Ahmedov Orif Jumanazar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Azotli birikmalar asosida avtomobil benzinining oktan sonini oshiruvchi polifunksional qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5579.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzullo Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurillaev Zafar Ismatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tarkibli ekologik toza bo‘lgan polifunksional organik qo‘shimchalar olish va ular asosida avtomobil benzinlarining oktan sonini oshirish, ingibirlik xususiyatini yaxshilash hamda samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yangi tarkibli oktan sonini oshiruvchi va ingibitor xususiyatli organik polifunksional qo‘shimchalar olingan hamda olinish jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan;
sintez qilingan yangi tarkibli ekologik xavfsiz organik polifunksional qo‘shimchalarni samaradorligi AI-80 namunadagi benzinni oktan sonini OSTU usulida 13 birlikgacha va to‘gʻridan-to‘gʻri haydalgan benzin fraksiyasini oktan sonini OSTU usulida 15,5 birlikgacha oshirganligi aniqlangan;
sintez qilingan ko‘p funksiyali qo‘shimchalar qo‘shilgan benzin namunalarining dvigatelda yonishi natijasida havoga chiqadigan zaharli gazlar miqdori GOST 17.2.2.03-87 standarti talablariga muvofiq uglerod(II) oksidi CO 0,74 % dan 0,06 % gacha va chala yongan uglevodorodlar Ch 180 ppm dan 068 ppm gacha kamayganligi aniqlangan;
sintez qilingan qo‘shimchalar benzinni xiralanish haroratini -32°C dan -66°C gacha, smola miqdorini esa 3,2 mg/l dan 2,74 mg/l pasayganligi aniqlangan;
sintez qilingan ingibitorning ingibirlash xossasi mis plastinkada 50°C oralig‘ida, 3 soat davomida 1b shkala talablariga to‘liq mos kelishi isbotlangan;
tarkibida kislorod va azot saqlagan, avtomobil benziniga qo‘shiladigan, ko‘p funksiyali organik qo‘shimchalar sintez qilish jarayonlarini samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida azot va kislorod saqlovchi yangi benzinni oktan sonini oshiruvchi va ingibitor vazifasini bajaruvchi polifunksional qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan, tarkibida azot va kislorod saqlovchi oktan sonini oshiruvchi va ingibitor vazifasini bajaruvchi polifunksional qo‘shimchalar Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 3 noyabrdagi OP24/ED-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori oktanli avtomobil yoqilg‘ilarini ishlab chiqarish uchun korroziyadan himoyalangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzin tayyorlash imkonini bergan;
olingan azot va kislorod saqlovchi organik korroziya ingibitorlari Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025 yil 3 noyabrdagi OP24/ED-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada, rezervuarlarni korroziyadan 98,5% ga himoyalash va neft maxsulotlarining mis plastinkani qoraytirishi ko‘rsatkichini 1b shkalaga ko‘tarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish