Fayziev Jahongir Bahromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ftalosianin birikmalarini modifikatsiya qilish va ular asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 ‒ Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T888.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftalosianin birikmalarini modifikatsiya qilish usullarini ishlab chiqish va ular asosida yangi turdagi yuqori sifatli pigmentlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ftalosianin birikmalariga 96 % li sulfat kislotada ishlov berish usullari ishlab chiqilgan, past konsentatsiyali kislotada pigmentlarning metal komplekslari buzilishi aniqlangan;
kislotada eritilgan pigmentlarni neytrallash uchug natriy karbonatning 20 % li eritmasi qo’llanilganda agregatlanish darajasi pasaygan va GOST 6220-76 ga mos kelishi aniqlangan;
ftalosianin birikmalarini modifikatsiya qilish jarayonida gidrotermal usuldan foydalanib tuzilishiga funksional guruhlarni samarali tarzda kiritish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ftalosianin pigmentlarining kolloid barqarorlik xossalarining yuqori bo’lishi modifikatsiya darajasi va gidrofil guruhlar soniga bogʻliqligi aniqlangan;
mis va mis-kalsiy saqlovchi ftalosianin pigmentlariga gidrotermal usulda sulfonat natriy guruhini kiritish orqali, molekulyar massasi 1,6 va 1,8 kDa bo‘lgan modifikatsiyalangan pigmentlar olingan;
modifikatsiya jarayonida ftalosianin birikmalarining kompleks halqa tuzilishi saqlanib qolgani EPR tahlillari orqali aniqlangan va markaziy yadro tuzilishsining buzilmagani ilmiy isbotlangan;
ftalosianin birikmalaridan pigmentlar olish hamda modifikatsiya qilishning ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda texnik iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ftalosianin birikmalarini modifikatsiya qilish va ular asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
modifikatsiyalangan ftalotsianin pigmentlarini paxta tolali matolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rang berish hamda olovbardosh to‘qimachilik materiallari olish texnologiyasi “SEVEN SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 24 fevraldagi 5/4/38-519-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, to‘qimachilik materiallari I-guruhga mansub yong‘inbardosh materiallar sifatida tasdiqlangan va mato termik parchalanishdagi massa yo‘qotish ko‘rsatkichi 9% dan 2.94% gacha kamaytirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan ftalotsianin pigmentlarini paxta tolali matolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rang berish hamda olovbardosh to‘qimachilik materiallari olish texnologiyasi “IDEAL MASTERS SYSTEM” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025 yil 24 fevraldagi 5/4/38-519-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq). Natijada, modifikatsiyalangan CuPc va Ca[CuPc]2 5% gacha konsentratsiyali miqdori bilan to‘qimachilik materiallarga ishlov berilganda matolarning kislorod indeksi 18-19% dan 35,3-35,6% orttirish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan CuPc va Ca[CuPc]2 olish hamda PF-115 turdagi turli rangdagi emallar tayyorlash texnologiyasi “SOF PAINS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi” ning 2025 yil 22-maydagi 02/15-1687-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan bo‘yoq namunasining ko‘rsatkichlari GOST 6465-76 (1–5-ilovalar) talablariga to‘liq mos kelishi va emal tarkibida pigment miqdorini 10 dan 5,6 kg ga kamaytirish imkonini bergan.