Kenjaev Azizbek Rustamjon o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini “skafolding” modeli yordamida rivojlantirish texnologiyasi (10-11-sinflar misolida)” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4491
Ilmiy maslahatchi: Tajibaev G‘ayratjon Shovdorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet  tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Sobirova Mahbuba Yusupjanovna, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent, Ergasheva Xilola Yunusxanovna. Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tili darslarida o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini Skafolding modeli yordamida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy, tarbiyaviy, ta’limiy, va rivojlantiruvchi maqsadlar darajasida aniqlashtirilgan an’anaviy va variativ ingliz tili darslarining a) o‘rgatuvchi markazlashtirilgan (tracher centred); b) o‘rganuvchi markazlashtirilgan (learner centred); d) o‘rganish markazlashtirilgan (learning centred) turlari induktiv va deduktiv yondashuv nazariyalari va yozuvni o‘qitishning strukturaviy va funksional konsepsiyalari ishlab chiqilgan.  
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarning: a) yozish texnikasini rivojlantirishdagi grafika (tovush-harf munosabati) va harfning ma’no bildirish vazifasi, kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) tushunchalari, o‘zbek va ingliz tillaridagi tovush-harf munosabatlari lingvodidaktik jihatdan qiyosiy tadqiq etilib, tovush-harf munosabatlaridagi qiyinchilik darajalari anqilashtirildi, ularni yozuvda o‘zlashtirish tartibini metodik tashkil etish va maxsus mashqlar bajarish tizimi kognitiv va ijtimoiy-madaniy yondashuvlar asosida; b) yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (tizimlilik, konsentrizim, chegaralash, vazifadoshlik, stilistik differensiyalash, minimallashtirish) va psixolingvistik (motivatsiyalash, nutqiy ko‘nikma va malakalarning shakllanish darajalarini bosqichlashtirish, o‘quvchi shaxsiyatining individual-psixologik hususiyatarini inobatga olish, moslashish jarayonlarini hisobga olish) tamoyillari ilmiy asoslangan;
ingliz tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning Skafolding modeli “ijtimoiy konstuktivizm”, “intellektlararo interaktivizim”, “Eng yaqin rivojlanish zonasi”, “Aktual rivojlanish zonasini” nazariyalari hamda yozuvni o‘qitishning jarayon va janrga yo‘naltirilgan tamoyillari asosida takomillashtirilgan.  
o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi Skafolding modelidan foydalanishning uslubiy ta’minotni “Kontrastiv ritorika” (Contrastive rhetoric) va “Yozuv uchun sxemalar” (Schemata theory for writing) nazariylariga muvofiq ishlab chiqilgan ingliz tilda yozuvni kompetensiyaga asoslanib  o‘qitish (Competency-based language teaching), mazmunga asoslanib o‘qitish (Content-based language teaching), Topshiriqqa asoslanib o‘qitish (Task-based language teaching) va Tandem metodlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini skafolding modeli yordamida rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilib, 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasida a) o‘rgatuvchi markazlashtirilgan (tracher centred); b) o‘rganuvchi markazlashtirilgan (learner centred), va d) o‘rganish markazlashtirilgan (learning centred) darslar misolida umumlashtirilgan yozuvni o‘rgatishning strukturaviy va funksional konsepsiyalari hamda kognitiv, kreativ va konstruktiv yondashuvlaridan foydalanilgan (Loyiha raxbarining 09.11.2024-yildagi N35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha ishtirokchilarining ingliz tilida yozuvni o‘rgatish bo‘yicha pedagogik kompetensiyasi takomillashtirilgan; 
Ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarning: a) yozish texnikasini rivojlantirishdagi grafika (tovush-harf munosabati) va harfning ma’no bildirish vazifasi, kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) tushunchalari, o‘zbek va ingliz tillaridagi tovush-harf munosabatlari lingvodidaktik jihatdan qiyosiy tadqiq etilib, tovush-harf munosabatlaridagi qiyinchilik darajalari anqilashtirildi, ularni yozuvda o‘zlashtirish tartibini metodik tashkil etish va maxsus mashqlar bajarish tizimi kognitiv va ijtimoiy-madaniy yondashuvlar asosida; b) yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (tizimlilik, konsentrizim, chegaralash, vazifadoshlik, stilistik differensiyalash, minimallashtirish) va psixolingvistik (motivatsiyalash, nutqiy ko‘nikma va malakalarning shakllanish darajalarini bosqichlashtirish, o‘quvchi shaxsiyatining individual-psixologik hususiyatarini inobatga olish, moslashish jarayonlarini hisobga olish) tamoyillari 10-11-sinf ingliz tili darslariga joriy qilingan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 25-oktyabrdagi 01/11-01/7-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida yozuv kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan, uslubiy ta’minoti boyitilgan;
Ingliz tili darslarida 10-11-sinf o‘quvchilarning yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning “ijtimoiy konstuktivizm”, “intellektlararo interaktivizim”, “Eng yaqin rivojlanish zonasi”, “Aktual rivojlanish zonasini” nazariyalari hamda yozuvni o‘qitishning jarayon va janrga yonaltirilgan prinsiplari asosida takomillashtirilgan Skafolding modelidan A-5-37 raqamli “Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarining tilga oid bilimlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tomonidan berilgan 585-03-sonli ma’lumotnoma). Natijada, loyiha ishtirokchilarining ingliz tilidagi akademik yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda sifat va samaradorlik ta’minlangan, ilmiy janrda yozishni o‘rgatishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
“Kontrastiv ritorika” (Contrastive rhetoric) va “Yozuv uchun sxemalar” (Schemata theory for writing) nazariylari va yozuvni kompetensiyaga asoslanib o‘qitish (Competency-based language teaching), mazmunga asoslanib o‘qitish (Content-based language teaching), Topshiriqqa asoslanib o‘qitish (Task-based language teaching) va Tandem metodlari asosida ishlab chiqilgan Skafolding modelidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar “Namangan” teleradiokanalining “Nasihatnoma”, “Katta tanaffus” va “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarida efirga uzatildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Namangan” teleradiokanalining 2024-yil 27-noyabrdagi 02-4-327-son dalolatnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida yozuv kompetensiyasini rivojlantirishning Skafolding modeli ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish