Karamanyan Artur Araratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endometrioz kasalligi bilan bog‘liq bepushtlikni olib borish taktikasini takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3690.
Ilmiy maslahatchilar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiya.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Lokshin Vyacheslav Notanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
shaxsiylashtirilgan davolash usullarini ishlab chiqish uchun endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik bilan og‘rigan ayollarda tuxumdonlarning funksional zahirasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik bilan og‘rigan ayollarda tuxumdonlar zahirasining pasayishining yangi klinik - anamnestik determinantlari, shu jumladan kasallikning davomiyligi, qaytalanish chastotasi va zararlanish hajmi aniqlangan bo‘lib, bu yordamchi reproduktiv texnologiya dasturlari natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik bilan og‘rigan bemorlarda reproduktiv funksiyasi yomonlashuvining ob’ektiv biomarkerlari sifatida gormonal profilni baholash va AFS (antimyuller gormon darajasining pasayishi, FSG va LGning ortishi, antral follikulalari sonining kamayishi) ni qo‘llanishi isbotlangan;
FSHR genining rs6165 (THR307ALA) va rs6166 (ASN680SER) genotiplarining polimorfizmlarining tuxumdonning stimulyasiyaga javob berish xususiyatlari va gonadotrop gormonlar darajasi bilan bog‘liqligi topilgan, bu molekulyar genetik variantlar tuxumdonlarning individual sezgirligi va fertillik prognozining muhim bashoratchilari sifatida ko‘rib chiqishga imkon berishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan algoritmni klinik amaliyotga joriy qilinishi samaradorligi isbotlangan, bu davolash tadbirlari samaradorligining ortishini, homiladorlikka erishish davomiyligini qisqarishini, samarasiz stimulyasiya sikllari sonini pasayishi va shaxsiylashtirilgan yondashuvdan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik bilan og‘rigan ayollarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: endometrioz kasalligida bepushtlikning kliniko-anamnestik xususiyatlarini baholash o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-profilaktika sog‘liqni saqlash muassasalarining amaliy faoliyatiga, ya’ni 06.06.2025 yildagi 42-sonli buyruqqa muvofiq Toshkent shahri 9 tumanlararo perinatal markazi va 05.06.2025 yildagi 55-I -sonli buyruqqa ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi reproduktiv yoshdagi ayollarda endometrioz bilan bog‘liq bepushtlikning kliniko-anamnestik xususiyatlarini baholashdan iborat. Endometrioz kasalligida tuxumdonlar zahirasining pasayishi 36% hollarda qayd etilgan. 30yoshdan oshgan ayollarda AMG darajasi 1,1 ng / ml dan past bo‘lsa, tuxumdonlar zahirasi maksimal (r=0,00012) pasayadi. Tuxumdon zahirasining pasayishi yosh (30 yoshdan katta), anamnezda o‘tkazilgan tuxumdonlar jarrohligi, tuxumdonlarda endometrioid kistalarining qaytalanuvchi kechishi, tuxumdonlarning ikki tomonlama endometrioid kistalar bilan shikastlanishi xamda ularning hajmi (4,0 sm dan ortiq) kattaligi va bepushtlik davomiyligi 5,17±2,42 yil bo‘lishida kuchli korrelyasion bog‘liqlikka ega ekanligini aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: endometrioz tuxumdon kistalari bo‘lgan reproduktiv yoshdagi barcha bemorlarga tuxumdon zahirasini har tomonlama baholash, shu jumladan transvaginal UTT vaqtida antral follikulalar sonini aniqlash bilan AMG va FSGning qon zardobidagi konsentratsiyasini o‘rganish tavsiya etilgan, chunki bu reproduktiv funksiyani saqlab qolish imkoniyatini hisobga olgan holda jarrohlik muolajalari hajmini va endometrioz kasallikning keyingi kompleks davolash taktikasini yuqori samaradorlik bilan oldindan baholashga imkon bergan. Xulosa: Kompleks tashxisot - faqat UTTga nisbatan 1,23 marotaba va gormonal tashxisotga nisbatan 1,3 marotaba iqtisodiy jihatdan ancha foydali hisoblangan, bu 95 bemor uchun klinik, instrumental va laborator tashxisoti harajatlarini 6325765 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: endometrioz kasalligi bilan og‘rigan ayollarning gormonal holati (lyuteinlashtiruvchi (LG) va follikulani stimulovchi gormonlar (FSG), estradiol xamda antimyullerov gormon (AMG)) va tuxumdonlar zahirasidagi o‘zgarishlar qiyosiy baholangan, bu O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-profilaktika sog‘liqni saqlash muassasalarining amaliy faoliyatiga, ya’ni 06.06.2025 yildagi 42-sonli buyruqqa muvofiq Toshkent shahri 9 tumanlararo perinatal markazi va 05.06.2025 yildagi 55-I-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filiali amaliyotiga joriy etilgan (O‘zR SSV ilmiy-texnik Kengashining 07.07.2025 yildagi 21/62-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik va bepushtlikning boshqa shakllari bilan og‘rigan ayollarda LG, FSG, estradiola va AMG gormonal holatidagi o‘zgarishlarning xususiyatlari tuxumdonlar zahirasini aniqlash bilan birga aniqlangan, bu ushbu patologiyalarni maqsadli ravishda qiyoslash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik va bepushtlikning boshqa shakllari bilan og‘rigan ayollarning gormonal holatidagi o‘zgarishlarining xususiyatlari tuxumdonlar zahirasini aniqlash bilan birga aniqlangan, bu ushbu patologiyalarni maqsadli ravishda qiyoslash imkonini bergan, o‘z navbatida bu 95 bemor uchun harajatlarini 6325765 so‘mga tejash imkonini beradi. Xulosa: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik va bepushtlikning boshqa shakllari bilan og‘rigan ayollarda LG, FSG, estradiola va AMG gormonal holatidagi o‘zgarishlarning xususiyatlari tuxumdonlar zahirasini aniqlash bilan birga aniqlangan, bu ushbu patologiyalarni maqsadli ravishda qiyoslash imkonini bergan, bu moliyaviy harajatlarning kamayishiga olib kelgan va 1 bemorga 60929 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdon zahirasi va gonadotrop gormonlar sekresiyasining pasayishi bilan bog‘liq FSHR genining rs6165 (THR307ALA) va rs6166 (ASN680SER) genotiplarining polimorfizmlari o‘rganilgan, bu O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-profilaktika sog‘liqni saqlash muassasalarining amaliy faoliyatiga, ya’ni 06.06.2025 yildagi 42-sonli buyruqqa muvofiq Toshkent shahri 9 tumanlararo perinatal markazi va 05.06.2025 yildagi 55-I-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filiali amaliyotiga joriy etilgan (O‘zR SSV ilmiy-texnik Kengashining 07.07.2025 yildagi 21/62-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik va bepushtlikning boshqa shakllari bilan og‘rigan ayollarda tuxumdon zahirasi va gonadotrop gormonlar sekresiyasining pasayishi bilan bog‘liq FSHR genining rs6165 (THR307ALA) va rs6166 (ASN680SER) genotiplarining polimorfizmlari o‘rganilgan, bu ushbu patologiyalarni maqsadli ravishda farqlash imkonini bergan. FSHR genining rs6165 genotipining geterozigotli ST polimorfizmi bo‘lgan bemorlarda ushbu genotipning gomozigotli CC polimorfizmi bo‘lgan bemorlarga nisbatan AMG ning past darajalari aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tuxumdon zahirasi pasayishi bilan bog‘liq FSHR genining rs6165 (THR307ALA) va rs6166 (ASN680SER) genotiplarining polimorfizmlari o‘rganish tashxisotni optimallashtirish va 42 bemor uchun 73836000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: tuxumdon zahirasi pasayishi bilan bog‘liq FSHR genining rs6165 (THR307ALA) va rs6166 (ASN680SER) genotiplarining polimorfizmlari o‘rganish tashxisotni optimallashtirish imkonini bergan, shu bilan birga iqtisodiy harajatlarni kamaytirgan va 1 bemorga 1758000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik markerlari aniqlangan va ushbu patologiyaga ega ayollar uchun optimal olib borish taktikasi ishlab chiqilgan, bu O‘zbekiston Respublikasi tibbiy-profilaktika sog‘liqni saqlash muassasalarining amaliy faoliyatiga, ya’ni 06.06.2025 yildagi 42-sonli buyruqqa muvofiq Toshkent shahri 9 tumanlararo perinatal markazi va 05.06.2025 yildagi 55-I-sonli buyruqqa ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filiali amaliyotiga joriy etilgan (O‘zR SSV ilmiy-texnik Kengashining 07.07.2025 yildagi 21/62-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik markerlari aniqlangan va ushbu patologiya bilan fertil yoshdagi har bir bemor uchun genetik va gormonal xususiyatlarni hisobga olgan holda optimal boshqaruv taktikasi ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlik markerlari aniqlangan va ushbu patologiyaga ega ayollar uchun optimal olib borish taktikasi ishlab chiqilgan, bu tashxisotni optimallashtirish va 95 bemorga 6325765 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: endometrioz bilan bog‘liq bepushtlikning aniqlangan markerlari va ushbu patologiyaga ega ayollarni olib borishning ishlab chiqilgan taktikasi moliyaviy harajatlarning pasayishiga va 1 bemorga 66587 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.