Turaev Akramjon Ikromjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taqsimlangan generatsiya manbalari asosida zamonaviy elektr tarmoqlarini shakllantirish muammolari va echimlari”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T592.
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Shuxrat Vaxidovich - texnika fanlari doktori, professor; Taslimov Abduraxim Dexkanovich - texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich - texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Uzenergoengineering” aksiyadorlik jamiyati
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: taqsimlangan generatsiya manbalarining elektr tarmoqlari uchun integratsiyalangan ish rejimi modelini yaratish, intellektual boshqaruv tizimini takomillashtirish, hamda aktiv va reaktiv quvvat balansini samarali boshqarish asosida zamonaviy elektr tarmoqlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past kuchlanishli elektr tarmoqlari uchun taqsimlangan generatsiya manbalari birlashgan ish rejimining matematik va raqamli modeli tarmoq parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
taqsimlangan generatsiya manbalarini past kuchlanishli elektr tarmoqlarida optimal o‘rnatish va o‘rnatiladigan quvvatlarini hisoblash asosida tizimdagi ortiqcha yuklanishlarni bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan;
taqsimlangan generatsiya manbalarini samarali integratsiya qilish asosidagi umumiy ish rejimining ulanish nuqtasidagi tarmoq parametrlarini hisobga olgan holda Multi-Agent Systems tizimida ishlaydigan raqamli modeli ishlab chiqilgan;
taqsimlangan generatsiya manbalari orqali past kuchlanishli elektr tarmoqlari kuchlanishini reaktiv quvvat asosida boshqarishning intellektual tizimi manbaning reaktiv quvvat imkoniyati hisobiga takomillashtirilgan;
taqsimlangan generatsiya manbalarini markazlashmagan aktiv quvvat balansining birinchi va ikkinchi pog‘onali boshqaruvi tizimiga manbaning aktiv quvvat imkoniyati asosida integratsiya qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Taqsimlangan generatsiya manbalarini orqali elektr tarmoqlarini takomillashtirish echimlarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarmoqdagi ortiqcha yuklanishlarni bartaraf etish uchun taqsimlangan generatsiya manbalarini optimal ulanish nuqtasini aniqlash usuli “Baxmal tuman elektr ta’minoti korxonasi”da joriy etilgan (“Jizzax hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 23- noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada “Mugol” PSning 10 kV tomonida jami 1600 kVt quvvatli taqsimlangan generatsiya manbalarini ulanishi zarur bo‘lgan hududlar aniqlandi. Bu orqali 4000 kVA quvvatga ega transformatorlarning yuklanishini 16% ga va elektr uzatish tarmoqlarida yo‘qotishlarni 6% gacha pasaytirish imkonini bergan;
transformatorlardagi ortiqcha yuklanishlarni bartaraf etish uchun taqsimlangan generatsiya manbalarini o‘rnatilish quvvatini aniqlash usuli va algoritmi “RODMAN” MChJda joriy etilgan (“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 10- noyabrdagi 35-25/4056- sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy quvvati 1050 kVt bo‘lgan taqsimlangan generatsiya manbalarini o‘rnatilishi “Megatekstil” PSda o‘rnatilgan 6300 kVA transformatorni yuklanishini 12% ga, 10 kV va undan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining yo‘qotishlari 7% gacha pasaytirish imkonini bergan;
tarmoq parametrlarini hisobga olgan holda raqamli dinamik modellarni takomillashtirish metodologiyasi “Surxondaryo HET” AJda joriy etilgan (“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 16- noyabrdagi № 39-20/9285 son ma’lumotnomasi). Natijada 35 kV va undan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining yo‘qotishlarini 6% ga, 2500 kVA transformator yuklanishini 18 % gacha kamaytirishga erishilgan;
taqsimlangan generatsiya manbalarini optimal o‘rnatish va o‘rnatilish quvvatlarini hisoblashning raqamli modeli “Xorazm MET” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 5 dekabrdagi 01-02-22/4924-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 435 000 000 (to‘rt yuz o‘ttiz besh million) so‘mni tashkil etgan.