Qodirova Mukaddas Tog‘aevnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillari biznes diskursining kompleks tahlili va tizimlilik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fil 713.
Ilmiy maslahatchi: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor Rauapova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi biznes diskursning kommunikativ-funksional, sinergetik, pragmatik va madaniy xususiyatlarini yuzaga chiqaruvchi lingvistik omillarni kompleks tahlil qilish, shuningdek, dereglamentatsiya (me’yoriy cheklovni yumshatish) jarayonini hamda xushmuomalalik strategiyalarining o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
biznes tilshunosligi diskursning lisoniy-ijtimoiy, kommunikativ-pragmatik, lingvomadaniy, kognitiv hamda sinergetik jihatlarini uyg‘un idrok etish orqali shakllanishi, o‘zbek va ingliz tillaridagi biznes diskursi til birliklarining shakliy va vazifaviy dinamikasini ifodalovchi lisoniy kategoriyalarni nazariy asoslash negizida dalillangan;
biznes diskursni tizimli anglashning paradigmatik tamoyillari lingvosinergetik model doirasida yoritilib, o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan diskursiv bosqichlar – bifurkatsiya (bir nuqtadan turli yo‘nalishlarga ajralish), o‘z-o‘zini tashkil etish, kommunikativ uyg‘unlik hamda stilistik moslashuv ko‘rsatkichlari lingvistik chog‘ishtirma mezonlar bo‘yicha aniqlangan;
o‘zbek va ingliz biznes diskursida nutqiy me’yorlardan og‘ishni ifodalovchi substandart leksika, metafora, ironiya va giperbolalarning sinergetik hamda dereglamentatsion (me’yoriy cheklovni yumshatuvchi) funksiyalari ochib berilib, jarayon lingvosinergetik yondashuvda til tizimining o‘z-o‘zidan tashkil topishi, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqadorlik, muvozanatsizlik, beqarorlik, dinamika, shuningdek xaos, bifurkatsiya, fluktuatsiya, nochiziqli rivojlanish va tizimlarning birga kechuvchi evolyusiyasi mezonlari asoslandi va chog‘ishtirilayotgan tillar biznes matnlarida semantik fluktuatsiya va stilistik beqarorliklar orqali madaniy tafovutlar dalillangan;
biznes diskursda qo‘llaniluvchi stilistik va ekspressiv vositalar ta’sirida vujudga keladigan muloqot jarayonlari madaniy ko‘rsatkichlar, nutqiy etiket, intertekstuallik (matnlararo munosabatlar) va ijtimoiy stereotiplar bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan, shunga ko‘ra, ingliz tilida ekspressivlik va stilistik erkinlik, o‘zbek tilida esa ehtiyotkorlik, xushmuomalalik hamda ierarxik muvozanatga asoslangan strategiyalar shakllanganligi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz biznes diskurslarida xushmuomalalikning pragmatik mohiyati hurmat, iltifot, uzr va samimiylik strategiyalari orqali baholanib, yozma muloqotda madaniy-etiket birliklari hamda mulohazaga chorlovchi ifodalarning qo‘llanilishi asosida madaniy moslashuvchanlikni shakllantiruvchi muloqotning layoqatlilik (aniqlilik, mantiqlilik, madaniylik, me’yoriylik, interfaollik) mezonlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillari biznes diskurcining kompleks tahlil qilish va tizimlilik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
biznes tilshunosligi diskursning lisoniy-ijtimoiy, kommunikativ-pragmatik, lingvomadaniy, kognitiv hamda sinergetik jihatlarini uyg‘un idrok etish orqali shakllanishi, o‘zbek va ingliz tillaridagi biznes diskursi til birliklarining shakliy va vazifaviy dinamikasini ifodalovchi lisoniy kategoriyalarni nazariy asoslash negizida dalillanganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-030- son “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 24-yanvardagi 04/1-287-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘zbek tilidagi qismi biznes diskurs til birliklarining struktura va funksional dinamikasi, lingvomadaniy chegaralari va tilshunoslikdagi epistemologik maqomi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
biznes diskursni tizimli anglashning paradigmatik tamoyillari lingvosinergetik model` doirasida yoritilib, o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan diskursiv bosqichlar – bifurkatsiya (bir nuqtadan turli yo‘nalishlarga ajralish), o‘z-o‘zini tashkil etish, kommunikativ uyg‘unlik hamda stilistik moslashuv ko‘rsatkichlari lingvistik chog‘ishtirma mezonlari bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan 2022 – 2024-yillarda bajarilgan IL-402104209- son “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vstasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 25-yanvardagi 01-292- son ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy vosita o‘zbek va ingliz tillaridagi biznes diskursining lingvosinergetik modeli asosidagi stilistik ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz biznes diskursida nutqiy me’yorlardan og‘ishni ifodalovchi substandart leksika, metafora, ironiya va giperbolalarning sinergetik hamda dereglamentatsion (me’yoriy cheklovni yumshatuvchi) funksiyalari ochib berilib, jarayon lingvosinergetik yondashuvda til tizimining o‘z-o‘zidan tashkil topishi, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqadorlik, muvozanatsizlik, beqarorlik, dinamika, shuningdek xaos, bifurkatsiya, fluktuatsiya, nochiziqli rivojlanish va tizimlarning birga kechuvchi evolyusiyasi mezonlari asoslandi va chog‘ishtirilayotgan tillar biznes matnlarida semantik fluktuatsiya va stilistik beqarorliklar orqali madaniy tafovutlarga doir xulosalardan 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 25-yanvardagi 04/1-286-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek va ingliz tillaridagi biznes matnlarida yuzaga keladigan semantik fluktuatsiya va stilistik beqarorliklar orqali amalga oshirilgan madaniy tafovutlarning chog‘ishtirma tahlillari bilan boyitilgan;
biznes diskursda qo‘llaniluvchi stilistik va ekspressiv vositalar ta’sirida vujudga keladigan muloqot jarayonlari madaniy ko‘rsatkichlar, nutqiy etiket, interteksuallik va ijtimoiy stereotiplar bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan, xulosaviy tarzda, ingliz tilida ekspressivlik va stilistik erkinlik, o‘zbek tilida esa ehtiyotkorlik, xushmuomalalik hamda ierarxik muvozanatga asoslangan strategiyalari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar dasturini linsoniy jihatdan takomillashtirish jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025-yil, 24-iyuldagi 06-05-33-8151-son ma’lumonomasi). Naijada O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar matni madaniyatlararo kommunikativ moslik va uslubiy aniqlik jihatidan yaxshilanishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz biznes diskurslarida xushmuomalalikning pragmatik mohiyati hurmat, iltifot, uzr va samimiylik strategiyalari orqali baholanib, yozma muloqotda madaniy-etiket birliklari hamda mulohazaga chorlovchi ifodalarning qo‘llanilishi asosida madaniy moslashuvchanlikni shakllantiruvchi muloqotning layoqatlilik (aniqlik, mantiqiylik, madaniylik, me’yoriylik, interfaollik)ning nutqiy mezonlari haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining “nazariy bilim va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlagan holda professor va o‘qituvchilarning izlanishlari, talabalarning turizm sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish” bo‘yicha topshiriq ijrosini ta’minlashda, 2020-2021- o‘quv yilidan boshlab “Gid hamrohligi” yangi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamda 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmoni ijrosi yuzasidan 2021-2022-o‘quv yilida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Ziyorat turizmi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2025-yil, 7-fevraldagi 03-10-17-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qo‘mitaning topshiriq ijrolarini bajarishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan.