Axmedova Barno Abdievnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitda ta’lim xizmati sifatini oshirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt2924.
Ilmiy rahbar: Norqobilova Feruza Abduhomidovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusubov In’omjon Ikram o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda ekonometrik modellashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Blended learning usuli asosida ana’naviy va onlayn ta’lim kombinatsiyasiga o‘tish jarayonida Data Envelopment Analysis (DEA) bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yangilashning zamonaviy texnologiyalari va innovatsion yondashuvlari taklif etilgan;
ta’lim xizmatlarini sifatini oshirishda ta’lim tizimidagi mablag‘, o‘qituvchilar soni va o‘quv materiallari kabi cheklangan resurslarni optimal tarzda taqsimlashda lineer program (LP) usuli yordamida o‘qituvchilarning yuklamalarini muvozanatlashtirish va institutlar o‘rtasida mablag‘ni eng samarali yo‘l bilan taqsimlash modeli taklif etilgan;
ta’lim tizimida talab va ehtiyojni qondirish va ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning integral ko‘rsatkichlarini ta’lim xizmatlari sifatiga ta’sir etuvchi omillar, o‘qituvchilar soni, guruhlar hajmi, moliyalashtirish va o‘quv dasturlari kabi omillarning ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlash asosida samaradorlikni sinergetik baholash mezonlari taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlarini sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Blended learning usuli asosida ana’naviy va onlayn ta’lim kombinatsiyasiga o‘tish jarayonida Data Envelopment Analysis (DEA) bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yangilashning zamonaviy texnologiyalari va innovatsion yondashuvlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2023-yil 25-iyuldagi “Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 333-4-0-Q/21-son qarorini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 10-10/8325-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jamiyat uchun foydali innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim xizmati sifatini oshirish konsepsiyasini shakllantirish va talabalarni yangi talablar va muammolarga mos tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ta’lim xizmatlarini sifatini oshirishda ta’lim tizimidagi mablag‘, o‘qituvchilar soni va o‘quv materiallari kabi cheklangan resurslarni optimal tarzda taqsimlashda lineer program (LP) usuli yordamida o‘qituvchilarning yuklamalarini muvozanatlashtirish va institutlar o‘rtasida mablag‘ni eng samarali yo‘l bilan taqsimlash modeli bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2023-yil 25-iyuldagi “Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 333-4-0- Q/21-son qarorini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 10-10/8325-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qarshi davlat texnika universitetida ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va o‘quv jarayonlarini zamonaviy shakllarda tashkil etish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, o‘quv materiallari va resurslarini onlayn platformalarda joylashtirish, ta’limda innovatsion texnologiyalar va raqamli vositalarni qo‘llash hamda talabalarda ekologik tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimida talab va ehtiyojni qondirish va ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning integral ko‘rsatkichlarini ta’lim xizmatlari sifatiga ta’sir etuvchi omillar, o‘qituvchilar soni, guruhlar hajmi, moliyalashtirish va o‘quv dasturlari kabi omillarning ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlash asosida samaradorlikni sinergetik baholash mezonlari bo‘yicha taklif asosida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun qabul rejalari va kvotalari shakllantirilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 10-10/8325-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab institutda “Axborot tizimlari va texnologiyalari” hamda “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan;
Qashqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlarini sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olgan holda 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiining 2023-yil 25-iyuldagi “Maxsus ta’lim tizimi sifatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 333-4-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 26-sentyabrdagi 10-10/8325-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim xizmatlarini Blended learning integratsiyalashning 2030-yilgacha prognozlari, talabalarni bilimlariga qarab ta’lim olishda ko‘rsatilgan tez-tez yangilanayotgan, ma’lumotlarga oson o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratish va global ta’limni osonlashtirishni hamda olingan natijalar “Qashqadaryo viloyatini 2022-2026-yilllarga mo‘ljallangan besh yillik davlat dasturi”da xizmatlar sohasini 2,9 barobarga oshirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatgan.