BEKMETOVA Feruza Matsapaevna: «Nobarqaror stenokardiyali bemorlarda magistral arteriyalar strukturaviy-funksional o‘zgarishlarining o‘ziga xosligi va gipolipidemik terapiyaning farmakogenetik jixatlari»(14.00.06) –kardiologiya. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (100007, Toshkent, Parkent ko‘ch., 51. Tel/faks: 268-17-44; info@tipme.uz ), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy  maslahatchiKurbanov R.D .                                                                                                                         

    Ish bajarilgan muassasa: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi

    Rasmiy opponentlar: A.L.Alyavi, A.G.Gadoev, G.X.Yarmuxamedova        

    Yetakchi tashkilot: Rossiya kardiologiya ilmiy-ishlab chiqarish  kompleksi

 

    I. Tadqiqotning maqsadi:magistral arteriyalarning strukturaviy-funksional o‘zgarishlarini, ateroskleroz biomarkerlarini, nomuqim stenokardiyali bemorlar hayot prognozini va xavf-stratifikatsiyasi imkoniyatlarinilipidtransport tizimi genlar polimorfizmiga ko‘ra  o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish.

     II.  Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

    ilk marotaba o‘zbek millatiga oid YuIK bemorlarida lipidtransport tizimidagi allellar va genetik polimorfizmlarning taqsimlanishi o‘rganilgan;

    ilk marotaba nomuqim stenokardiyali (NS), YuIK oilaviy anmnezi bor bemorlarda lipidtransport tizimi oqsillarning «jarohatlovchi» alellarining to‘planishi ko‘rsatildi: Apo A1 geni G-A polimorfizmi «A» (M1-) va Apo E genining «ε4» allellari. Bunda «ε4» alleli tashuvchi bemorlarda PZLP XS, V Apolipoprotein,  Apo V/Apo A va o‘ta sezuvchan S-reaktiv oqsillari o‘zaro bog‘liqligi nisbatan yuqori ko‘rsatkichda ekanligi aniqlangani holatida, NS bemorlarida A-alleli tashuvchiligi tashimaydiganlariga nisbatan  PZLP XS darajasining pasayishi bilan kuzatilgan;

      ilk marotaba farmakogenetik jihatda NSli bemorlarda Apo E geni «ε4» aleli tashuvchanligi past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini (PZLP XS) zarur darajasiga etish uchun simvastatin miqdorini oshirishni talab etishi aniqlangan;

      ilk marotaba Apo E geni «ε4» alleli va Apo A1 geni A-alleli «jarohatlovchi» allellarini tashuvchanlik stenokardiyali bemorlarda bir yil davomida revaskulyarizatsiya xavfi sur’atini kuchaytirilgan;

    ilk marotaba shu narsa aniqlandiki, hech bo‘lmaganda bir dona lipidtransport tizimining «jarohatlovchi» allelini tashuvchanlik, uyqu arteriyalarida aterosklerotik pilakchaning mavjudligi va Peterson egiluvchan modulining (Er A) oshishini bir yil davomida NSli bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari og‘irlashuvi xavfiga salbiy ta’sir ko‘rsatilgan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi:  Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, Toshkent viloyati kardiologiya dispanseri va Toshkent tibbiyot akademiyasining bo‘limlariga tadbiq qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 09.01.2014 yildagi 84/06 raqamli xulosasi). Bunda YuIK bemorlar diagnostikasi sifati yaxshilandi va iqtisodiy samara ko‘rsatildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish