Turganov Baxit Qurbanbaevichning 
        Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasining metallsozlik hunarmandchiligi tarixi (Arxaik davrdan XVI asrgacha)”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B. 2023.4. DSc /Tar384 
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori, professor; Turaeva Sayyora Rustambaevna, tarix fanlari doktori, dotsent; Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazmning arxaik davrdan – XVI asrgacha metallsozlik sohalari rivojlanishining tendensiyalarini o‘rganish, metall buyumlarning lokal o‘zgachaliklarini aniqlashtirish, xo‘jalik turmushi, ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy hayotdagi ahamiyati ochib berish va umumlashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mil. avv. VII–VI asrlarga oid Quyisoy va Ko‘zaliqir madaniyatlari yodgorliklaridagi materiallar asosida Xorazmda bronza quyish, qurolsozlik va temirchilik sohalarining shakllanishi va rivojlanishi, badiiy metall buyumlar ishlab chiqarishda ko‘chmanchilar dunyosi va Sharq san’ati an’analari asosida yo‘lga qo‘yilganligi yozma va arxeologik manbalar tahlili asosida dalillangan;
Antik davrda metallsozlik sohalarida mahsulot ishlab chiqarish miqdorining ortib borishi va geografiyasining kengayishi, xomashyo manbalari, qishloq makonlarida ham ustaxonalar tashkil etilgani, badiiy metall buyumlarni tayorlashda Sharq san’ati ta’sirining kuchayib borishi, ishlab chiqarishni tashkillashtirishning davlat nazorati, kasbiy boshqaruv, uy va jamoa xarakteridagi hunarmandchilik shakllari mavjudligi hamda sohaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotdagi o‘rni asoslangan; 
Xorazmning VI–VIII asrlar yodgorliklaridagi ustaxonalar, mehnat qurollari, badiiy metall buyumlarga oid topilmalar miqdorining ortib borishi, kumush idishlarning Sharqiy Evropa bozorlariga tashqi savdoga chiqarilishi hamda mahalliy metallurgiya makonlari faoliyatiga oid arxeologik materiallar asnosida metallsozlik sohalarining taraqqiy qilganligi dalillangan; 
IX–X asrlar qalʼalarida metallsozlik sohalarida bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ixtisoslashuv jarayonining yuz berganligi, badiiy metall buyumlarni bezatishda islom san’atining ta’siri, bezatish texnikasidagi yangiliklarning paydo bo‘lishi, eksportga mo‘ljallangan ot-ulov abzallari, qulflar tayyorlanganligi, mintaqaviy savdo-madaniy aloqalarda metall buyumlarning o‘rni, Anushtakin Xorazmshohlar davri shaharlarida metallsozlik sohalarining yuksak taraqqiy qilishi, metallsozlik mahallalarining paydo bo‘lishi, yirik shaharlarda hunarmandlar uyushmalarining shakllanishi aniqlangan;
Arxaik davrdan – XVI asrga qadar Sulton Sanjar, Sultonuvays tog‘ tizmalari va Sariqamish havzasida mahalliy rudani qayta ishlovchi metallurgiya makonlari faoliyati faqat ba’zi davrlarda mavsumiy yo‘lga qo‘yilganligi tufayli Xorazm vohasi metallsozlik sohalarida xomashyo manbalarining asosiy ta’minoti tashqi savdo-iqtisodiy aloqalar (O‘rta Osiyo, Sharqiy Evropa va Sharq davlatlari) tizimi bilan bog‘liqligi, X–XIV asrlarga oid yodgorliklarda badiiy metall buyumlar va temirchilik mahsulotlari miqdorining ortib borishi, mog‘ullar bosqini davridagi biroz tanaffusdan so‘ng XIII asrning ikkinchi yarmidan XVI asrga qadar Xorazm qal’alarida metallsozlik sohalarida ishlab chiqarishning qayta izchil davom etganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazmda metallsozlik sohalarining shakllanishi va rivojlanishi, metallurgiya va xom-ashyo manbalari, badiiy metall buyumlar hamda temirchilik mahsulotlarining tasnifiy o‘rganilishi asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
Mil. avv. VII–VI asrlarga oid Quyisoy va Ko‘zaliqir madaniyatlari misolida Xorazmda bronza quyish, qurolsozlik va temirchilik sohalarining shakllanishi va rivojlanish jarayonlari, badiiy metall buyumlar ishlab chiqarish kochmanchilar duniyosi va Sharq san’ati an’analari asosida yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-fevraldagi 01-33/69-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda namoyish etilgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarda metallsozlik sohalarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqidagi tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi;
