Xoliyorova Gulruxsor G‘ayratovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili elektron tezaurusini modellashtirishning leksikografik taqiqi”. 10.00.01 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4746
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 03/25.2021.Fil.01.16
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muhammadjanovna filologiya fanlari doktori, professor;  Gulyamova Shaxnoza Qaxramonovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili elektron tezaurusini modellashtirishni leksikografik tadqiq qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dunyo tajribasida sinalgan lingvistik tezauruslarning nazariy xulosalari asosida ideografik lug‘at yaratishning leksikografik talqiniga doir mulohazalar ilmiy dalillandi, unga ko‘ra tezaurusning tipologik xarakteri hamda standart me’yorlari, xususan terminologik, axborot qidiruv va lingvistik turlariga ko‘ra ochib berilgan; 
tezaurusning tasnifiy xoslanishi va uning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilishda kompyuter leksikografiyasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning nazariy manbalari asosida dalillangan;
WordNet tipidagi lug‘atlarning lingvistik bazasini yaratish va uning qidiruv tizimi imkoniyatlari borasida amalga oshirilgan tajribalar tahlilga tortilib, tezaurusda konsept va uning doirasida birlashuvchi leksik birliklar, jumladan, so‘z turkumlarini berish masalasi standart talablar doirasida amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
lingvistik tezaurusning strukturasi va semantikasini shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilib, o‘zbek tilining lingvistik imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda uning milliy lisoniy modelini yaratishga doir dastlabki tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili tezaurusini yaratishning leksikografik talqini hamda metodologik yondashuvi asosida erishilgan xulosalaridan tadqiqotlarni tahlil qilish va ularning nazariy asoslarini  aniqlash jarauonida erishilgan ilmiy natijalar asosida quyidagi loyihalarda qo‘llangan. 
O‘zbek tili kompyuter lingvistikasi uchun tezaurus modeli va uning semantik tarkibi muhim ahamiyat kasb etib, ayniqsa, axborot qidiruv tizimi uchun muhim lingvistik resurs vazifasini bajarishi semantik munosabatlar tadqiqiga asoslangan tahlilining nazariy asoslaridan 2021-2023-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan “Yangi avlod o‘quv lug‘atlari va ularning mobil ilovalarini yaratish mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2025-yil 17-martdagi 949/05-2-son ma’lumotnomasi).
 O‘zbek tili elektron korpusi uchun lingvistik tezaurusning strukturasi va semantikasini shakllantirishda mavjud dunyo lug‘atchiligi tajribasiga tayangan holda uning milliy lisoniy modelini yaratish tamoyillaridan 2021-2023-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan lingvistik baza yaratish hamda korpusning dasturiy ta’minotini mukammallashtirishga  xizmat qilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2025-yil 14-martdagi 139/01-01-son ma’lumotnomasi).
O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada tadqiqotning ontologik model yaratishda semantik munosabatlar tahlili, ontologiya va tezaurus modellarida konsept tushunchasi talqini, terminologik tizimda semantik maydonlarni aniqlashda semantik munosabatlar hamda ierarxik tasnifi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqi nazariy asos vazifasini o‘tagan. (Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-martdagi 04/11-3400-son malumotnomasi)

Yangiliklarga obuna bo‘lish