Xolmuradova Mushtariy Faxrutdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qutadg‘u bilig» leksikasi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil274.
Ilmiy rahbar: Dadabaev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Xusanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Qutadg‘u bilig»dagi so‘zlarning statistik tahlilini amalga oshirish, ularni tarixiy-etimologik, leksik-semantik, funksional-stilistik jihatdan o‘rganish, doston matniga xos leksik birliklarni ajratish, asar badiiyligini ta’minlagan leksik vositalarning emotsional-ekspressiv xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Qutadg‘u bilig»dagi o‘z va o‘zlashgan qatlam leksikasining statistik tahlili asosida turkiy leksemalar 84 %ni tashkil etishi isbotlangan;
turkiy so‘zlarning hozirgi o‘zbek adabiy tili va o‘zbek shevalariga munosabati asoslangan hamda qonuq, yit`r, bsrk, iŋdk, љatu, ǯiia singari leksemalarning hozirgi o‘zbek shevalarida faol qo‘llanishi aniqlangan;
asar leksikasi ijtimoiy-siyosiy, diplomatiya, tibbiy, harbiy, savdo-sotiq singari 32 ta semantik guruhga mansubligi aniqlangan;
leksemalarning denotativ ma’nodan tashqari emotsional-ekspressiv vazifalarda kelishi, metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi ko‘chim turlarining asar badiyatini ta’minlashdagi o‘rni, muallif uslubiga xos o‘xshatishlar, parafrazalar asoslangan;
leksemalarning shakl va ma’no munosabatiga doir ko‘rinishlari, cinonimlarning ma’noni darajalab ifodalashdagi ahamiyati, omonimlarning yashirin ma’nolarni anglatishdagi o‘rni, antonimlarning kontrast tasvir usulidagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Qutadg‘u bilig» leksikasining tarixiy-etimologik, funksional-stilistik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asar matnidagi tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va mifologik leksikaga oid turkiy lug‘aviy birliklar ma’nolari izohidan, xalq dostonlarida qo‘llangan epik nomlar, samoviy yoritqichlar – oy, quyosh va yulduz bilan bog‘liq lingvistik qarashlardan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining ellik to‘rtinchi («To‘lg‘anoy»: dostonlar) jildiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 21 iyundagi 89-03-2353-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan kuylangan «To‘lg‘anoy» dostoni matni yuzasidan lug‘at tuzish va ilmiy izohlar yozishda manba bo‘lib xizmat qilgan.
«Qutadg‘u bilig» leksikasidagi o‘z va o‘zlashgan qatlam haqidagi natijalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi amaliy grant asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning audiokitob shaklidagi nusxalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 89-03-2488-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida o‘z va o‘zlashma qatlam nisbati belgilangan, turkiy so‘zlarning miqdori aniqlanib, loyiha materiallari yangi ilmiy manba va qarashlar bilan boyigan;
«Qutadg‘u bilig»da qo‘llangan, hozirda arxaik so‘zga aylangan bagprsaq «marhamatli», erspg «botir», arpg «pok, toza», aliaq «saxovatli, yumshoq ko‘ngil» kabi leksemalar semantikasi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik» dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2018 yil 25 iyundagi 0218-1-115-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ma’naviy-ma’rifiy qiymati takomillashgan;
«Qutadg‘u bilig»da keltirilgan arxaik so‘zlar ma’nosi talqinlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida efirga uzatilgan «Til ziynati» ko‘rsatuvining «O‘tmish saboqlari» ruknini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» teleradiokanalining 2018 yil 26 iyundagi 02-16-348-son ma’lumotnomasi). Natijada «Qutadg‘u bilig» matnining badiiy xususiyatlari orqali ushbu ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv materiallari yangi manbalar bilan boyitilgan.