Antik davrda metallsozlik sohalarida mahsulot ishlab chiqarish miqdorining ortib borishi va geografiyasining kengayishi, xomashyo manbalari, qishloq makonlarida ham ustaxonalar tashkil etilgani, badiiy metall buyumlarni tayorlashda Sharq san’ati ta’sirining kuchayib borishi, ishlab chiqarishni tashkillashtirishning davlat nazorati, kasbiy boshqaruv, uy va jamoa xarakteridagi hunarmandchilik shakllari mavjudligi hamda sohaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotdagi o‘rni to‘g‘risidagi tadqiqot natijalaridan Qoraqalpog‘iston teleradio kompaniyasi “Qoraqalpog‘iston tarixi” va “Miyras”  ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradio kompaniyasining 2025-yil 20-martdagi 05-22/170-son ma’lumotnomasi). Natijalarning foydalanilishi tomoshabinlarda metallsozlik sohalarining moddiy va ma’naviy madaniyatimizdagi ahamiyati hamda hunarmandlarning jamiyatidagi mavqeiga oid ishonchli tarixiy ma’lumotlarni xalqimizga namoyish etishga xizmat qilgan;
Xorazmning VI–VIII asrlar yodgorliklaridagi ustaxonalar, mehnat qurollari, badiiy metall buyumlarga oid topilmalar miqdorining ortib borishi, kumush idishlarning Sharqiy Evropa bozorlariga tashqi savdoga chiqarilishi hamda mahalliy metallurgiya makonlari faoliyatiga oid arxeologik materiallar asnosida metallsozlik sohalarining taraqqiy qilganligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi tomonidan yodgorliklarni muhofaza qilish hamda targ‘ibot qilish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 15.04.2025-yil, 04-07/1427-sonli, 21.04.2025-yil, 04-05/1507-sonli;Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 15.04.2025-yil, 01-03/01-235-sonli ma’lumotnomalari). Natijada yodgorliklardagi hunarmanchilik ustaxonalarini konservatsiya qilish, maketlarini tayorlash hamda muzeylarda metall buyumlar ko‘rgazmalarini tashkil etishda ilmiy metodik qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
IX–X asrlar qalʼalarida metallsozlik sohalarida bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ixtisoslashuv jarayonining kuchayishi, badiiy metall buyumlarni bezatishda islom san’atining ta’siri, bezatish texnikasidagi yangiliklarning paydo bo‘lishi, eksportga mo‘ljallangan ot-ulov abzallari, qulflar tayyorlanganligi, mintaqaviy savdo-madaniy aloqalarda metall buyumlarning o‘rni, Anushtakin Xorazmshohlar davri shaharlarida metallsozlik sohalarining yuksak taraqqiy qilishi, metallsozlik mahallalarining paydo bo‘lishi, yirik shaharlarda hunarmandlar uyushmalarining shakllanishi oid tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasidagi misgarlik va rixtagarlik yo‘nalishlaridagi ustalar uchun uslubiy tavsiyalar berildi (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 2-iyundagi №01-14/708-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushma hunarmandlari qadimgi tajribalar va an’analarga asoslangan holda etnoturistik mahsulotlar yaratishda ilmiy asoslangan tarixiy bilimlarga ega bo‘ldilar;
Arxaik davrdan – XVI asrga qadar Sulton Sanjar, Sultonuvays tog‘ tizmalari va Sariqamish havzasida mahalliy temir, mis rudalarini qayta ishlovchi metallurgiya makonlari faoliyati ba’zi davrlarda mavsumiy yo‘ga qo‘yilganligi, Xorazm vohasi metallsozlik sohalarida xomashyo manbalarining asosiy ta’minoti tashqi savdo-iqtisodiy aloqalar (O‘rta Osiyo, Sharqiy Evropa va Sharq davlatlari) tizimi bilan bog‘liqligi, badiiy metall buyumlar va temirchilik mahsulotlarini tasnifiy tahlil qilish asnosida metallsozlik sohalarining X–XIV asrlarda taraqqiy qilishi, mog‘ullar bosqinchiligi davridagi biroz tanaffusdan song XIII asrning ikkinchi yarmidan XVI asrga qadar Xorazm qal’alarida metallsozlik sohalarida ishlab chiqarishning qayta izchil davom etganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan turizm va madaniy meros sohalarini integratsiya qilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini tashkil etishda hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan madaniy ma’naviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 06.02. 2025-yil, 87-sonli; Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi 07.04.2025, 8-03/758-sonli; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi 27.06.2025, 02-15/04-189-sonli ma’lumotnomalar). Mazkur ilmiy xulosalar turizm sohasida tarixiy-madaniy merosga asoslangan marshrutlarni shakllantirish, gidlar uchun metodik materiallar tayyorlash, hududning xalqaro turizm brendini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik mahsulotlarini barqaror turizm resursiga aylantirishda amaliy ahamiyatga ega.

Yangiliklarga obuna bo‘lish