Xamrakulova Nargiza Orzuevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon tizimi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yiringli o‘rta otitlarning klinik kechish xususiyatlarini aniqlash va kompleks davoni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.PhD/Tib336.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Tulebaev Rais Kashkenovich tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi)., Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Seul milliy universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: qon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlardagi yiringli o‘rta otitlarni kompleks davolash samaradorligini aniqlashda tashxislash va boshqarish taktikasida zamonaviy yondoshuvni takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yiringli o‘rta otit bilan xastalangan surunkali gamablastozli bemorlarda ozon-kislorod aralashmasi qo‘llanilganda, hujayralardagi kislorod muvozanati tiklanadi, hujayralararo almashinuv yaxshilanadi va natijada metabolik jarayonlar jadallashganligi aniqlangan;
yiringli o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarda nog‘ora bo‘shlig‘ini chuqur ozonlash natijasida, kasallikni antibiotik va boshqa dori vositalar bilan davolash kamaytirilgan va ularning zararli nojo‘ya ta’sirlarini oldi olingan;
gemablastoz bilan xastalangan bemorlarda nog‘ora bo‘shlig‘ining yiringli jarayonida ozon eritmasi qo‘llanilganda uning bakteriotsid va fungisid ta’siri hamda maxalliy davolashdagi samaradorligi isbotlangan;
immunologik ma’lumotlarga asoslanib NKT-test natijasi bo‘yicha polimorf yadroli leykotsitlarning bakteriotsid faolligi tashxislandi hamda yiringli o‘rta otit bilan kasallangan gemablastozli bemorlarning organizmini kompensatorlik imkoniyati oshganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
qon tizimi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yiringli o‘rta otitlarning klinik kechish xususiyatlarini aniqlash va kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qon kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yiringli otitning asoratlarini oldini olish va davolashda azonning samardorligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 maydagi 8n-r/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma azon orqali qon kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yiringli otitning asoratlarini oldini olish va davolashning samaradorligini baholash imkonini bergan;
«Qon kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yiringli o‘rta otitni patogenezi. Diagnostikasi va davolash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-r/293-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma qon kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yiringli o‘rta otitning patogenezini, diagnostikasini va zamonaviy davolash samaradorligini baholash imkonini beradi;
«Surunkali leykoz bemorlarida yiringli o‘rta otitni davolashni optimallashtirish va klinik kechishini o‘ziga xosligi» davolash tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi etik qo‘mitasida tasdiqlangan;
qon tizimi kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yiringli o‘rta otitlarning klinik kechish xususiyatlarini aniqlash va kompleks davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, Samarqand viloyati gematologiya bo‘limi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 8n-d/83–son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi yiringli o‘rta otit bemorlarida o‘tkaziladigan davolashga kompleks yondoshishni qo‘llash yiringli o‘rta otitni davolash muddatini qisqartirishga va surunkali gemablastozlarda kasallikning bakterial zararlanish darajasini kamaytirish imkonini bergan, shuningdek, davolashning samaradorligini oshirish, turg‘un remissiyani rivojlanishi va asoratlarini oldini olishga sharoit yaratganligi isbotlangan.