Xolturaeva Gulnoza Mirkamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diareyada qo‘llaniladigan murakkab tarkibli dori vositalarini standartlash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far93.
Ilmiy rahbar: Ganieva Xilola Gayratovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Zakirdjan Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nuridullaeva Kamola Negmatilloevna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diareyada qo‘llaniladigan murakkab tarkibli peroral regidratatsion dori vositalarini sifatini nazorat qilishning mavjud uslublarni takomillashtirish hamda yangi tahlil uslublarini ishlab chiqish, standartlash va validatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Oroks» va «Regidreyd Rux» dori vositalari tarkibidagi glyukoza, sorbitol, natriy sitrat digidrat va xloridlarni identifikatsiya qilish va miqdorini aniqlashning umumiy, unifisirlangan UB-detektorli YuSSX uslubi ishlab chiqilgan; 
«Oroks» va «Regidreyd Rux» dori vositalarining sifatini nazorat qilishning mavjud tahlil uslublari va ishlab chiqilgan YuSSX uslubi natijalari qiyosiy tahlil qilinib, muqobil uslub sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan;  
«Oroks» va «Regidreyd Rux» dori vositalari tarkibidagi natriy va kaliy ionlarini alangali AAS, AES usullari yordamida miqdoriy tahlil uslublari takomillashtirilgan hamda uslublarning Shuxart nazorat kartalari yordamida barqarorligi isbotlangan;
«Oroks» va «Regidreyd Rux» dori vositalari tarkibidagi faol moddalarni sifatini nazorat qilishning analitik tahlil uslublarini validatsion ko‘rsatkichlar xususiyligi, chiziqliligi, to‘g‘riligi, takrorlanuvchanligi bo‘yicha ishonchlilik darajasi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Diareyada qo‘llanildigan murakkab tarkibli dori vositalarini standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oroks» ichish uchun mo‘ljallangan 250/500 ml eritmasi uchun korxona farmakopeya maqolasi (KFM 42 Uz-29399767-4169-2020) O‘zR SSV «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan  va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 03459/09/20-sonli guvohnoma). Natijada «OKS MASSAGET» MChJ korxonasi tomonidan diareyada organizmda suv-tuz hamda kislota-ishqor muvozanatini ta’minlovchi yangi mahalliy dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ko‘p komponentli preparat - regidratatsiya ta’sirga ega bo‘lgan eritmaning faol farmatsevtik dori moddalari miqdorini aniqlash usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№FAP 2551, 02.08.2024 y.). Natijada, ushbu ta’sirga ega dori vositalari tarkibidagi asosiy faol substansiyalarning miqdorini umumiy, bir bosqichli uslubda aniqlash imkonini bergan; 
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Oroks» ichish uchun mo‘ljallangan 250/500 ml eritmasining spesifik farmakologik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli regidratatsion ta’sirga ega va bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish