Abdumannatova Aziza Abdumajit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7772
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqmli ilmiy kengash
Ilmiy rahbar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Mustafaev Shomurod Normo‘minovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda integrativ yondashuv asosida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish jarayonini ilmiy-pedagogik negizda takomillashtirish, bu yo‘nalishda samarali metodika va ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ilk bor tizimli tahlil qilinib, talabalarda empatiya, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari, stereotiplar hamda bag‘rikenglikni shakllantiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida ilmiy asosda asoslab berilgan;
tolerantlikni rivojlantirish konsepsiyasi musiqa turizmining talabalarda axloqiy sifatlarni rivojlantirishdagi psixologik-pedagogik funksiyalarini aniqlashtirish, integratsiya qilish, madaniyatlararo muloqot, bag‘rikenglik ko‘nikmalarini oshiruvchi resurslaridan samarali foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasi ta’limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy integratsiya funksiyalarini uyg‘unlashtiruvchi interaktiv-pedagogik model takomillashtirilib, musiqiy merosni o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va global musiqiy hamjamiyatga qo‘shilish orqali tolerantlik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodik yondashuv sifatida asoslab berilgan;
musiqa turizmi vositasida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning innovatsion metodikasi takomillashtirilib, “Turizmning madaniy-ma’rifiy imkoniyatlarini musiqa san’atiga integratsiya qilish” hamda “Bag‘rikenglik ovozi” loyihalari asosida fanlararo yondashuv kognitiv, prakseologik va reflektiv mezonlar bo‘yicha statistik jihatdan samaradorligi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Musiqa turizmi vositasida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarda tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ilk bor tizimli tahlil qilinib, talabalarda empatiya, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalari, stereotiplar hamda bag‘rikenglikni shakllantiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida ilmiy asoslariga oid takliflardan musiqa ta’limi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirildi hamda “Musiqa o‘qitish metodikasi”, “Umumiy pedagogika” fanlari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.[O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli nashr ruxsatnomasi] Natijada, musiqa turizmi asosida talabalarda tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyati yuzaga kelgan;
tolerantlikni rivojlantirish konsepsiyasi musiqa turizmining talabalarda axloqiy sifatlarni rivojlantirishdagi psixologik-pedagogik funksiyalarini aniqlashtirish, integratsiya qilish, madaniyatlararo muloqot, bag‘rikenglik ko‘nikmalarini oshiruvchi resurslaridan samarali foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtiriganligiga oid tavsiyalardan talabalarda tolerantlikni musiqa turizmi vositasida rivojlantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar (kuy, qo‘shiq, raqs, xalq dostonlari, baxshichilik san’ati, hunarmandchilik, milliy liboslar, xalq o‘yinlari, urf-odatlar)ni singdirishda foydalanilgan. [O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 16-avgustdagi 02-05/3072-sonli ma’lumotnomasi.] Natijada, milliy an’analar asosida talabalar o‘rtasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasi yangi materiallar bilan boyitildi;
talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasi ta’limiy, tarbiyaviy va ijtimoiy integratsiya funksiyalarini uyg‘unlashtiruvchi interaktiv-pedagogik model takomillashtirilib, musiqiy merosni o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va global musiqiy hamjamiyatga qo‘shilish orqali tolerantlik kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodik yondashuvga oid tavsiyalardan hamda Xalqaro maqom, baxshichilik, folklor san’ati, “Raqs sehri” va musiqa festivallarining imkoniyatlaridan foydalanilgan.[O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 16-avgustdagi 02-05/3072-sonli ma’lumotnomasi.] Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida tolerantlikni musiqa turizmi vositasida rivojlantirish imkoniyatlari (sayohatlar, tadbirlar, marosimlar, bayramlar, baynalmilal madaniyat markazlari hamda muzeylar bilan hamkorlik, festivallarga) kengaygan;
musiqa turizmi vositasida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning innovatsion metodikasi takomillashtirilib, “Turizmning madaniy-ma’rifiy imkoniyatlarini musiqa san’atiga integratsiya qilish” hamda “Bag‘rikenglik ovozi” loyihalari asosida fanlararo yondashuv kognitiv, prakseologik va reflektiv mezonlar bo‘yicha statistik jihatdan samaradorligiga oid tavsiyalardan musiqa ta’limi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Cholg‘u ijrochiligi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanildi. [O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli nashr ruxsatnomasi] Natijada, musiqa ta’limi yo‘nalishining fan dasturlari sillabuslari, o‘quv uslubiy majmualari musiqa turizmiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqildi.