Sattarkulov Komil Raxmatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda fizika kursining “Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.2.PhD/Ped2587
Ilmiy rahbar: Samatov G‘ulom Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
1. Qurbonov Mirzaaxmad – O‘zbekiston Milliy universiteti, fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi professori.
2. Abdulazizov Bahrom Toshmirza o‘g‘li – Namangan davlat universiteti, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Akademik liseylarda fizika fanining “Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish, tegishli mavzularga qo‘shimchalar hamda o‘zgartirishlar kiritish, izchilligining mazmuni va tashkiliy pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizika fanining “Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy didaktik komponentalari (tasavvur, izchillik, mazmun, maqsad, tushuntirish) mazmuni mantiqiy fikrlash va xulosalash elementlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning metodikasi elementar kvant nazariyalari (Korpuskulyar to‘lqin dualizmi, De-Broyl to‘lqini, Geyzenberg noaniqlik munosabatlari) bo‘yicha o‘quv materiallari integratsiyasini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Kvant fizika”sida keng qo‘llaniladigan “Mikrozarracha” va “To‘lqin funksiya” kabi tushunchalarni o‘quvchilar ongida shakllantirish metodikasi, ehtimoliy - statistik tasavvurlardan keng foydalanish va ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylarda fizika fanining “Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishning o‘quv mazmuni (interfaol usullar, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, virtual ishlanmalar) o‘zlashtirish darajalari (bilish, tushunish, amaliyotda qo‘llash, tahlil qilish, sintez) natijadorligi asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik liseylarda fizika fanining “Kvant fizika” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
akademik liseylarda fizika fanining “Kvant fizikasi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy didaktik komponentalari, “Kvant fizikasi” bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirish metodikasini elementar kvant nazariyalari bo‘yicha o‘quv materiallari integratsiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan, “Kvant fizikasi” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 29-martdagi 8-sonli qarori asosida berilgan 39-18 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, akademik liseylarda fizika fanining o‘quv metodik mazmunini takomillashtirishga va o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga erishildi;
fizika fanining ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi, umumta’lim maktablari hamda akademik liseylarda o‘qitiladigan fizika fanidagi ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarning mazmuni va ehtimoliy -statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish metodikasi, uzlyuksiz ta’lim tizimida fanlarni izchillik tamoyili asosida o‘qitish metodikasiga taalluqli tavsiyalardan K.R.Sattarkulov tomonidan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida fizika fanini izchillik tamoyili asosida o‘qitish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdidrilgan (Guliston davlat universitetining 2024-yil 23-fevraldagi 7-sonli qarori asosida berilgan 25-10 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada uzlyuksiz ta’lim tizimida fizika kursini izchillik tamoyili asosida o‘qitishning mavjud holatini tahlili orqali ta’lim jarayonida izchillikni amalga oshirishning shart-sharoitlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
“Kvant fizika”sini o‘qitishda “Mikrozarracha” va “To‘lqin funksiya” tushunchalarini ehtimoliy - statistik tasavvurlar asosida shakllantirish, natijasida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va o‘quv mazmunini o‘zlashtirish darajalari natijadorligini takomillashtirishda “Uzlyuksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish” nomli tadqiqot ishlari doirasida amalga oshirilgan. Natijada, akademik liseylarda fizika fanining “Kvant fizika”si bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarda ehtimoliy-statistik tasavvurlarni shakllantirish va ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish