Tolmasov Ro‘zibek Tolmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Palma yog‘i bilan oziqlanishda me’da devorlarining postnatal ontogenez davridagi morfologik o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4020.
Ilmiy rahbar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxromov Jur’at Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenezning turli davrlarida pal`ma moyi ta’sirida me’da devori qavatlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlar dinamikasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba sharoitida zotli erkak oq kalamushlarning ratsioniga (tana vazniga qarab) pal`ma moyi kiritilgandan keyin bir oyda, hujayrali giperplaziya va oshqozonning kompensatsion kengayishi tufayli ovqat hazm qilish traktining ortib borayotgan yukiga moslashish uchun me’daning anatomik o‘lchamlari (og‘irligi, uzunligi va hajmi) nazorat guruhiga nisbatan ishonchli tarzda ortishi isbotlangan;
postnatal ontogenezning turli yosh davrlarida pal`ma moyi bilan oziqlangan hayvonlar oshqozon shilliq qavati, shilliq osti, mushak va seroz qavatlarining me’yorga nisbatan qalinlashishi, metabolik o‘zgarishlar va a’zo ichi qon tomirlarining advensial devorlarining tuzilishidagi buzilishlar lipidlarning peroksidlanish mahsulotlarning xosil bo‘lishi oqibatida yuzaga kelishi asoslangan;
postnatal ontogenezda pal`ma moyi bilan uzoq muddat davomida oziqlantirish natijasida me’da devori tuzilmalarida mikrosirkulyasiyaning og‘ir buzilishi, to‘qima gipoksiyasi va oshqozon devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar, shuningdek, periferik qon tomirlar intima qavatida destruktiv o‘zgarishlar yuzaga kelishi oqibatida oshqozonning sekretor, harakatlanish va so‘rilish funksiyalarining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
me’da devori qatlamlari va qon tomir tuzilmalarida pal`ma moyi bilan oziqlanish bilan bog‘liq rivojlangan provard asoratlarni oldini olishga qaratilgan morfologik algortmning to‘yingan yog‘ iste’molidan kelib chiqqan oshqozon-ichak traktidagi patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirishdagi o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pal`ma yog‘i bilan oziqlanishda me’da devorlarining postnatal ontogenez davridagi morfologik o‘zgarishlar dinamikasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tajriba sharoitida zotli erkak oq kalamushlarning ratsioniga (tana vazniga qarab) pal`ma moyi kiritilgandan keyin bir oyda, hujayrali giperplaziya va oshqozonning kompensatsion kengayishi tufayli ovqat hazm qilish traktining ortib borayotgan yukiga moslashish uchun me’daning anatomik o‘lchamlari (og‘irligi, uzunligi va hajmi) nazorat guruhiga nisbatan ishonchli tarzda ortishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/479-t-son bilan tasdiqlangan «Postnatal ontogenez davrida pal`ma yog‘i ta’sirida me’da devorining morfologik o‘zgarishlarini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.02.2025 yildagi 14-A-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 9-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postnatal ontogenez davrida pal`ma moyi bilan oziqlanishda me’dada kuzatiladigan anatomik o‘zgarishlarni, xususiyatlarini, bashoratlash va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim amaliy kasb etadi va buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va davolash natijalari yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usuldan foydalanish pal`ma moyi iste’mol qilinganda alimentar semirishning erta tashxislash va uni rivojlanish darajasi, asoratlarni kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon berishi natijasida 300000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: postnatal ontogenezning turli yosh davrlarida pal`ma moyi bilan oziqlangan hayvonlar oshqozon shilliq qavati, shilliq osti, mushak va seroz qavatlarining me’yorga nisbatan qalinlashishi, metabolik o‘zgarishlar va a’zo ichi qon tomirlarining advensial devorlarining tuzilishidagi buzilishlar lipidlarning peroksidlanish mahsulotlarning xosil bo‘lishi oqibatida yuzaga kelishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/479-t-son bilan tasdiqlangan «Postnatal ontogenez davrida pal`ma yog‘i ta’sirida me’da devorining morfologik o‘zgarishlarini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.02.2025 yildagi 14-A-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 9-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postnatal ontogenezning turli yosh davrlarida pal`ma moyi bilan oziqlanishdan so‘ng hazm tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarni va asoratlarini oldini olish orqali ovqatlanish tarziga bog‘liq ravishda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bilan insonlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, pal`ma moyi bilan oziqlanishda me’daning morfologik o‘zgarishlarni tushunish, bu o‘zgarishlar oqibatida kuzatiladigan asoratlarni erta bashoratlash, davolash chora-tadbirlarini samaradorligini baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: me’da devori qavatlarining pal`ma moyi bilan oziqlanishdan keyingi o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 300000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: postnatal ontogenezda pal`ma moyi bilan uzoq muddat davomida oziqlantirish natijasida me’da devori tuzilmalarida mikrosirkulyasiyaning og‘ir buzilishi, to‘qima gipoksiyasi va oshqozon devoridagi strukturaviy o‘zgarishlar, shuningdek, periferik qon tomirlar intima qavatida destruktiv o‘zgarishlar yuzaga kelishi oqibatida oshqozonning sekretor, harakatlanish va so‘rilish funksiyalarining pasayishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/479-t-son bilan tasdiqlangan «Postnatal ontogenez davrida pal`ma yog‘i ta’sirida me’da devorining morfologik o‘zgarishlarini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.02.2025 yildagi 14-A-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 9-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postnatal ontogenezning turli davrlarida pal`ma moyi bilan oziqlanishda me’da devori qavatlarining o‘zgarishlarni morfologik va morfometrik usullar orqali baholash kuzatiladigan asoratlarni erta bashoratlash va davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish bemorlarning ijtimoiy ahvolini va aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: postnatal ontogenezda pal`ma moyi bilan uzoq muddat davomida oziqlanishdan keyin me’da devori tuzilmalarida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 150000 so‘mdan 300000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: me’da devori qatlamlari va qon tomir tuzilmalarida pal`ma moyi bilan oziqlanish bilan bog‘liq rivojlangan provard asoratlarni oldini olishga qaratilgan morfologik algortmning to‘yingan yog‘ iste’molidan kelib chiqqan oshqozon-ichak traktidagi patologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq asoratlar xavfini kamaytirishdagi o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/479-t-son bilan tasdiqlangan «Postnatal ontogenez davrida pal`ma yog‘i ta’sirida me’da devorining morfologik o‘zgarishlarini baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘yicha 27.02.2025 yildagi 14-A-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 28.02.2025 yildagi 9-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postnatal ontogenezning turli davrlarida uzoq muddat pal`ma moyi bilan oziqlanishda me’da devori tuzilmalarida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar oqibatida uzoq vaqt stasionar davolanishga muhtojlikka olib keluvchi me’da-ichak surunkali kasalliklarini oldini olish va erta tashhislash orqali kasalliklarni oldini olish samaradorligiga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: pal`ma moyi bilan oziqlanishda me’da devori qatlamlari va qon tomir tuzilmalaridagi morfofunksional o‘zgarishlar hamda provard asoratlarni oldini olishga qaratilgan morfologik algortmining o‘rnini baholash, gastroendoskopiya va me’da to‘qimasini gistologik tekshiruvlari orqali kasallikni erta tashxislash natijasida 300000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.