Qodirov Davronbek Hoshimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abulqosim Qushayriyning tasavvufiy axloq falsafasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal172
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy maslahatchi: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Samadov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent, Raxmatova Xolidaxon Xolikovna falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abulqosim Qushayriy tasavvufiy axloq falsafasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qushayriyning “Nahv ul-qulub” asaridagi “ma’rifat–hol–haqiqat”ga asoslangan ikki fan – tasavvuf (qalbni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ruhiy-ma’naviy bilimlar majmui) va nahv (so‘z va jumlalar o‘rtasidagi grammatik munosabatlar tizimi) ilmlarining muqoyasasi tasavvuf ta’limotining qalb tarbiyasi va ruhiy mushohada shaklidagi axloq falsafasiga asoslangan so‘z va amal (xulq) birligidagi tizim ekanligi dalillangan;
Abulqosim Qushayriyning ruhiy-ma’naviy taraqqiyot bosqichlariga bag‘ishlangan “Kitob al-Me’roj” asaridagi ilohiy muhabbat, ruhiy poklanish, ma’rifatga ko‘tarilish kabi ma’naviy-ruhiy g‘oyalar, insonning ruhiy komillikka erishuvi va axloqiy etukligini ta’minlashga yo‘naltirilgan diniy-irfoniy qarashlarining inson kamolotidagi substansial o‘rni va barkamol avlodni tarbiyasidagi aksiologik-amaliy ahamiyati isbotlangan;
“Risola”da inson ruhiy – tazkiya (nafsni poklash), ma’rifat (haqiqatni qalban anglash), hol (qalb holatlarining ilohiy o‘zgarishi) va jismoniy - riyozat (nafsoniy istaklarni cheklash), muomala (amal va xulqning axloqiy meyorlarda bo‘lishi), xizmat (jamiyatga foydali bo‘lish amaliyoti) holatlarning evolyusiyasi uyg‘unlikda namoyon bo‘ladigan kamolot yo‘li ekanligi asoslab berilgan;
Qushayriy tasavvufiy axloq falsafasining ilohiy poklanish (insonning qalb va niyatini tozalashga yo‘naltirilgan ruhiy jarayon), axloqiy intizom (xulq va muomalani ezgulik meyorlariga moslashtirish), ma’rifiy yuksalish (ilm orqali haqiqatni bilish va aqlni nurlantirish) kabi mazmuni va ruhiy komillik (nafsni jilovlash), insonparvarlik (boshqalarga ezgulik qilishni axloqiy burch deb bilish), mas’uliyatli hayot tarzi (amal va xulqda haqiqatga va jamiyatga sadoqat) kabi mohiyati tarbiyaviy ahamiyatga egaligi, insonni poklikka va ilmga da’vat qilishi, yuksak ma’naviyat hamda axloqiy sifatlarga ega bo‘lishga chorlashi aniqlangan;
“Tartib us-suluk” risolasidagi ilm-fan (aqliy-ma’rifiy yuksalish, ilm orqali nafsni tarbiyalash, bilimning amal bilan uyg‘unligi), falsafiy rasionalizm (ongli qaror qabul qilish, dalilga tayangan tafakkur, xurofot va taqlidni rad etish) va yuksak insoniy (inson sha’ni va qadriyatining oliyligi, boshqalarga ezgulik bilan muomala, adolat va bag‘rikenglikni ustuvor deb bilish) kabi gumanizm talablari, metod va tamoyillarini ontologik va epistemologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abulqosim Qushayriyning tasavvufiy axloq falsafasini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qushayriyning “Nahv ul-qulub” asaridagi “ma’rifat–hol–haqiqat”ga asoslangan ikki fan – tasavvuf (qalbni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ruhiy-ma’naviy bilimlar majmui) va nahv (so‘z va jumlalar o‘rtasidagi grammatik munosabatlar tizimi) ilmlarining muqoyasasi tasavvuf ta’limotining qalb tarbiyasi va ruhiy mushohada shaklidagi axloq falsafasiga asoslangan so‘z va amal (xulq) birligidagi tizim ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan sof islom e’tiqodi va ta’lim-tarbiyaga oid Hakim Termiziyning “Hakim Termiziy yo‘lining boshlanishi”, “Nafs odobi”, “Nafs riyozati” va “Kasb-tirikchilik bayoni” nomli risolalar, So‘fi Ollohyorning “Sabot ul-ojiziyn” hamda Abu Iso Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini tarjimasini tayyorlashda va mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazining 2024-yil 31-oktyabrdagi 01-07/176-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Abulqosim Qushayriyning ruhiy-ma’naviy taraqqiyot bosqichlariga bag‘ishlangan “Kitob al-Me’roj” asaridagi ilohiy muhabbat, ruhiy poklanish, ma’rifatga ko‘tarilish kabi ma’naviy-ruhiy g‘oyalar, insonning ruhiy komillikka erishuvi va axloqiy etukligini ta’minlashga yo‘naltirilgan diniy-irfoniy qarashlarining inson kamolotidagi substansial o‘rni va barkamol avlodni tarbiyasidagi aksiologik-amaliy ahamiyatiga doir nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda keng tadbiq etilgan, jumladan, markaz tomonidan yurtimiz hududida VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining 2024-yil 25-oktyabrdagi 02/459-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar asosida mazmunan boyitishga va tasavvuf ta’limoti va axloqining yosh avlod ma’nan kamoloti hamda yuksalishi, mafkuraviy immunitetini oshirishda ma’rifati, tanqidiy tafakkuri va falsafiy mushohadasini kengaytirishga, axloqining shakllanishiga xizmat qilgan;
“Risola”da inson ruhiy – tazkiya (nafsni poklash), ma’rifat (haqiqatni qalban anglash), hol (qalb holatlarining ilohiy o‘zgarishi) va jismoniy - riyozat (nafsoniy istaklarni cheklash), muomala (amal va xulqning axloqiy meyorlarda bo‘lishi), xizmat (jamiyatga foydali bo‘lish amaliyoti) holatlarning evolyusiyasi uyg‘unlikda namoyon bo‘ladigan kamolot yo‘li ekanligi kabi ilmiy-nazariy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 18-noyabrdagi 10/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abulqosim Qushayriyning tasavvufiy axloq falsafasini mohiyatini ochib berishga hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ilm olishga intilishni rag‘batlantirish va undash, axloqiy tarbiyani rivojlantirish va tajovuzkor radikal g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qilgan;
Qushayriy tasavvufiy axloq falsafasining ilohiy poklanish (insonning qalb va niyatini tozalashga yo‘naltirilgan ruhiy jarayon), axloqiy intizom (xulq va muomalani ezgulik meyorlariga moslashtirish), ma’rifiy yuksalish (ilm orqali haqiqatni bilish va aqlni nurlantirish) kabi mazmuni va ruhiy komillik (nafsni jilovlash), insonparvarlik (boshqalarga ezgulik qilishni axloqiy burch deb bilish), mas’uliyatli hayot tarzi (amal va xulqda haqiqatga va jamiyatga sadoqat) kabi mohiyati tarbiyaviy ahamiyatga egaligi, insonni poklikka va ilmga da’vat qilishi, yuksak ma’naviyat hamda axloqiy sifatlarga ega bo‘lishga chorlashiga doir taklif-tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari”, “Assalom, Buxoro!”, “Yoshlar vaqti”, “Dolzarb mavzu”, “Kun mavzusi” teledasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 01-09-159–son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar axloqi va ma’naviy olamini boyitishga, zamonaviy ilmlarni o‘zlashtirishga chorlashga va falsafiy fikrlarning shakllanishiga hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligining ta’minlanishiga manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
“Tartib us-suluk” risolasidagi ilm-fan (aqliy-ma’rifiy yuksalish, ilm orqali nafsni tarbiyalash, bilimning amal bilan uyg‘unligi), falsafiy rasionalizm (ongli qaror qabul qilish, dalilga tayangan tafakkur, xurofot va taqlidni rad etish) va yuksak insoniy (inson sha’ni va qadriyatining oliyligi, boshqalarga ezgulik bilan muomala, adolat va bag‘rikenglikni ustuvor deb bilish) kabi gumanizm talablari, metod va tamoyillarini ontologik va epistemologik xususiyatlariga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflaridan Buxoro davlat universitetida OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2018-2022 yy) fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 29-oktyabrdagi 01-11-05/6689-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abulqosim Qushayriyning tasavvufiy-axloq falsafasini chuqur o‘rganish, bugungi kunda Yangi O‘zbekiston yoshlarini mas’uliyatli, irodasi mustahkam, har tomonlama jismonan va ma’nan etuk, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, milliy va ma’naviy qadriyatlar zamirida hozirgi jadal sur’atlar bilan taraqqiy etayotgan zamon talablari asosida ta’lim berish hamda ulardan hozirgi global o‘zgaruvchan sharoitda milliy ma’naviyat va axloqni rivojlantirishga xizmat qilgan.