Ziyoeva Gulrux Pulot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlod tuxumdon qon-tomir-to‘qima tuzilmalarining postnatal ontogenezidagi morfologik holati», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3709.
Ilmiy rahbar: Xojanazarova Saule Jubatirovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamasaidov Jamoliddin Turg‘unbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: gipotireoz sharoitida ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodning tuxumdon to‘qimasi va qon tomirlaridagi morfologik va immunogistokimyoviy jihatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipoterioz sharoitida tug‘ilgan avlodda tuxumdon tomirlarining buzilishi va primordial follikullarning o‘sish bosqichiga o‘tishning kechikishi oqibatida tuxumdon po‘stloq moddasini primordial follikulalar bilan to‘liq egallashi va mag‘iz moddada qon tomirlarining tarmoqlanishini kamaytirishi aniqlangan;
gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda postnatal davridagi fiziologik rivojlanishining kechikishi oqibatida gipofiz-qalkonsimon bez-ovarial tizim gormonlarining regulyasiyasiga va tuxumdoning struktur-funksional shakllanishiga salbiy ta’sir etishi isbotlangan;
gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarning tuxumdonida Ki-67 markerining ekspressiyasining pasayishi, shuningdek, hujayra proliferatsiyasi va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi nomutanosiblik tuxumdonlarning endokrin va generativ funksiyalaridagi buzilishlarning asosiy sababi ekanligi isbotlangan;
gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda follikulyar apparatlarning kechikishi va tuxumdonlar zahiraviy imkoniyatlarining kamayishi oqibatida tuxumdon po‘stloq moddasining maydoni nazorat guruhiga nisbatan 1,47 marta, ikkilamchi follikullarning o‘rtacha kattaligi esa 2,45 marta qisqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gipotireoz sharoitida ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodning tuxumdon to‘qimasi va qon tomirlaridagi morfologik va immunogistokimyoviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: gipoterioz sharoitida tug‘ilgan avlodda tuxumdon tomirlarining buzilishi va primordial follikullarning o‘sish bosqichiga o‘tishning kechikishi oqibatida tuxumdon po‘stloq moddasini primordial follikulalar bilan to‘liq egallashi va mag‘iz moddada qon tomirlarining tarmoqlanishini kamaytirishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/277-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar tuxumdon to‘qimasining morfologik ontogenezini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 61/I-son hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlod tuxumdoni po‘stloq moddasini primordial follikulalar to‘liq egallagani va mag‘iz moddasida qon tomirlar tarmoqlanishining kamayganligi ovogenez jarayoniga bevosita ta’sir qilishiga, buni o‘z vaqtida aniqlash, erta tashhislash, profilaktika va zarur ginekologik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini kamaytirishga va davolash natijalarini yaxshilashga qaratilganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollardagi gipotireoidizmni erta aniqlash, ulardan tug‘ilgan bolalarning ikkilamchi bepushtligini samarali profilaktika qilish natijasida bemorlarni davolanish uchun sarflanadigan mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda postnatal davridagi fiziologik rivojlanishining kechikishi oqibatida gipofiz-qalkonsimon bez-ovarial tizim gormonlarining regulyasiyasiga va tuxumdoning struktur-funksional shakllanishiga salbiy ta’sir etishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/277-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar tuxumdon to‘qimasining morfologik ontogenezini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 61/I-son hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipotireozli onalardan tug‘ilgan avlodning tuxumdonning struktur-funksional shakllanishining o‘rganilishi natijasida kuzatiladigan asoratlarni erta prognozlash va davolash chora tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan bolalarda olingan natijalar asosida kasallikni erta tashhislash orqali statsionarda davolanish muddatini qisqartirish natijasida bemorlarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarning tuxumdonida Ki-67 markerining ekspressiyasining pasayishi, shuningdek, hujayra proliferatsiyasi va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi nomutanosiblik tuxumdonlarning endokrin va generativ funksiyalaridagi buzilishlarning asosiy sababi ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/277-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar tuxumdon to‘qimasining morfologik ontogenezini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 61/I-son hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodning tuxumdonini Ki-67 markeriga immunogistokimyoviy tekshiruv, past darajada ekspressiyasi natijasida tuxumdonning endokrin va generativ faoliyatini prognozlash va davolash chora tadbirlarini samarali olib borish imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar endokrin va generativ kasalliklarni tashxislash, profilaktika va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamaytirish natijasida bemorlarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlarda follikulyar apparatlarning kechikishi va tuxumdonlar zahiraviy imkoniyatlarining kamayishi oqibatida tuxumdon po‘stloq moddasining maydoni nazorat guruhiga nisbatan 1,47 marta, ikkilamchi follikullarning o‘rtacha kattaligi esa 2,45 marta qisqarishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 martda 03-24/277-son bilan tasdiqlangan «Gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlodlar tuxumdon to‘qimasining morfologik ontogenezini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.12.2024 yildagi 61/I-son hamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini yanada oshirish maqsadida gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar tuxumdonning po‘stloq modda va ikklamchi follikulalardagi kuzatilgan morfologik o‘zgarishlar modeli yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida tuxumdon po‘stloq modda va ikkilamchi follikulalardagi morfologik o‘zgarishlar homilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bepushtlikni erta aniqlash orqali bemorlarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish