Shermanov Isobek Chilmamatovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Biotexnologik jarayonlarning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish rivojiga ta’sir etish qonuniyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fal____
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy maslahatchi: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxanovich falsafa fanlari doktori, professor; Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Dusmuratovich falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida biotexnologik jarayonlarning moddiy-ma’naviy ishlab chiqarish rivojiga ta’sir etish qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt, gen injeneriyasi kabi biotexnologiyani zamonaviy ko‘rinishlarining jtimoiy muhitdagi etnomadaniy an’analarga ta’sir etuvchi gumanistik modernizatsiyaga asoslangan konstruktiv va texnotsentrik determinatsiya bilan bog‘liq destruktiv omillari ochib berilgan;
oziq-ovqat, energiya, atrof-muhitni himoya qilish kabi hozirgi zamon muammolari echimida biotexnologiyaning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi (sotsializatsiya jarayoni) normativlik va o‘z-o‘zini tashkil etish tamoyillari birlamchi omil ekanligi mantiqiy isbotlangan;
gen muxandisligi, xujayra biologiyasi, genetika, fermentlar va oqsillar muhandisligi kabi biotexnologiyaning innovatsion yo‘nalishlari inson mehnat faoliyati raqobatbardoshligini oshirishda drayver ekanligi falsafiy asoslangan;
ijtimoiy-madaniy tarixiy taraqqiyot natijasida biogen texnologiyalarning mahsuldorligi doimiy o‘zgarib borivchi qonuniyatli jarayon ekanligi ilmiy dalillangan.
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida biotexnologiyaning axborot, genetik va nanatexnologik sohalaridan foydalanish inson bioijtimoiy muhitining dinamik ta’siriga olib kelishi retrospektiv usul orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biotexnologik taraqqiyotda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlari doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sun’iy intellekt, gen injeneriyasi kabi biotexnologiyani zamonaviy ko‘rinishlarining jtimoiy muhitdagi etnomadaniy an’analarga ta’sir etuvchi gumanistik modernizatsiyaga asoslangan konstruktiv va texnotsentrik determinatsiya bilan bog‘liq destruktiv omillari ochib berilganligiga doir xulosa va amaliy takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” 49-bandi “Aholi, ayniqsa yosh avlodda atrof-muhit ozodaligi, shaxsiy gigiena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya ishlarini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyundagi 10/324-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning vakolat doirasidan kelib chiqib, amalga oshirgan chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli bajarilishida va Respublika aholisining turmush tarzini yanada yaxshilash imkoniyatlari ayniqsa, biotexnologik rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirishda, shaxsning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarida biotexnologik taraqqiyotdan oqilona foydalanish xissini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
oziq-ovqat, energiya, atrof-muhitni himoya qilish kabi hozirgi zamon muammolari echimida biotexnologiyaning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi (sotsializatsiya jarayoni) normativlik va o‘z-o‘zini tashkil etish tamoyillari birlamchi omil ekanligi mantiqiy isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi (2019-yil 1-noyabrda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining VI-Sezdida tasdiqlangan)ning 3.1. “Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish sohasida”, 3.2. “Mamlakat iqtisodiyotida yetakchi bo‘lgan yuqori texnologiyali va bazaviy tarmoqlarni jadal rivojlantirish”, 3.3. “Milliy iqtisodiyotda milliy innovatsion tizim va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida”, 3.4. “Milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishini qo‘llab­quvvatlash, jumladan, eksportni rag‘batlantirish sohasida”, 4.12. “Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish sohasida”, 5.3. “Millat genofondini saqlash, oziq­ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda jahon bozoridan munosib o‘rin egallash sohasida” nomli bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 13-iyundagi 02/02-58-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni o‘zida aks ettirganligini e’tirof etgan holda, targ‘ibot tadbirlarning saviyasini yanada boyitishga, xususan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish sohasining falsafiy, diniy va ilmiy merosini keng targ‘ib etish orqali yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularining rivojlanishida, muomala va muloqot madaniyati, ogohlik, hushyorlik kabi komil inson mezonlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
gen muxandisligi, xujayra biologiyasi, genetika, fermentlar va oqsillar muhandisligi kabi biotexnologiyaning innovatsion yo‘nalishlari inson mehnat faoliyati raqobatbardoshligini oshirishda drayver ekanligi falsafiy asoslanganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan “Falsafa” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i). Natijada, Oliy ta’lim tizimidagi psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan darslikda talabalarga ta’lim va tarbiyaning  uzviyligini ta’minlash, insonni biologik va ontologik va gnoseologik tahlil qilish, tarbiya borasida ilmiy, milliy, diniy qadriyatlarga tayanib amalga oshirish orqali dunyoviy va diniy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
ijtimoiy-madaniy tarixiy taraqqiyot natijasida biogen texnologiyalarning mahsuldorligi o‘zgarib borivchi qonuniyatli jarayon ekanligiga ilmiy dalallanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Yoshlar ishlari agentligining 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlashda va “Yoshlar - kelajak bunyodkori” shiori ostida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari”, “Yoshlar va qonun” hamda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va xorijda malaka oshirish tizimini rivojlantirish” loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 13-iyundagi 4-16-21-3278-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlrini mazmunli tashkil qilish mexanizmlari va yoshlar ertangi kunimiz ishonchi, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda biogenetic qonunlrning ahamiyatini, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish shiorini mustahkamlash, hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy islohotlarning normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida biotexnologiyaning axborot, genetikva nanatexnologik sohalaridan foydalanish inson bioijtimoiy muhitining dinamik ta’siriga olib kelishi retrospektiv usul orqali asoslanganligiga doir xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Vertual dunyo” kabi dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 10-iyundagi 05-09-861-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojini va uning qonuniyatlariga oid biotexnolik, axborot, genetik va nanatexnologik sohalaridan bilimlarining o‘sishiga hamda milliy mentalitetni shakllantirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish