Jo‘raeva Zilola Sayfiddin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 − Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped5349
Ilmiy rahbar: Abdusamatova Nargiza Jamoldinovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Alievna, O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar akademiyasi professori, p.f.d.; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
– maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik hususiyatlari rivojlantiruvchi sohalarda belgilangan kompetensiyalarga integratsion yondashuv asosida tarbiyalanuvchilar faoliyatini (ta’limiy faoliyat, o‘yin, mehnat, mustaqil faoliyat) integratsiyalash bosqichlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli) da xulq-atvorni imitatsiya va identifikatsiyalash jarayoniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
– rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni mazmuni hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda oʻzini tutish bilan bogʻliq kompetensiyalarni taksonomiklik darajasi natijaviyligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan; 
– maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirish modeli ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv asosida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
– rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv asosida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning metodik shartlari badiiy, teatr va artpedagogikaning imkoniyatlarini kengaytirish orqali bolani xolistik rivojlanishini ta’minlaydigan qoʻllab-quvvatlovchi muhit ta’sirining madaniy maqbullik jihatiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy etilgan:
Rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalarga integratsion yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-psixologik hususiyatlari rivojlantiruvchi sohalarda belgilangan kompetensiyalarga integratsion yondashuv asosida tarbiyalanuvchilar faoliyatini (ta’limiy faoliyat, o‘yin, mehnat, mustaqil faoliyat) integratsiyalash bosqichlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli) da xulq-atvorni imitatsiya va identifikatsiyalash jarayoniga ustuvorlik berishga oid taklif va taviyalar 60110200–Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi uchun “Maktabgacha ta’limda qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 89-03-5199-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalarga integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni mazmuni hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda oʻzini tutish bilan bogʻliq kompetensiyalarni taksonomiklik darajasi natijaviyligini hisobga olish asosida takomillashtishga doir taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan. (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 03-33-1970-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv metodikasini takomillashtirish modeli ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalariga integratsion yondashuv asosida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarga ustuvorlik berishga oid taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini davlat talablari asosida integratsion yondashuvda tashkil etishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 03-33-1970-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni davlat talablariga mos ravishda tizimlashtirish, tarbiyachilar faoliyatini samarali tashkil etish va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga sharoit yaratishga xizmat qilgan;
rivojlantiruvchi sohalar kompetensiyalarga integratsion yondashuv asosida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning metodik shartlari badiiy, teatr va artpedagogikaning imkoniyatlarini kengaytirish orqali bolani xolistik rivojlanishini ta’minlaydigan qoʻllab-quvvatlovchi muhit ta’sirining madaniy maqbullik jihatiga ustuvorlik berishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (PreschooIPDP) mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (2021-2022 yy.) nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 20-iyundagi 04/11-5163-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda media tadbirlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish