Mavlonov Jonibek Ashurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kon-metallurgiya sanoatini katta quvvatli jihozlari ishlashining energiya samaradorligini ta’minlash usullarini takomillashtirish», 05.05.01 – «Energetika tizimlari va majmualari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.2. DSc/T631.
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjan Mukaramovich - texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich - texnika fanlari doktori, professor; Xalikov Solixdjan Subxanovich - texnika fanlari doktori,
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sharli tegirmonlarning ish rejimlarini rudaning o‘zgaruvchan parametrlariga moslashtirib, energiya sarfini kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rudaning fizik-mexanik parametrlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda sharli tegirmonlarning energiya tejovchi ish rejimi hamda «rostlanadigan sinxron motor – tegirmon» tizimining funksional sxemasi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
rudaning fizik-mexanik parametrlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda sharli tegirmon sinxron motorining qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
rudani maydalash jarayonini bashoratli boshqarishning fizik-texnologik xususiyatlariga asoslangan neyron tarmoqning ixtisoslashtirilgan arxitekturasi va kombinatsiyalangan algoritmi ishlab chiqilgan;
sharli tegirmonning elektr energiya solishtirma iste’moli hisobga olgan holda Lagranj usuliga asoslangan optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
kon-metallurgiya sanoatida maksimal unumdorlik va minimal energiya sarfi asosida shar tegirmon ish rejimlarining ikki mezonli optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kon-metallurgiya sanoatini katta quvvatli jihozlari ishlashining energiya samaradorligini ta’minlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tegirmon qurilmalarining energiya tejovchi ish rejimi 2-Gidrometallurgiya zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 5 iyundagi 07-02-05/02/5184-son ma’lumotnomasi). Natijada shar tegirmonidagi elektr energiya sarfini 6% gacha tejash imkoni yaratilgan.
sinxron motorining qo‘zg‘atish tokini avtomatik ravishda rostlash tizimi va ikki mezonli optimallashtirish usuli 2-Gidrometallurgiya zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 5 iyundagi 07-02-05/02/5184-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir tegirmon uchun yiliga 475 000 kVt·soatgacha elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoni yaratilgan.
rudaning maydalash jarayonini boshqarish algoritmi va tegirmon qurilmalari ishlashining energiya samaradorligini ta’minlash usuli 2-Gidrometallurgiya zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning 2023 yil 5 iyundagi 07-02-05/02/5184-son ma’lumotnomasi). Natijada solishtirma elektr energiya sarfini 1,2 kVt·soat/t gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.