Eshmo‘minov Ozodbek Ziyodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasiga ko‘chirilgan farg‘onaliklar turmush-tarzida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar simbiozi” mavzusidagi 07.00.07 –“Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1160.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Eshkurbanov Sirojiddin Bozorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxon vohasiga ko‘chirilgan farg‘onaliklar turmush tarzida an’anaviylik va transformatsion jarayonlarni tarixiy-etnologik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning 20-30-yillarida Sovet hukumati tomonidan Farg‘ona vodiysining paxtakor aholisini Surxon vohasining qo‘riq erlarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirib keltirilishi voha uchun yangi soha bo‘lgan paxtachilik madaniyatining yuqori bosqichga ko‘tarilishiga imkon berganligi asoslangan;
Surxon vohasi aholisi dehqonchiligi va uy xo‘jaligi faoliyatida farg‘onaliklar tomonidan ketmonni tatbiq etilganligi, shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinlaridan kartoshka, karam, pomidor, bodiring kabi ekinlarni olib kelinishi sabzavotchilikning voha qishloq xo‘jaligidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanishida muhim ro‘l o‘ynaganligi aniqlangan;
Surxon vohasiga ko‘chirilgan Farg‘onaliklarning turar joylari vodiyliklarga xos uslubda qurilganligi, ya’ni hovlilarning devor bilan o‘rab olinganligi, uylarning ichki va tashqi qismlarga ajratilganligi, paxsa uylar “avraz”, hammom, bolaxona kabi qismlardan tashkil topganligi so‘ngra bu uslublar voha aholisi turmushiga ham keng qamrovda kirib kelganligi bilan bog‘liq holatlar dalillangan;
Surxon vohasiga ko‘chirilgan farg‘onaliklar davrlar o‘tishi hamda voha aholisi bilan keng aralashuviga qaramasdan o‘zlarining kiyinish an’anasi (belga qiyiq bog‘lash, marg‘iloncha do‘ppi, oq yaktag ko‘ylak kiyish, ayollarning durra chiyish), to‘yda kavortak osh pishirish, nahorga osh berish, uzatilgan qizga otasitomonidan bosh chorva moli sifatida “Enchi” berish bilan bog‘liq an’analarni madaniy vorislik asosida asrab – avaylab kelayotganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon vohasiga ko‘chirilgan farg‘onaliklar turmush-tarzida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar simbiozi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
XX asrning 20-30-yillarida Sovet hukumati tomonidan Farg‘ona vodiysining paxtakor aholisini Surxon vohasining qo‘riq erlarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirib keltirilishi voha uchun yangi soha bo‘lgan paxtachilik madaniyatining yuqori bosqichga ko‘tarilishiga imkon berganligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 14-iyundagi 02-06-920-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijalarning qo‘llanilishi Farg‘ona vodiysining paxtakor aholisini Surxon vohasining qo‘riq erlarini o‘zlashtirishga safarbar qilinishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Surxon vohasi aholisi dehqonchiligi va uy xo‘jaligi faoliyatida farg‘onaliklar tomonidan ketmonni tatbiq etilganligi, shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinlaridan kartoshka, karam, pomidor, bodiring kabi ekinlarni olib kelinishi sabzavotchilikning voha qishloq xo‘jaligidagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanishida muhim ro‘l o‘ynaganligi haqida ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 14-iyundagi 02-06-920-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chirib keltirilgan aholining yangi hududda dehqonchilik rivojiga qo‘shgan hissasi haqida tomoshabinlarda keng tasavvur shakllantirilgan.
Surxon vohasiga ko‘chirilgan Farg‘onaliklarning turar joylari vodiyliklarga xos uslubda qurilganligi, ya’ni hovlilarning devor bilan o‘rab olinganligi, uylarning ichki va tashqi qismlarga ajratilganligi, paxsa uylar “avraz”, hammom, bolaxona kabi qismlardan tashkil topganligi so‘ngra bu uslublar voha aholisi turmushiga ham keng qamrovda kirib kelganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-noyabrdagi 414-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi me’morchiligi ma’naviyatining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha boy ma’lumotlar shakllantirilgan.
Surxon vohasiga ko‘chirilgan farg‘onaliklar davrlar o‘tishi hamda voha aholisi bilan keng aralashuviga qaramasdan o‘zlarining kiyinish an’anasi (belga qiyiq bog‘lash, marg‘iloncha do‘ppi, oq yaktag ko‘ylak kiyish, ayollarning durra chiyish), to‘yda kavortak osh pishirish, nahorga osh berish, uzatilgan qizga otasitomonidan bosh chorva moli sifatida “Enchi” berish bilan bog‘liq an’analarni madaniy vorislik asosida asrab – avaylab kelayotganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-noyabrdagi 414-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi an’analarining hududiy o‘ziga xosliklari asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishda ilmiy asoslangan mexanizm ishlab chiqilgan.