Mavlyanova Dilobar Maxkamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Joriy aktivlar hisobi va auditining metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt546
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: joriy aktivlar hisobi va auditining metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “joriy aktivlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobi obekti va moliyaviy hisobot elementi sifatida tasniflash asosida takomillashtirilgan;
MHXS asosida tadbirkorlik subektlarida tayyor mahsulot tannarxini shakllantirish va sotish tannarxi tarkibiga kiritish algoritmini ishlab chiqish asosida foyda yoki zararni aniqlashda tan olingan xarajatlar tahlilini taqdim etishning “Sotish tannarxi” usuli orqali zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniq xarajat moddalari bo‘yicha tarkiblash taklif etilgan;
debitorlik qarzlarini baholash va ularning amortizatsiyasini hisoblash orqali moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirishda qo‘shimcha 4990 - “Shubhali qarzlar” va 4999 - “Umidsiz qarzlarga” ajratilgan holda qarzlarni undirish ehtimoli va muddatlari bo‘yicha «standart», «nostandart», «shubhali», “umidsiz qarzlarni” hisoblash usuli takomillashtirilgan;
qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va keyingi baholash natijasida yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda hisobotda aks ettirish tartibi «so‘ndirilgunga qadar saqlanadigan», «savdo uchun mo‘ljallangan» va «sotish uchun mo‘ljallangan» tarzda tasniflash asosida soddalashtirilgan;
joriy aktivlar auditida tizimli yondashuvni ta’minlash, vaqt va resurslarni tejash, risklarni kamaytirish, audit sifatini oshirish va ishonchni mustahkamlash maqsadida joriy aktivlar auditini “Joriy aktivlar auditini rejalashtirish va audit dasturini tayyorlash”, “Joriy aktivlar auditini o‘tkazish” va “Joriy aktivlar auditini yakunlash” bosqichlarida amalga oshirish hamda joriy aktivlar auditining umumiy rejasi va dasturini namunaviy shakli va ularni tuzish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Joriy aktivlar hisobi, tahlili va auditini uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “joriy aktivlar” tushunchasining iqtisodiy mazmunini MHXSga muvofiq buxgalteriya hisobi obekti va moliyaviy hisobot elementi sifatida tasniflash asosida takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Milliy buxgalteriya tizimi prinsiplari” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (TDIU rektorining 2025-05-15 sanasidagi 194-son buyrug‘iga asosan № 194-06). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “joriy aktivlar” tushunchasi axborotdan talablar va foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli bo‘lishini ta’minlagan hamda buxgalteriya hisobi obekti va moliyaviy hisobot elementi sifatida takomillashtirilgan tasnifi ularni MHXS asosida buxgalteriya hisobida hisobga olish va moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot axborotlarining aniq shakllantirish imkonini bergan;
MHXS asosida tadbirkorlik subektlarida tayyor mahsulot tannarxini shakllantirish va sotish tannarxi tarkibiga kiritish algoritmini ishlab chiqish asosida foyda yoki zararni aniqlashda tan olingan xarajatlar tahlilini taqdim etishning “Sotish tannarxi” usuli orqali zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniq xarajat moddalari bo‘yicha tarkiblash taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2024-yil 11-noyabrdagi 08-36-2-513-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tasniflangan holda aniq xarajat moddalari bo‘yicha tarkiblash imkonini berib, korxonalar moliyaviy holatiga joriy aktivlarning ta’siri aniqlangan va ulardan foydalanishda ortiqcha, samarasiz xarajatlar 1,4 foizga qisqartirilgan;
debitorlik qarzlarini baholash va ularning amortizatsiyasini hisoblash orqali moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirishda qo‘shimcha 4990 - “Shubhali qarzlar” va 4999 - “Umidsiz qarzlarga” ajratilgan holda qarzlarni undirish ehtimoli va muddatlari bo‘yicha “standart”, “nostandart”, “shubhali”, “umidsiz qarzlarni” hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ ning 2024-yil 11-noyabrdagi 08-36-2-513-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda 37,2 foizga debitorlik qarzlari summasini kamaytirishga erishilib, debitorlik qarzlarining o‘rtacha qoplash muddatidan kelib chiqib, 2024-yil 2023-yilga nisbatan o‘rtacha qoldig‘i 3,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va keyingi baholash natijasida yuzaga keladigan daromadlar va xarajatlarni hisobga olish hamda hisobotda aks ettirish tartibi “so‘ndirilgunga qadar saqlanadigan”, “savdo uchun mo‘ljallangan” va “sotish uchun mo‘ljallangan” tarzda tasniflash asosida soddalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 14-avgust 02-02-1391-son ma’lumotnomasi va «O‘zbekneftgaz» AJning 2024-yil 11-noyabrdagi 08-36-2-513-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «So‘ndirilgunga qadar saqlanadigan», «Savdo uchun mo‘ljallangan» va «Sotish uchun mo‘ljallangan» qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qayta baholashni amalga oshirish asosida daromad yoki xarajatlarni hisobga olish va moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish imkonini bergan;
joriy aktivlar auditida tizimli yondashuvni ta’minlash, vaqt va resurslarni tejash, risklarni kamaytirish, audit sifatini oshirish va ishonchni mustahkamlash maqsadida joriy aktivlar auditini “Joriy aktivlar auditini rejalashtirish va audit dasturini tayyorlash”, “Joriy aktivlar auditini o‘tkazish” va “Joriy aktivlar auditini yakunlash” bosqichlarida amalga oshirish hamda joriy aktivlar auditining umumiy rejasi va dasturini namunaviy shakli va ularni tuzish bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgaz» AJni auditdan o‘tkazish jarayonida foydalanilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2024-yil 11-noyabrdagi 08-36-2-513-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 14-avgust 02-02-1391-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditor analitik jarayonlarni qo‘llashdagi umumiy ish hajmini 1,2 foizga tezlashtirishga va auditorlik tekshiruvi xarajatlarini 6 foizga kamaytirishga erishilgan, auditorlik tekshiruvi natijalarining obektivligi, shaffofligi va ishonchliligini yanada oshirishga xizmat qilgan.