Xakimova Maksadxon Dilshodbekovnananing 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz she’riyatida g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘ziga xos jihatlari tahlili (Liverpul shoirlari ijodi asosida)” mavzusidagi  10.00.04 - Evropa, Amerika va  Avstraliya  xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4379
Ilmiy rahbar: Karimov Rivojiddin Gulomjonovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat chet tillari instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar:  filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent To‘raeva Bahor Baxriddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Tursunov Akmal Hamidjanovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Liverpul shoirlari ijodining uslubiy o‘ziga xosliklari va asarlarining badiiy-estetik jihatlarini tahlil etish orqali  ingliz she’riyatida g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy-nazariy asosda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
tarixiy-ijtimoiy jarayonlar, zamon va ijodkor shaxs munosabati, adabiy muhit hamda badiiy tafakkurdagi evrilishlar she’riyatda g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘zgarishi va poetik mazmun yangilanishning asosiy omillaridan ekani XX asr ikkinchi yarmi ingliz adabiyotidagi jarayonlar kontekstida ochib berilgan;
Liverpul she’riyatining ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida yuzaga kelgani va rivojlangani, falsafiylik va xalqchillik shoirlar ijodining insonlar taqdiri va zamondoshlari tafakkuri bilan hamohangligida aks etgani asoslangan;
Adrian Henri she’riyatida badiiy ekspressiya va sotsial tahlil birligi, Rojer MakGaf ijodida zamonaviy-ijtimoiy kontekstdagi badiiy ifodaning eksperimental va innovatsion shakllari hamda Brayn Petten talqinida nazm tafakkur va hissiyot unsurlarining uyg‘unligi ekani tahlil qilingan hamda xulosalar dalillangan;
o‘z davrida jahon iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydonida yuz bergan voqeliklarning ingliz she’riyatida aks etganligi hamda xalqchillik va soddalik kabi jihatlarning asosiy planga chiqqanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz she’riyatida g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘ziga xos jihatlari tahlili masalasiga doir tadqiqotdan olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy etilgan:
 tarixiy-ijtimoiy jarayonlar, zamon va ijodkor shaxs munosabati, adabiy muhit hamda badiiy tafakkurdagi evrilishlar she’riyatda g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘zgarishi va poetik mazmun yangilanishning asosiy omillaridan ekani XX asr ikkinchi yarmi ingliz adabiyotidagi jarayonlar kontekstida ochib berilganligi; o‘z davrida jahon iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydonida yuz bergan voqeliklarning ingliz she’riyatida aks etganligi hamda xalqchillik va soddalik kabi jihatlarning asosiy planga chiqqanligi haqida olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-FI-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 6-fevraldagi №56/2-sonli ma’lumotnomasi);
Sharq va G‘arb o‘rtasidagi o‘ziga xos mavqeyini aks ettiruvchi o‘zbek va ingliz tillari hamda she’riyatning mos uyg‘unligini yaratish zarurati aniqlanib, Liverpul she’riyatining ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida yuzaga kelgani va rivojlangani, falsafiylik va xalqchillik shoirlar ijodining insonlar taqdiri va zamondoshlari tafakkuri bilan hamohangligida aks etgani; Adrian Henri she’riyatida badiiy ekspressiya va sotsial tahlil birligi, Roger McGough ijodida zamonaviy-ijtimoiy kontekstdagi badiiy ifodaning eksperimental va innovatsion shakllari hamda Brian Patten talqinida nazm tafakkur va hissiyot unsurlarining uyg‘unligi ekani; jahon adabiyotida ingliz she’riyatining o‘rganilishi natijasida o‘zbek tiliga kirib kelayotgan inglizcha so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida aniqlash jarayonida foydalanish, ba’zan har ikki tildan yagona leksema yaratish va uni tez tushunishga xizmat qiluvchi umumiy muloqot tilini hosil qilishga omil bo‘lganligi loyihaning atamalarga oid ilmiy mazmunini boyitgani haqidagi ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024–2025-yilda bajarilgan ALM-202310132634 – raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 10-fevraldagi 310-sonli ma’lumotnomasi);
Liverpul she’riyatining ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida yuzaga kelgani va rivojlangani, falsafiylik va xalqchillik shoirlar ijodining insonlar taqdiri va zamondoshlari tafakkuri bilan hamohangligida aks etgani; Adrian Henri she’riyatida badiiy ekspressiya va sotsial tahlil birligi, Roger McGough ijodida zamonaviy-ijtimoiy kontekstdagi badiiy ifodaning eksperimental va innovatsion shakllari hamda Brian Patten talqinida nazm tafakkur va hissiyot unsurlarining uyg‘unligi ekani kabi masalalar bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilganligi; tadqiqotda Liverpul shoirlari ijodi asosida ingliz she’riyatida g‘oyaviy-estetik qarashlarning o‘ziga xos jihatlari tahlili orqali o‘zbek adabiyotshunoslik ilmini ingliz she’riyatining yangi o‘rganilgan qirralari bilan yaqindan tanishtirish, mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga integrallashib borayotgan bugungi kunda yurtimiz va dunyo xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni adabiy aloqalar orqali yanada mustahkamlash va targ‘ib etish kabi maqsadlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek she’riyati”, “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon” dasturlari senariysining 2024-yil 20-noyabr va 18-dekabr sonlarida bayon etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 11-fevraldagi 05-09-163-sonli ma’lumotnomasi);
dissertatsiyaning ilmiy natijalari, ilmiy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan. Jumladan, loyiha doirasida tadqiqotning o‘z davrida jahon iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydonida yuz bergan voqeliklarning ingliz she’riyatida aks etganligi hamda xalqchillik va soddalik kabi jihatlarning asosiy planga chiqqanligiga doir ilmiy natijalar joriylangan. Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar loyiha doirasida dastur va qo‘llanmalar takomillashuviga xizmat qilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 11-fevraldagi 10/372-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish