Xushnazarova Ma’mura Nodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvshilarni ijtimoiy pedagogik amaliyotga tayyorlash metodikasi (Ijtimoiy pedagogika fani misolida)”mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped611
Ilmiy rahbar: Sirojidinov Behzod Arabdjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:                                                         
Azimova Ziyoda Ergashevna,  pedagogika fanlari doktori, professor; 
Xadjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Tayirova Madina Bahtiyorovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashni metodik takomillashtirish va ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashning mazmuni pedagogik aksiologiya va ijtimoiy pedagogikaning fanlararo integratsiyasi bilan qadriyatlarga asoslangan axloqiy me’yorlar va jamoaviy ijtimoiy masʼuliyatni adekvat namoyon bo‘lish darajasini belgilash orqali aniqlangan;
talabalarni aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashning nazariy asoslari va mezonlari ekzistensial pedagogikada keltirilgan o‘z-o‘zini anglash, umummadaniy, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni muloqotchanlik, ijtimoiy, hayotiy-amaliy kompetensiyaviy talablar bilan integrativligini ta’minlash asosida aniqlangan;
aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlash metodik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari aksiome’yoriy yondashuv talablari asosida o‘quv-pedagogik amaliyotni tashkil etish bilan topshiriqli-amaliy yo‘naltirilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni samaradorligini muntazam baholab borish asosida aniqlangan;
“Ijtimoiy pedagogika” fani misolida talabalarning ijtimoiy faoliyatga aksiologik munosabatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalari kognitiv moslashuvchanlik, kontekstual didaktika va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning asosiy tamoyillari bilan “bilim – qadriyat – faoliyat” birligini epistemologik kompetensiyalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashga doir uslubiy ko‘rsatmalar reflektiv pedagogika va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyalari bilan hissiy intellekt, kollaborativ o‘rganish, interfaol treningni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik aksiologiya va ijtimoiy pedagogikaning fanlararo integratsiyasi bilan qadriyatlarga asoslangan axloqiy me’yorlar va jamoaviy ijtimoiy masʼuliyatni adekvat namoyon bo‘lish darajasini belgilash orqali aniqlashtirilgan  bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashning mazmuniga doir fikr-mulohazalar “Obshaya pedagogika (Teoriya pedagogiki)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 416168995487272876-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning konseptual jihatlari, strategik yo‘nalishlari aniqlashtirilgan va kasbiy-pedagogik faoliyatiga kolloboratsiya qilishga erishilgan; 
ekzistensial pedagogikada keltirilgan o‘z-o‘zini anglash, umummadaniy, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni muloqotchanlik, ijtimoiy, hayotiy-amaliy kompetensiyaviy talablar bilan integrativligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan talabalarni aksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashning nazariy asoslari va mezonlariga oid uslubiy tavsiyalar Germaniya Federativ Respublikaning Bremen shahridagi Grone ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan WAE-9-2024 “Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning ilmiy-statistik tahlili” (Scientific and statistical analysis of the development of studensʼ social activity) ilmiy loyihasi konsepsiyasini shakllantirishda qo‘llanilgan (GFR Grone ta’lim tashkilotining 2025-yil 19-martdagi ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashning uslubiy ta’minotini rivojlanishiga erishilgan; 
aksiome’yoriy yondashuv talablari asosida o‘quv-pedagogik amaliyotni tashkil etish bilan topshiriqli-amaliy yo‘naltirilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatni samaradorligini muntazam baholab borish asosida aniqlashtirilgan aksiologik yondashuv vositasida ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlash metodik ta’minotni  amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlariga doir ilmiy ma’lumotlar va mulohazalar pedaogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Ijtimoiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 277-353 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarini ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarnining samaradorligiga erishilgan; 
kognitiv moslashuvchanlik, kontekstual didaktika va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning asosiy tamoyillari bilan “bilim – qadriyat – faoliyat” birligini epistemologik kompetensiyalarni rivojlantirish nuqtai nazaridan identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan “Ijtimoiy pedagogika” fani misolida talabalarning ijtimoiy faoliyatga aksiologik munosabatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalariga oid ilmiy mulohazalar “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish Markazi” tomonidan targʻibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish Markazining 2025-yil 15-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish faoliyatining metodik ta’minotini takomillashishiga erishilgan;
reflektiv pedagogika va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyalari bilan hissiy intellekt, kollaborativ o‘rganish, interfaol treningni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali shakllantirilgan aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tayyorlashga doir uslubiy ko‘rsatmalar “Obshaya pedagogika (Teoriya pedagogiki)” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan 416168995487272876-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning mazmuni amaliy-konseptual hamda metodik jihatdan takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish