Egamberdiev Elyor Hayitmamatovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i
“Multitipli ma’lumotlar muhitida qobiliyatlarni bashoratlash algoritmlari va dasturiy vositasi”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T2082
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Babadjanov Elmurod Satimbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi multitipli ma’lumotlar muhitida kognitiv qobiliyatlarni bashoratlash algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
multitipli ma’lumotlarni klasterlash va yorliqlash orqali lingvistik ko‘rinishdagi o‘zgaruvchilarga akslantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
kognitiv qobiliyatlarni bashoratlash uchun klaster markaziy nuqtasi va qiymat orasidagi masofani, tegishlilik funksiyasi qiymatida foydalanib, Mamdani tipidagi ANFIS modeli takomillashtirilgan;
Mamdani tipidagi ANFIS modeli qoidalar bazasini takomillashtirish uchun genetik algoritmdan foydalanib, qoidalar kombinatsiyalarini shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
Silhouette koeffisienti asosida matnli ma’lumotlarni lingvistik ko‘rinishdagi o‘zgaruvchilarga akslantirish uchun K-means klasterlar sonini avtomatik aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan tadqiqot usullari va algoritmlari asosida tadiqiqot natijalari quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
multitipli ma’lumotlarni yagona lingvistik term ko‘rinishida akslantirish, hamda ushbu o‘quv tanlanmalar yordamida ANFIS modelini qurish, ANFIS modelining bilimlar bazasini genetik algoritmlar asosida takomillashtirishtirilgan axborot tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga tegishli maktablarda joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Maktabgacha va Maktab taʼlimi vazirligi ning 2024-yil 21-oktyabrdagi 01—19-6863-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqiot natijasida o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini bashoratlash va kerakli xulosalarni o‘z vaqtida qabul qilishni 10% ga o‘stirish imkoniyati yaratildi;
multitipli ma’lumotlar muhitida qobiliyatlarni bashoratlash dasturiy  vositasidan o‘qituvchilar o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini bashoratlash, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past o‘quvchilarni erta aniqlash, shu orqali kerakli chora tadbirlarni ko‘rish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limining umumta’lim maktablarida joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Maktabgacha va Maktab taʼlimi vazirligi ning 2024-yil 21-oktyabrdagi 01—19-6863-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqiot natijasida o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan va zarur xulosalarni o‘z vaqtida qabul qilishning 12% ga oshishiga olib kelgan.
multitipli ma’lumotlar muhitida qobiliyatlarni bashoratlash dasturiy vositasidan o‘qituvchilar o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini bashoratlash, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past o‘quvchilarni erta aniqlash, shu orqali kerakli chora tadbirlarni ko‘rish maqsadida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limining umumta’lim maktablarida joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limining 2024-yil 02-dekabrdagi 248-son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqiot natijasida o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan va zarur xulosalarni o‘z vaqtida qabul qilishning 11% ga oshishiga olib kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish