Irgashev Anvar Farxodovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Aholining moliyaviy savodxonligini oshirishda moliyaviy siyosatdan foydalanish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5409
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xidirov Nodir G‘iyosalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholi moliyaviy savodxonligini oshirishda moliyaviy siyosatdan foydalanishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolarga soliqlar to‘lanishini tushuntirib borish va ularda tasavvur uyg‘otish orqali yaqinlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bank mobil ilovasidan foydalanishni 2,01 foiz punktga oshirishi asoslangan.
insonlarning ta'lim olganlik darajasini oshirish asosida moliyaviy firibgarlikka aldanish ehtimolini 65,2 foizga kamaytirishini inobatga olish orqali moliyaviy firibgarlikka aldanishni ehtimolligini kamaytirish taklif etilgan.
mikromoliya xizmatlaridan foydalanishda oilaning umumiy daromadi o‘rtacha 1 mln. so‘mga oshib borishi qimmatbaho buyumlarni sotib olishda ratsional moliyaviy qarorlar qabul qilishga moyillik holatlarini ijobiy o‘zgartirish orqali insonlarning ortiqcha xarajatlardan himoyalash asoslangan.
davlat byudjeti iqtisodiyot xarajatlarinining moliyaviy xizmatlarga statistik ijobiy ta’sirini ta’minlash orqali aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishini 6.6 birlikka oshirish asosida byudjet xarajatlari samaradorligini mustahkamlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ustuvorliklarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqarolarga soliqlar to‘lanishini tushuntirib borish va ularda tasavvur uyg‘otish orqali yaqinlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bank mobil ilovasidan foydalanishni 2,01 foiz punktga oshirishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarorining 27-bandi v-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 09 - sentyabrdagi 01/00-03/09-542-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aholining soliq amaliyotini bajarishda raqamli imzodan foydalanishi 2025-yilda o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga oshishiga olib keladi. 
insonlarning ta'lim olganlik darajasini oshirish asosida moliyaviy firibgarlikka aldanish ehtimolini 65,2 foizga kamaytirishini inobatga olish orqali moliyaviy firibgarlikka aldanishni ehtimolligini kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarorining 7-bandi b-xatboshisi ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 09 - sentyabrdagi 01/00-03/09-542-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aholining “moliyaviy piramida” tuzoqlariga tushib qolishi 2025 - yilda o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga pasayishiga olib keladi.
mikromoliya xizmatlaridan foydalanishda oilaning umumiy daromadi o‘rtacha 1 mln. so‘mga oshib borishi qimmatbaho buyumlarni sotib olishda ratsional moliyaviy qarorlar qabul qilishga moyillik holatlarini ijobiy o‘zgartirish orqali insonlarning ortiqcha xarajatlardan himoyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarorining 2-bandi d-xatboshi ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 09-sentyabrdagi 01/00-03/09-542-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga tadbiq etish orqali kelgusida aholini keraksiz xarajatlardan himoyalash o‘rtacha 8 foizga oshishiga erishiladi.
davlat byudjetining iqtisodiyot xarajatlarini bir birlikka oshirish orqali moliyaviy xizmatlarni 6.6 birlikka o‘sishiga erishish asosida byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining «2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-455-son qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlashda mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali erishiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil  09-sentyabrdagi 01/00-03/09-542-son ma’lumotnomasi). Natijada, byujetning iqtisodiyot xarajatlarining moliyaviy xizmatlarga ijobiy ta’siri 10 foizdan oshishiga erishish mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish