Muxamedova Muslima Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Medikamentoz terapiyaga rezistent teri gemangiomalarini davolashni takomillashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: №B2024.2.PhD/Tib4548.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Doniyor Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi medikamentoz terapiyaga chidamli kapillyar va qoldiq teri gemangiomalarini davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kapillyar teri gemangiomalarini davolashda propranololni qo‘llashda 90% gacha samaradorligi, qoldiq teri gemangiomalarining paydo bo‘lish chastotasi 70% gacha samaradorligi isbotlangan;
580 nm spektr va 500 mVt/sm2 quvvat zichligiga ega bo‘lgan lazer nurlanishida gul ekstraktlaridan tayyorlangan mahalliy preparat sitotoksik fotodinamik ta’sirga (75%) va patogen mikroblarga nisbatan yaqqol bakterisid ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
terining qoldiq va kapillyar gemangiomalarini davolashda 580 nm spektrdagi nurlanish va Extractum Hiperici Oleosum preparatidan foydalangan holda selektiv lazer ta’sirining yangi usuli orqali terapiya samaradorligi IK-lazerlardan foydalanishdan sezilarli darajada yuqori ekanligi isbotlangan;
teri gemangiomasining proliferatsiyalanuvchi shakli "G" ko‘rsatkichining 50 gacha, qoldiq gemangiomasi bo‘lganda esa kompyuter kolorimetriyasi ma’lumotlariga ko‘ra sog‘lom teri ma’lumotlariga nisbatan 100 dan pasayishi bilan tavsiflanishi va gemangiomalarning o‘sish bosqichini tavsiflovchi ma’lumotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kapillyar va qoldiq teri gemangiomasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kapillyar teri gemangiomalarini davolashda propranololni qo‘llashda 90% gacha samaradorligi, qoldiq teri gemangiomalarining paydo bo‘lish chastotasi 70% gacha samaradorligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 16.12.2023 yildagi 01/139-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 01/14-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 08-01660-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi kapillyar teri gemangiomalarini davolashda propranololni qo‘llashda 90% gacha samaradorlikga erishildi, ammo qoldiq teri gemangiomalarining paydo bo‘lish chastotasi 70% gacha kamaytirilib bemorlarda erta davolash va qoldiq izlarni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi kapillyar teri gemangiomalarini davolashda propranololni qo‘llashda 90% gacha samaradorlik isbotlangan, ammo qoldiq teri gemangiomalarining paydo bo‘lish chastotasi 70% gacha kamaytirish uchun davoda qollanilgan preparat  jarraohlik usulida korreksiyalash uchun sarflangan 2350000 so‘m, 96 nafar bemorga 225600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: kapillyar teri gemangiomalarini davolashda propranololni qo‘llashda 90% gacha samaradorlik isbotlangan, ammo qoldiq teri gemangiomalarining paydo bo‘lish chastotasi 70% gacha kamaytirilib, 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 1200000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  
ikkinchi ilmiy yangilik: 580 nm spektr va 500 mVt/sm2 quvvat zichligiga ega bo‘lgan lazer nurlanishida gul ekstraktlaridan tayyorlangan mahalliy preparat sitotoksik fotodinamik ta’sirga (75%) va patogen mikroblarga nisbatan yaqqol bakterisid ta’sirga ega ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 16.12.2023 yildagi 01/139-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 01/14-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 08-01660-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi 580 nm spektr va 500 mVt/sm2 quvvat zichligiga ega bo‘lgan lazer nurlanishida gul ekstraktlaridan tayyorlangan mahalliy preparat sitotoksik fotodinamik ta’sirga (75%) va patogen mikroblarga nisbatan yaqqol bakterisid ta’siri natijasida yuqori terapevtik samaradorlikni ta’minlaydigan, arzon xomashyo asosida samarali davolash imkonini beradi.  Iqtisodiy samaradorligi 580 nm spektr va 500 mVt/sm2 quvvat zichligiga ega bo‘lgan lazer nurlanishida gul ekstraktlaridan tayyorlangan mahalliy preparat sitotoksik fotodinamik ta’sirga (75%) va patogen mikroblarga nisbatan yaqqol bakterisid ta’siri bilan bemorlarning statsionar davolanmasdan ambulator sharoitda davolish va  davo kursini kamaytirish orqali har bir bemor hisobiga sarflangan 360000 so‘m, 96 nafar bemorda 39360000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: 580 nm spektr va 500 mVt/sm2 quvvat zichligiga ega bo‘lgan lazer nurlanishida gul ekstraktlaridan tayyorlangan mahalliy preparat sitotoksik fotodinamik ta’sirga (75%) va patogen mikroblarga nisbatan yaqqol bakterisid ta’siri orqali har 1 bemorga davolanishning 1 kursi uchun harajatlarni 2,1 barobarga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 249895000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: terining qoldiq va kapillyar gemangiomalarini davolashda 580 nm spektrdagi nurlanish va Extractum Hiperici Oleosum preparatidan foydalangan holda selektiv lazer ta’sirining yangi usuli orqali terapiya samaradorligi IK-lazerlardan foydalanishdan sezilarli darajada yuqori ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 16.12.2023 yildagi 01/139-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 01/14-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 08-01660-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi terining qoldiq va kapillyar gemangiomalarini davolashda 580 nm spektrdagi nurlanish va Extractum Hiperici Oleosum preparatidan foydalangan holda selektiv lazer ta’sirining yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda terapiya samaradorligi IK-lazerlardan foydalanishdan sezilarli darajada yuqori ekanligi davolanish muddatini qisqartiradi, qaytalanishlarni kamaytiradi, bolalarda estetik va psixologik muammolarni bartaraf etadi va  nogironlikning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi terining qoldiq va kapillyar gemangiomalarini selektiv lazer (580 nm) va Extractum Hiperici Oleosum yordamida davolash an’anaviy IK-lazerlarga qaraganda davolash muddatini qisqartiradi, qaytalanish chastotasini kamaytiradi va har bir bemor hisobiga sarflangan 360000 so‘m, 96 nafar bemorda 39360000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: selektiv lazer ta’sirining yangi usuli orqali terining qoldiq va kapilyar gemangiomalarini davolash samaradorligining oshishi har 1 bemorga davolanishning 1 kursi uchun harajatlarni 2,1 barobarga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 249895000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri gemangiomasining proliferatsiyalanuvchi shakli "G" ko‘rsatkichining 50 gacha, qoldiq gemangiomasi bo‘lganda esa kompyuter kolorimetriyasi ma’lumotlariga ko‘ra sog‘lom teri ma’lumotlariga nisbatan 100 dan pasayishi bilan tavsiflanishi va gemangiomalarning o‘sish bosqichini tavsiflovchi ma’lumotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali bo‘yicha 16.12.2023 yildagi 01/139-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatoveneralogiya va kosmetalogiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 10.12.2024 yildagi 01/14-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 08-01660-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi teri gemangiomasining proliferatsiyalanuvchi shakli "G" ko‘rsatkichining 50 gacha, qoldiq gemangiomalar bo‘lganda esa kompyuter kolorimetriyasi ma’lumotlariga ko‘ra sog‘lom teri ma’lumotlariga nisbatan 100 dan pasayishi bilan tavsiflanishi va gemangiomalarning o‘sish bosqichini tavsiflovchi ma’lumotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi mutaxassislarga gemangiomalarni erta tashxislash, to‘g‘ri bosqichlash, bolalarda psixologik va estetik muammolarni kamaytirish, nogironlikning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan mezonlar va ko‘rsatkichlar natijasida qoldiq gemangiomalarni erta tashxislash, o‘z vaqtida samarali va ko‘mpleks davo qo‘llanilishi, har 1 bemor hisobiga sarflangan 360000 so‘m, 96 nafar bemorda 39360000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: teri gemangiomasida “G” ko‘rsatkichi va kompyuter kolorimetriyasi natijalarining klinik bosqichlar bilan ishonchli bog‘liqligi har 1 bemorga davolanishning 1 kursi uchun harajatlarni 2,1 barobarga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 249895000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish