Xo‘janova Tamara Jo‘raevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarini axborot urushi davrida mafkuraviy tajovuzdan asrashning ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fal339
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy maslahatchi: Masharipova Gularam Kamilovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlar doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlar doktori, professor; Turdiev Behruz Sobirovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlarini mafkuraviy tajovuzlardan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning pragmatik ehtiyojlariga javob sifatida shakllangan axborot texnologiyalari ijtimoiy jarayonlarning tezkorligini oshirishi, texnokratik tafakkurni rivojlantirishi, bilim, adolatparvarlik, jamoaviylik tamoyillarining mutanosibligiga erishishda esa ijtimoiy faollikni oshirishi, shaxsni konstruktiv faoliyatga yo‘naltirishi hamda ma’naviy-axloqiy immunitetni “tafakkur –faollik –barqarorlik” prinsipi asosida kuchytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
g‘oyaviy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishning bilim, axborot va xurofotdan farqlovchi konseptual mezonlar tizimi (axborotning haqiqatga mosligi, bilimning ijtimoiy foydaliligi va xurofotning ijtimoiy ongga salbiy ta’sir darajasi) hamda umumbashariylik va milliylik uyg‘unlashuvi qonuniyatlari asosida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi konseptual modelning epistemik farqlash (axborot–bilim–xurofot), aksiologik uyg‘unlik (milliylik–umumbashariylik), axloqiy meyorlar integratsiyasi (axloqiy kamolot – ijtimoiy masʼuliyat – g‘oyaviy immunitet) funksiyalari ochib berilgan;
yoshlarning milliy taraqqiyot jarayonlaridagi faolligiga qarshi yo‘naltirilgan axborot-mafkuraviy tajovuzlar (siyosiy-huquqiy ong va ijtimoiy masʼuliyatni izdan chiqarishga qaratilgan) va tahdidlarga (ijtimoiy ong tizimida ma’naviy deformatsiya, ijtimoiy befarqlikni keltirib chiqaruvchi) qarshi mafkuraviy profilaktika faoliyatining faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, sog‘lom fikr va tanqidiy tahlil madaniyatini rivojlantirish, axborot tahdidlariga nisbatan psixologik tayyorligini oshirish kabi konstruktiv ahamiyati aniqlashtirilgan;
yoshlarni g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishda mafkuraviy profilaktikaning axborot oqimlarini boshqarish, g‘oyaviy xurujlarni neytrallashtirish va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy immunitetini shakllantirish kabi tezkor amaliy usullar va axborot monitoringi, kommunikativ ta’sir, ta’limiy-amaliy dasturlar kabi vositalari funksional jihatdan g‘oyaviy tahdidlarni baholashi, ijobiy mafkuraviy orientatsiyani mustahkamlashi, siyosiy madaniyatni va milliy birdamlikni kuchaytirishi dalillangan;
G‘arb mafkurasining amaliy elementi sifatida kirib kelgan individualizm, shaxsiy erkinlik, gedonizm g‘oyalari, isteʼmolchilik madaniyati va “vaqtni ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazish”, “adrenalin manbai” kabi targ‘ibotlar ta’sirini kuchsizlantirishning mediasavodxonlik va axborot madaniyatini yukasltirish, ish bilan band qilish, tadbirkorlikka o‘rgatish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabi mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarini axborot urushi sharoitida mafkuraviy tajovuzlardan asrash muammosini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatning pragmatik ehtiyojlariga javob sifatida shakllangan axborot texnologiyalari ijtimoiy jarayonlarning tezkorligini oshirishi, texnokratik tafakkurni rivojlantirishi, bilim, adolatparvarlik, jamoaviylik tamoyillarining mutanosibligiga erishishda esa ijtimoiy faollikni oshirishi, shaxsni konstruktiv faoliyatga yo‘naltirishi hamda ma’naviy-axloqiy immunitetni “tafakkur –faollik –barqarorlik” prinsiplariga oid ilmiy xulosalaridan Yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatida, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 1-oktyabrdagi 4-10-21-5266-son ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida yoshlarni axborot urushi davrida mafkuraviy tajovuzlardan asrashga oid taklif va tavsiyalar targ‘ibot ishlarida va tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishishga xizmat qilgan;
g‘oyaviy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishning bilim, axborot va xurofotdan farqlovchi konseptual mezonlar tizimi (axborotning haqiqatga mosligi, bilimning ijtimoiy foydaliligi va xurofotning ijtimoiy ongga salbiy ta’sir darajasi) hamda umumbashariylik va milliylik uyg‘unlashuvi qonuniyatlari asosida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi konseptual modelning epistemik farqlash (axborot–bilim–xurofot), aksiologik uyg‘unlik (milliylik–umumbashariylik), axloqiy meyorlar integratsiyasi (axloqiy kamolot – ijtimoiy masʼuliyat – g‘oyaviy immunitet) funksiyalariga doir ilmiy yangilik va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan. (Respubika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-sentyabrdagi 10/611-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston yoshlarini axborot urushi davrida mafkuraviy tajavuzdan asrashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilishda xizmat qilgan;
yoshlarning milliy taraqqiyot jarayonlaridagi faolligiga qarshi yo‘naltirilgan axborot-mafkuraviy tajovuzlar (siyosiy-huquqiy ong va ijtimoiy masʼuliyatni izdan chiqarishga qaratilgan) va tahdidlarga (ijtimoiy ong tizimida ma’naviy deformatsiya, ijtimoiy befarqlikni keltirib chiqaruvchi) qarshi mafkuraviy profilaktika faoliyatining faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, sog‘lom fikr va tanqidiy tahlil madaniyatini rivojlantirish, axborot tahdidlariga nisbatan psixologik tayyorligini oshirish kabi konstruktiv ahamiyatiga oid xulosa va takliflardan Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 24-sentyabrdagi 15-33/714-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar mazmuni boyishiga, tomoshabinlarda pozitiv fikrlash, tanqidiy tahlil, axborot manbalarini solishtirish ko‘nikmalarni rivojlantirishga, ularni har bir xabarni avtomatik qabul qilmay, uning manbai, maqsadi va ishonchliligini tahlil qilishga o‘rgatishga, milliy g‘oya, vatanparvarlik, insonparvarlik va ijtimoiy birdamlik kabi qadriyatlarni singdirishga xizmat qilgan;
yoshlarni g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishda mafkuraviy profilaktikaning axborot oqimlarini boshqarish, g‘oyaviy xurujlarni neytrallashtirish va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy immunitetini shakllantirish kabi tezkor amaliy usullar va axborot monitoringi, kommunikativ ta’sir, ta’limiy-amaliy dasturlar kabi vositalari funksional jihatdan g‘oyaviy tahdidlarni baholashi, ijobiy mafkuraviy orientatsiyani mustahkamlashi, siyosiy madaniyatni va milliy birdamlikni kuchaytirishiga doir ilmiy yangilik va umumlashmalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2774-son “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan 2. “Yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish; turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash”da foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 24-sentyabrdagi 01-12-195-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy immunitetni diniy-ma’rifiy manbalar asosida shakllantirishga, islom ma’rifatining asriy qadriyatlarini yoshlar ongida mustahkamlashga, milliy g‘oya va mafkura turkumidagi nashrlarnigng mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
G‘arb mafkurasining amaliy elementi sifatida kirib kelgan individualizm, shaxsiy erkinlik, gedonizm g‘oyalari, isteʼmolchilik madaniyati va “vaqtni ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazish”, “adrenalin manbai” kabi targ‘ibotlar ta’sirini kuchsizlantirishning mediasavodxonlik va axborot madaniyatini yukasltirish, ish bilan band qilish, tadbirkorlikka o‘rgatish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabi mexanizmlariga doir ilmiy yangiliklar va xulosalardan Xorazm Ma’mun Akademiyasida bajarilgan A-FA-2019-9-“Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalami tadqiq qilish, ulaming raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta;minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi Xorazm Ma’mun Akademiyasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 246/2-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalarining inson axloqiy tarbiyasiga ta’siri, axborotlardan foydalanish madaniyatida bilim, adolatparvarlik, jamoaviylik tamoyillarining mutanosibligiga erishish, ijtimoiy faollikni oshirish, konstruktiv faoliyatga yo‘naltirishga xizmat qilgan.