Hayitov Abdulla Nurmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Motoblok uchun kultivator ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash (kartoshka misolida)”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4732
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Orifjon Raxmatov, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Nurmuxammad Muxtarovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan motoblok uchun kultivator ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali ish sifati va unumini oshirish hamda boshqa harajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka qator oralari tuprog‘iga kam energiya hisobiga ishlov beradigan ish organlar bilan jihozlangan motoblok uchun kultivatorning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kultivatorning parametrlari tuproq xossalari, uning uvalanish darajasi hamda ishlov berish chuqurligi belgilangan me’yordan kam bo‘lmasligi hamda kultivatorning tortishga qarshiligi minimal bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan;
yumshatkich va o‘qyoysimon panjalar orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar ularning orasiga tuproq tiqilmasligi shartidan keltirib chiqarilgan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
kultivator yumshatkich panjasining eni, tuproqqa kirish burchagi, egrilik radiusi hamda o‘qyoysimon panjasining qamrash kengligi, qanotlarining uvalash va ochilish burchaklari, sferik diskning diametri, uning harakat yo‘nalishi va tikka nisbatan o‘rnatilish burchagi va agregat harakat tezligi ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Motoblok uchun kultivator ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash (kartoshka misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
motoblok bilan agregatlanadigan kultivatorning texnik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-370-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan kultivatorni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
kultivatorning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “ABRORJON AHADJON FAYZ” fermer xo‘jaligida hamda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “BAXROM ORIF” va “QADAMBOY BAKIEV” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-370-son ma’lumotnomasi). Sinov natijalariga ko‘ra agregat harakat tezligi 0,4 va 0,8 m/s bo‘lganda kultivatorning ishlov berish chuqurligi mos ravishda 10,8 va 10,2 cm, tuproqning uvalanish sifati 81,5 va 80,2 % ni, ish organining tortishga qarshiligi 0,29 va 0,33 kN ni tashkil etgan;
kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-370-son ma’lumotnomasi). Natijada kultivatorni sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.