Matyakubova Mavlyuda Xudayberganovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «3d-metallarning etanolaminlar va qahrabo kislotasi bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K681.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shodlik Beko‘latovich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullova Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: biogen metallarning etanolaminlar va qahrabo kislotasi bilan aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etanolaminlar, qahrabo kislota, Cu (II), Ni (II), Co (II) tuzlari asosidagi 27 ta yangi komplekslar birikmalari sintez qilingan; 
etanolaminlar, qahrabo kislota, Cu (II), Ni (II), Co (II) tuzlari asosida sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi element tahlil asosida isbotlangan; 
IQ- spektroskopiyasi usullari bilan sintez qilingan kompleks birikmalarda ligandlarning koordinatsiyalash usullari va koordinatsion tugun geometriyasi aniqlangan;
Ni(II) ionining qahrabo kislotasi va trietanolamin bilan hosil qilgan kompleks birikmasida trietanolamin molekulalari azot va ikkita kislorod atomlari orqali tridentat holida birikishi, bitta suksinat qoldig‘i kislorod atomlari orqali Ni(II) ionini tashqi sferada neytrallashi rentgen-tuzilish tahlil yordamida isbotlangan; 
sintez qilingan misning qaxrabo kislota, TEA bilan aralash-ligandli kompleks birikmasining 0.001% li eritmasi asosida MM-2021 syimulyatori ishlab chiqilgan va ishlov berilgan chigit unib chiqishi 90-92% bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etanolaminlar, qahrabo kislota, Cu (II), Ni (II), Co (II) tuzlari asosida aralashligandli kompleks birikmalari sintezi, tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MM-2021 stimulyatori Xorazm viloyatining Urganch tumani “Rajab ota Jumanov To‘ravoy” va “Jumaniyoz Otaxon bog‘bon” dexqon fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 07 noyabrdagi 07/22-06/1311-son ma'lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan preparatning 0,002% li suvli eritmasi bilan ekiladigan g‘o‘za chigitiga ishlov berilganda, paxta hosildorligini 3-4 st/ga ga oshirish imkonini bergan;
[Ni(TEA)2]Suc kompleks birikmasining rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/ CCDC depozit raqami №2239673). Natijada, ushbu ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sintezlangan birikmalar shu tipdagi yangi koordinatsion birikmalarni olishda, mumkin bo‘lgan bog‘lanish turlarini oldindan aniqlashda hamda tuzilishini tavsiflashda boshqa tadqiqotchilar tomonidan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish