Qarshiboev Husan Shamsiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasini GAT texnologiyasi yordamida baholash (Buxoro tumani misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1067.
Ilmiy rahbar: Bobomurodov Shuhrat Mexribonovich, biologiya fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Artikova Xafiza Tuymuradovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro tumani sug‘oriladigan tuproqlarining degradatsiya holatini GAT tizimida baholash va unda kechayotgan salbiy holatlarning echimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqning ekologik sifat yoʻqotilishi ko‘rsatkichi uslubi bo‘yicha qo‘llanilgan tasnif hudud tuproqlarining degradatsiyasi holatiga mos ravishda takomillashtirilgan;
sug‘oriladigan tuproqlarning degradatsiya darajasi Soil Quality Index (SQI), Ecological Quality Loss Index (EQLI) hamda Trends.Earth usullari yordamida kompleks baholanib, degradatsiya darajasi o‘rtacha 38,5% ekani aniqlangan;
sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasi jarayonlarini baholashda geoaxborot tizimi texnologiyalarining tezkorligi, aniqligi va qamrab olish kengligi bo‘yicha afzalligining 25% yuqoriligi asoslangan;
tuproq sifati indekslari (SQI) va Trends.Earth usullarini uyg‘un qo‘llash asosida tuproq degradatsiyasiga qarshi choralarni ishlab chiqish orqali er resurslaridan samaraliy boshqarilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasini GAT texnologiyalari yordamida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Trends.Earth dasturida Buxoro tumani hududida degradatsiyaga uchragan sug‘oriladigan tuproqlarni baholash uchun SDG (15.3.1) ning 3 ta kichik ko‘rsatkichi ma’lumotlaridan foydalanib, degradatsiya jarayonlarini ifodalovchi xaritalari Buxoro tumani qishloq xo‘jaligi erlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 5 avgustdagi 05/05-02-601-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro tumani sug‘oriladigan tuproqlarida sodir bo‘layotgan tuproq degradatsiyasi jarayonlarini monitoring qilish, degradatsiya xavfini baholash, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tuproqlar holatini yaxshilash va muhofazalash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Buxoro tumani «Chorbakir» massivining 2045,4 gektar sug‘oriladigan erlarining 1:10000 masshtabli tuproqlar mexanik tarkibi, gumus, oziqa miqdori va sho‘rlanish darajasi bo‘yicha xaritalari Buxoro tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi va fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024 yil 5 avgustdagi 05/05-02-601-son ma’lumotnomasi). Natijada, organik va mineral o‘g‘itlarning maqbul meʼyorda qo‘llash, sho‘r yuvish tadbirlarini samarali o‘tkazish, tuproq degradatsiyasini oldini olishga qaratilgan agrotadbirlarni belgashga imkon bergan.