Xajiev Dilshod Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Psoriaz turli bosqichlarini oldini olishning gigienik jihatlarini inobatga olgan holda davolashni takomillashtirish», 14.00.07 – Gigiena va 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4090.
Ilmiy rahbarlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamrokulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imomov Otabek Sunnatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: psoriazning turli bosqichlarini oldini olishning gigienik jihatlari va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi orasida sog‘lom ovqatlanish mezonlari va kunlik ovqatlanish holatining yosh, jins va mehnat sharoitiga bog‘liq ravishda izdan chiqishi psoriazning turli bosqichlarini yuzaga keltiruvchi asosiy xavf omili sifatida baholash va bashoratlashning gradatsiyasi ishlab chiqilgan;
psoriazning asosiy bosqichlari va uning tarqalish xususiyatlari yosh va jinsiy omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, kasallikning rivojlanishida kun tartibi, ruhiy zo‘riqish, gipo va giperallergen mahsulotlarning kunlik ratsiondagi ulushi, jumladan kislotalik muhiti yuqori bo‘lgan va purin saqlovchi (shakar, sariyog‘, shokolad, qaxva, sirka, sho‘r, achchiq) mahsulotlarning ta’siri asosiy xavf omillari ekanligi isbotlangan;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va sensibillovchi xususiyatlarini hisobga olgan holda, gipoallergenlik xususiyatga ega, vitamin va minerallarga boy, ishqoriy muhitli sabzavot (sabzi, dukaklilar), mevalar (olma), lesitin saqlovchi mahsulotlardan iborat ratsionning psoriazni oldini olish va kasallikning remissiya bosqichini uzaytirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlangan;
psoriazni samarali davolash va profilaktika qilishning kompleks gigienik tizimi ovqatlanish vaqti va tartibini to‘g‘ri tashkil etish, kislotalik xususiyati yuqori mahsulotlarni kunlik ratsiondan chiqarish, ishqoriy muhitga ega purin saqlovchi mahsulotlardan foydalanish hamda ruhiy zo‘riqishni kamaytirish orqali davolash samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Psoriazning turli bosqichlarini oldini olishning gigienik jihatlari va davolashni takomillashtirish:
birinchi ilmiy yangilik: aholi orasida sog‘lom ovqatlanish mezonlari va kunlik ovqatlanish holatining yosh, jins va mehnat sharoitiga bog‘liq ravishda izdan chiqishi psoriazning turli bosqichlarini yuzaga keltiruvchi asosiy xavf omili sifatida baholash va bashoratlashning gradatsiyasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/121-son bilan tasdiqlangan «Psoriaz bilan xastalangan bemorlarning xavf omillarini gigienik baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 155–p–son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filiali bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 13-son hamda Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 01.04.2024 yildagi 45-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xavf omillarini baholash va bashoratlashning gradatsiyasi atrof muhitning zararli omillar ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarni kamaytirish, ishchilarning yuqori ishlash qobiliyatini ta’minlash va kasbiy kasalliklarni oldini olish natijasida patsientlarning hayot sifatini yaxshilash, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m va ovqatlanish uchun 17600 so‘m mablag‘lar xavf omillarni bashoratlash gradatsiyasini tatbiq etish orqali xastalikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini  2-3 kunga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: psoriazning asosiy bosqichlari va uning tarqalish xususiyatlari yosh va jinsiy omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, kasallikning rivojlanishida kun tartibi, ruhiy zo‘riqish, gipo va giperallergen mahsulotlarning kunlik ratsiondagi ulushi, jumladan kislotalik muhiti yuqori bo‘lgan va purin saqlovchi (shakar, sariyog‘, shokolad, qaxva, sirka, sho‘r, achchiq) mahsulotlarning ta’siri asosiy xavf omillari ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan  2023 yil 21 sentyabrda 09-23/121-son bilan tasdiqlangan «Psoriaz bilan xastalangan bemorlarning xavf omillarini gigienik baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 155–p–son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filiali bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 13-son hamda Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 01.04.2024 yildagi 45-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: psoriazning asosiy bosqichlari va uning tarqalish xususiyatlari yosh va jinsiy omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, kasallikning rivojlanishida kun tartibi, ruhiy zo‘riqish, gipo va giperallergen mahsulotlarning kunlik ratsiondagi ulushi, jumladan kislotalik muhiti yuqori bo‘lgan va purin saqlovchi (shakar, sariyog‘, shokolad, qaxva, sirka, sho‘r, achchiq) mahsulotlarning ta’siri asosiy xavf omillarni isbotlash, patsientlarning hayot sifatini yaxshilash, xavf guruh mahsulotlarining omilli ta’sirini baholash orqali kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m va ovqatlanish uchun 17600 so‘m mablag‘lar psoriazning asosiy xavf omillarni oldini olish, kasallikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini  2-3 kunga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va sensibillovchi xususiyatlarini hisobga olgan holda, gipoallergenlik xususiyatga ega, vitamin va minerallarga boy, ishqoriy muhitli sabzavot (sabzi, dukaklilar), mevalar (olma), lesitin saqlovchi mahsulotlardan iborat ratsionning psoriazni oldini olish va kasallikning remissiya bosqichini uzaytirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/121-son bilan tasdiqlangan «Psoriaz bilan xastalangan bemorlarning xavf omillarini gigienik baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 155–p–son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filiali bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 13-son hamda Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 01.04.2024 yildagi 45-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining biologik va sensibillovchi xususiyatlarini hisobga olgan holda, gipoallergenlik xususiyatga ega, vitamin va minerallarga boy, ishqoriy muhitli sabzavot (sabzi, dukaklilar), mevalar (olma), lesitin saqlovchi mahsulotlardan iborat ratsionning psoriazni oldini olish va kasallikning remissiya bosqichini uzaytirishdagi ahamiyati yondosh kasalliklarning xavfini oldini olish va ovqatlanish statusini buzilishini barataraf etish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m va ovqatlanish uchun 17600 so‘m mablag‘lar mahalliy mahsulotlardan iborat ratsiondan foydalanish psoriazni oldini olish va kasallikning remissiya bosqichini uzaytirish, kasallikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: psoriazni samarali davolash va profilaktika qilishning kompleks gigienik tizimi ovqatlanish vaqti va tartibini to‘g‘ri tashkil etish, kislotalik xususiyati yuqori mahsulotlarni kunlik ratsiondan chiqarish, ishqoriy muhitga ega purin saqlovchi mahsulotlardan foydalanish hamda ruhiy zo‘riqishni kamaytirish orqali davolash samaradorligini oshirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 sentyabrda 09-23/121-son bilan tasdiqlangan «Psoriaz bilan xastalangan bemorlarning xavf omillarini gigienik baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 09.10.2024 yildagi 155–p–son, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat hududiy filiali bo‘yicha 28.03.2024 yildagi 13-son hamda Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 01.04.2024 yildagi 45-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/90-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: psoriazni samarali davolash va profilaktika qilishning kompleks gigienik tizimi ovqatlanish vaqti va tartibini to‘g‘ri tashkil etish, kislotalik xususiyati yuqori mahsulotlarni kunlik ratsiondan chiqarish, ishqoriy muhitga ega purin saqlovchi mahsulotlardan foydalanish hamda ruhiy zo‘riqishni kamaytirish orqali davolash samaradorligini oshirish natijasida psoriaz rivojlanishida atrof-muhitining zararli omillar ta’sirida yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish va patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 360000 so‘m va ovqatlanish uchun 17600 so‘m mablag‘lar ishlab chiqilgan psoriazni samarali davolash va profilaktika qilishning kompleks gigienik tizimidan foydalanish orqali kasallikni samarali tashxislash va davolash orqali shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish