Karimov Abror Qayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bazasi o‘zgaruvchan to‘rt g‘ildirakli universal-chopiq traktorini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T2123
Ilmiy rahbar: Axmetov Adilbek Ag‘abekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Astanov Bekzod Jangiboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi traktorning bazasini o‘zgartirish orqali uning turg‘unligi, o‘tuvchanligi va manevrchanliligini oshirish hamda yil davomida samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traktor bazasi o‘zgartirish mexanizmining konstruktiv sxemasi uning barcha zvenolarining harakatlanish ketma-ketligini yagona yetakchi zveno orqali ta’minlashi va bunda oldingi va orqa zvenolarning og‘ish qulochi traktorni minimal va maksimal bazasi farqidan kam bo‘lmaslik shartlaridan aniqlangan;
traktor bazasi minimal qiymatdan maksimal yoki aksincha maksimal qiymatdan minimal qiymatga o‘tishda old g‘ildiraklarning siljish kattaligi old va orqa zvenolar orasidagi masofadan katta bo‘lishi shartidan aniqlangan;
traktorni minimal va maksimal bazasi uzunligining maqbul o‘lchamlari yo‘l harakati qoidalari talabini bajarish, traktorning turg‘unligini oshirish hamda traktor dala ishlarini bajarishida qaytib olishi uchun zarur bo‘lgan minimal burilish radiusini ta’minlash shartidan aniqlangan va traktor bazasini minimal va maksimal holatga montaj-demontaj jarayonlarisiz o‘zgartirish imkonini yaratuvchi texnik echim ishlab chiqilgan;
traktor bazasini o‘zgartiruvchi mexanizm parametrlarini traktor optimal turg‘unligi va manevrchanligini ta’minlash, transport ishlarida xavfsizlikni oshirish va traktor yurish tizimini tuproq va o‘simliklarga salbiy texnogen ta’sirini minimallashtirgan holda qaytish yo‘laklari maydonini kamaytirishni ta’minlash shartidan kelib chiqib asoslovchi analitik bog‘lanishlar keltirib chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bazasi o‘zgartiriladigan traktorni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
bazasi o‘zgartiriladigan traktorini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriq hamda traktor bazasini montaj-demontaj ishlarisiz o‘zgartiriladigan texnik echim ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-220-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli qishloq xo‘jaligi ishlarida yil davomida ishlashi mumkin bo‘lgan bazasi o‘zgartiriladigan traktorning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
baza uzunligi o‘zgartiriladigan traktor O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati G‘uzor, Qarshi hamda Kasbi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 30-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-220-son ma’lumotnomasi). Natijada material-texnik resurslar xarajatlari 1,97 baravarga, mehnat sarfi 2,64 foizga kamaygan, traktorning turg‘unligi va manevrchanligi esa oshirishga erishilgan;
baza uzunligi o‘zgartiriladigan traktorni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari "QXMKTM" MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan ("QXMKTM" MChJning 2025-yil 20-martdagi 2/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bazasi o‘zgartiriladigan traktorni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.