Bakiev Xabibulla Maxamatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tilida o‘qib tushinish malakasini baholash tizimini yaratishning ilmiy-nazariy asoslari” (umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘zga tilli guruh bitiruvchilari misolida” 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazriyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8620
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor Saparniyazova Muyassar Yuldashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘zga tilli guruh bitiruvchilarning o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini baholashning ilmiy-nazariy va metodik asosini yaratish hamda baholash parametrlarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini baholashning domeni, konstrukti, tarkibiy ko‘nikmalari va strategik jihatlarini o‘zga tilli guruhlar uchun qo‘llash samarali natija berishi asoslangan;
o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunishning malakasining kognitiv jarayonlari va psixolingvistik model usullarini tatbiq etish orqali amalga oshishi amaliy tajribalar asosida dalillangan.
o‘zga tilli guruhlarni o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunishda matn tipologiyasining kommunikativ xususiyatini ajratib berish malakasini takomillashtirilish va uni baholash parametrlari isbotlangan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘zga tilli guruh bitiruvchilarining o‘zbek tilida o‘qib tushunish malakasini baholashga oid kommunikativ mashq, topshiriq va savol turlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil 9 noyabrdagi 04/1-3214-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarida bayon etilgan o‘zga tilli guruh bitiruvchilarining o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunish malakasini baholashning metodik jihatlari bitiruvchilarga malakaning domeni, konstrukti, tarkibiy ko‘nikmalari hamda samarali startegiyalarini o‘rgatish haqidagi xulosalaridan foydalanilgan;
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022–2023-yillarda bajarilgan II-4721101717 raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2024 yil 7 noyabrdagi 159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning dolzarbligi, o‘zga tilli guruh bitiruvchilarining o‘zbek tilidagi matnlarni o‘qib tushunish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi kognitiv jarayonlar va tushunish modellarini rivojlantirishga erishilgan;
O‘zbekistion Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali AJ muharririyati tomonidan namoyish etilgan “Davr hafta ichida” ko‘rsatuvining 2018-yil 25-mart sonini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” telekanali AJning 2024-yil 1-noyabrdagi 14-02-192-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchining matnda keltirilgan ma’lumotni tushunish uchun harf/tovush-so‘z-mazmun ketma-ketligidan iborat izchillik modeli, mutolaa mahorati, matn kontekstdan xabardorligi, muayyan matn turlari bilan tanishligi xususidagi xulosalarning keltirilishi loyihaning ilmiy qimmati oshishiga xizmat qilgan;
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil 9 noyabrdagi 04/1-3214-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘zga tilli guruh bitiruvchilarining o‘zbek tilida o‘qib tushunish malakasini baholashga oid kommunikativ mashq, topshiriq va savollar takomillashtirishi xususidagi fikrlar loyihaning ilmiy qimmati oshishiga olib kelgan.