Davletova Karomatjon Xudayberganovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda axborot-texnologiyalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari”, “12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1150
Ilmiy rahbar: Esanova Zamiraxon Normurotovna, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01. 
Rasmiy opponentlar: – yu.f.d., professor Xabibullaev Davlatjon Yulchiboevich, yu.f.f.d. (PhD), dotsent Quchqarov Xamidullo Abdurasulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi mamlakatimizda iqtisodiy sud ishlarini yuritishda axborot-texnologiyalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish, uning nazariy-amaliy va huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan eri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil` videokonferensaloqa tizimidan foydalanilishini qonunchilikda belgilash asoslantirilgan;
videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishini huquqiy tartibga solinishi asoslab berilgan;
elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlar ekanligi, ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli bo‘lishi haqidagi normalarni qonunchilikda belgilash zarurati asoslantirilgan;
sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib olishi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismni ko‘zdan kechirishini huquqiy tartibga solinishi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sudlar faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy, amaliy va tashkiliy-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan eri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil` videokonferensaloqa tizimidan foydalanilishi haqidagi takliflar 2025 yil 11 martdagi O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi  166-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 3/dn-92-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi iqtisodiy sud ishlarining yuritilishida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning masofadan ishtirok etishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qilgan;
videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi haqidagi takliflar 2025 yil 11 martdagi O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047-son Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi  166-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 3/dn-92-sonli dalolatnomasi). Natijada sudda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning mas’uliyatini oshirshga, ishga oid dalillarning ishonchliligini oshirishga va oxir-oqibat sudning hal qiluv qarorining qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishini ta’minlashga erishilgan;
elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlar ekanligi, ishda ishtirok etuvchi taraflar, guvohlar va boshqa shaxslar elektron ma’lumotlarni ushbu ma’lumotlarning ko‘chirma nusxasini elektron jismdan elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli bo‘lishi haqidagi normalar 2024 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga yangi 761-moddani kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 7 maydagi 27/2-88-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi iqtisodiy sud ishlarini yuritishda elektron ma’lumotlarni tekshirish, baholash va ularni  ishga qo‘shish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishning yanada samarali huquqiy mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan; 
sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib olishi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismni ko‘zdan kechirishi kabi normalar 2024 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga yangi 761-moddani kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 7 maydagi 27/2-88-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi iqtisodiy sudlarda ishlarning ko‘rilishida raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga, ularning ishonchliligini mustahkamlashga, natijada esa sudning ish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarining asosli bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish