Isaeva Maxfuza Xamidovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
 “Ikkilamchi xomashyo asosida olingan maxsus dala kiyimlarining ekspluatatsion xossalarini yaxshilash (agrosanoat majmuasi xodimlari kiyimi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini  05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5715.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abdurayimovna, texnika fanlari doktori, professor; Nabijonova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi xomashyo asosida olingan maxsus dala kiyimlarining ekspluatatsion xossalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrosanoat majmuasi xodimlarining mehnat sharoiti, ularning hayoti va salomatligiga zararli va xavfli omillar ta’sirini chuqur tahlil qilish asosida dala maxsus kiyimining qulayligiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan;
 agrosanoat majmuasi xodimlari maxsus dala kiyimini tayyorlashda ikkilamchi xom-ashyo-andazalararo chiqitlardan olingan iplar asosida tayyorlangan matolarni qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
o‘xshashlik nazariyasi va o‘lchamlar tahlilidan foydalanib, ikkilamchi matolarning tuzilish parametrlariga bog‘liq holda ularning emirilishga chidamliligini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan;
natijalarni statistik tahlillar asosida agressiv tuproq suspenziyasi, quyosh radiatsiyasi, deformatsion yuklamalar va emirilish (yuvish) jarayonlarining ikkilamchi xomashyodan tayyorlangan mato va maxsus dala kiyimlari konstruksiyasining ekspluatatsion sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Agrosanoat majmuasi ishchilari uchun maxsus kiyim ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
 maxsus kiyimning konstruktiv-texnologik echimi, loyiha-texnik hujjatlari "Nurafshon Nur" XK va "Lider Fashion" MChJda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 29-iyuldagi № 02/25-1826 - ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliy ikkilamchi xomashyodan tayyorlangan materiallardan foydalanish hisobiga xarajatlar kamaygan va mahsulot rentabelligi 4.5% ga oshishiga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish