Umurqulov Zafar Bekpo‘latovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida qiyosning antropotsentrik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.DSc/Fil549 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor, Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor Xudayberganova Durdona Sidiqovna
 Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qiyosiy ifodalarning lingvokognitiv, psixolingvistik va lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    bugungi kunda dunyo tilshunosligida yetakchi paradigmaga aylanib bo‘lgan antropotsentrik tilshunoslikning vujudga kelish omillari aniqlanib, o‘zbek tilshunosligida qiyoslash munosabatlarining mazkur yo‘nalish doirasida o‘rganishning nazariy asoslari dalillangan;
qiyosiy ifodalarning o‘zbek muloqot nutqining muhim ifoda usullari sifatida funksional-semantik jihatdan farqlanishi, jumladan, sof qiyoslarda subekt va etalon orasidagi belgining miqdor jihatdan ko‘p yoki kamligi, o‘xshatish qiyoslarida predmetlar orasidagi belgining o‘xshashligi, tenglashtirish qiyoslarida belgining tengligi, solishtirish qiyoslarida predmetlardagi belgining afzal yoki noafzalligi ifodalanishi ochib berilgan;
qiyoslash munosabatlarining til tizimidagi tutgan o‘rni, uning inson kognitiv olamining, tafakkur tarzining mahsuli ekanligi tahlil qilinib, olam uzvlarini qiyoslash orqali ifodalanishi dunyoni bilish, borliqni anglashning muhim mexanizmlaridan ekanligi, qiyoslash orqali olam manzarasi mavjud mohiyati bilan inson ko‘z oldida namoyon bo‘lishi asoslangan;
qiyoslash inson his-tuyg‘ularini ifodalashdagi muhim ifoda usullaridan bo‘lib, inson olami bilan bog‘liq bo‘lgan turli kechinmalar: xursandchilik, umid va orzu, hayratlanish, jahllanish, xavotirlanish, ta’sirlanish, uyalish, achinish, xafachilik, qo‘rqinch, sevgi va muhabbat, umidsizlikka tushish, zavqlanish, suyunish, qo‘rqish, g‘azablanish kabi turli tuyg‘ularni tasvirlashda qiyosiy ifodalarning samaradorligi badiiy matnlardan olingan misollar asosida ochib berilgan;
qiyoslash munosabatlari orqali xalqning milliy madaniyati, qadriyatlari, tafakkur tarzi,  tasavvur dunyosi, stereotipik qarashlari hamda lingvomadaniy olami o‘z ifodasini topishi qiyosiy mazmunli xalq maqollari, hikmatli so‘zlar tahlillari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiyosiy munosabatlarni ifodalovchi lingvistik birliklarning antropotsentrik tahlili natijalari asosida:
bugungi kunda dunyo tilshunosligida yetakchi paradigmaga aylanib bo‘lgan antropotsentrik tilshunoslikning vujudga kelish omillari aniqlanib, o‘zbek tilshunosligida qiyoslash munosabatlarining mazkur yo‘nalish doirasida o‘rganish muhimligi haqidagi xulosalardan OT-F1-030 raqamli  “O‘zbek adabiyoti tarixi”  ko‘p jildli monografiyani (7 jild) chop etish mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2017-2020) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-yanvardagi 04/1-238-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha materiallarining lisoniy birliklar vositasida asoslanganlik darajasi oshgan hamda mazmunan boyigan;
    qiyosiy ifodalarning o‘zbek muloqot nutqining muhim ifoda usullari sifatida funksional-semantik jihatdan farqlanishi, jumladan, sof qiyoslarda subekt va etalon orasidagi belgining miqdor jihatdan ko‘p yoki kamligi, o‘xshatish qiyoslarida predmetlar orasidagi belgining o‘xshashligi, tenglashtirish qiyoslarida belgining tengligi, solishtirish qiyoslarida predmetlardagi belgining afzal yoki noafzalligi ifodalanishi haqidagi xulosalardan PZ-2020042022 raqamli  “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” tadqiqot loyihasida (2021-2023) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-martdagi 01/4-1018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lingvodidaktik elektron platformani ishlab chiqishda tilshunoslikka oid materiallar mazmunan boyitilgan hamda ilmiylik darajasi oshgan.
    qiyoslash munosabatlarining til tizimidagi tutgan o‘rni, uning inson kognitiv olamining, tafakkur tarzining mahsuli ekanligi tahlil qilinib, olam uzvlarini qiyoslash orqali ifodalanishi dunyoni bilish, borliqni anglashning muhim mexanizmlaridan ekanligi, qiyoslash orqali olam manzarasi mavjud mohiyati bilan inson ko‘z oldida namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan AM-F3-201908172 raqamli  “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada (2020-2023) foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-fevraldagi 04/1-503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishida zamonaviy tilshunoslikdagi yangi qarashlar hamda kognitiv va psixolingvistik tushunchalar bilan boyishida tadqiqot ishi nazariy manba vazifasini o‘tagan;
    qiyoslash inson his-tuyg‘ularini ifodalashdagi muhim ifoda usullaridan bo‘lib, inson olami bilan bog‘liq bo‘lgan turli kechinmalar: xursandchilik, umid va orzu, hayratlanish, jahllanish, xavotirlanish, ta’sirlanish, uyalish, achinish, xafachilik, qo‘rqinch, sevgi va muhabbat, umidsizlikka tushish, zavqlanish, suyunish, qo‘rqish, g‘azablanish kabi turli tuyg‘ularni tasvirlashda qiyosiy ifodalarning samaradorligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan  OT-F1-78 raqamli  “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tili vazifaviy uslublari tahlili asosida)” tadqiqot loyihasida (2017-2020) foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2025-yil 8-iyuldagi №46 ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida badiiy matnlardagi qiyosiy ifodalarning bo‘yoqdorlik  kasb etishi orqali lingvistik vositalar tizimi semantik va stilistik jihatdan boyitilgan;
    qiyoslash munosabatlari orqali xalqning milliy madaniyati, qadriyatlari, tafakkur tarzi,  tasavvur dunyosi, stereotipik qarashlari hamda lingvomadaniy olami o‘z ifodasini topishi xalq maqollari, hikmatli so‘zlar tahlillari asosida dalillanganligi haqidagi xulosasidan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlarida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-sentyabrdagi 01-01/45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Til – millat ko‘zgusi”, “Ma’naviyat saboqlari” teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish