bilish motivlar bo‘yicha natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 27 iyuldagi 06/361-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar bilan ishlashda, ularning kasbiy bilimlar ko‘lami ortib borishi, motiv sifatida kuchayishi, guruhdagi psixologik muhitni ijobiy idrok etishini ta’minlashda, turli o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy motivlari barqarorligiga ko‘ra o‘quv topshiriqlari va jamoat ishlarini birgalikda bajarishga hayrixoh bo‘lganlar, hamkorlikda faoliyat olib boruvchilar, kasbiy qiziqishlari bilan dunyoqarashlari bir-biriga mos keluvchilardan iborat guruhiy jipslik turlari bo‘yicha olingan natijalar kasb-hunar kollej va akademik liseylar o‘quv faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 89-03-1238-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta maxsus ta’limi tizimi o‘qituvchilari va amaliyotchi psixologlarining o‘quvchilarda kasbiy motivlarni shakllantirishga doir chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga erishilgan.