Daminova O‘g‘iloy Mirzaqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2302.
Ilmiy rahbari: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mirdjalilova Dildora Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tartibga solishning ma’muriy va bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston viloyatlari kesimida oziq-ovqat bozorini tartibga solish uchun menejmentning institusionallik, barqarorlik, uzoq muddatni mo‘ljallash, shaffoflik, majmuaviylik, vertikal integratsiya ustuvorligi, profilaktik boshqarish tamoyillariga rioya etish taklif etilgan;
oziq-ovqat bozorini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun davlat tomonidan menejmentning tartibga solish funksiyasini izchil bajarish zarurligi asoslangan, maqsadli dasturlarni amalga oshirish tizimi taklif etilgan, ushbu dasturlarni bosqichma-bosqich bajarish modeli ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat bozorini tartibga solishga ta’sir etuvchi omillarning regression tahlili xulosalariga asosan oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning SEM-modeli ishlab chiqilgan, ushbu modeldan oziq-ovqat mhasulotlari balanslarini tuzishda foydalanish tavsiya etilgan;
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini yetishtirishni ko'paytirish, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlari o‘sishining oldini olish, kelgusi yil uchun ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosiga ehtiyojning prognoz hajmlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston viloyatlari kesimida oziq-ovqat bozorini tartibga solishda menejmentning institusionallik, barqarorlik, uzoq muddatni mo‘ljallash, shaffoflik, majmuaviylik, vertikal integratsiya ustuvorligi, profilaktik boshqarish tamoyillarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1023-son Qonunning 5-moddasi (Oziq-ovqat sohasidagi asosiy prinisiplar)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-martdagi №3/dn-56-sonli dalolatnomasi). Natijada tavsiya etilgan tamoyillar tizimi orqali O‘zbekistonda mahalliy oziq-ovqat bozorlarini tartibga solish jarayonini oqilona yoʻlga qoʻyish va shu asosda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish samaradorligini uzoq muddatga oshirishni ta’minlash imkoniga erishildi.
oziq-ovqat bozorining rivojlanish xususiyatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish uchun oziq-ovqat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish zarurligi, mavjud tuzilmani to‘ldiradigan ichki oziq-ovqat bozorini maqsadli dasturlar orqali qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1023-son Qonunning 15-moddasi (Oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan choralar)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-martdagi №3/dn-56-sonli dalolatnomasi. Natijada, Respublikamizda markaziy va mahalliy hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ta’sir o‘tkazish mexanizmlari takomillashtirilgan va samarali tizim yaratilgan.
oziq-ovqat bozorini tartibga solishga ta’sir etuvchi omillarning regression tahlilini o‘tkazish asosida oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning SEM-modelini ishlab chiqish, uning oziq-ovqat bozorini tartibga solishga ta’sir etuvchi tashqi omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1023-son Qonunning 17-moddasi (Oziq-ovqat balansini shakllantirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-martdagi №3/dn-56-sonli dalolatnomasi). SEM-modelini qo‘llash natijasida oziq-ovqat bozorini tartibga solishga ta’sir etuvchi tashqi omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va shu orqali oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini prognozlash imoniyati yaratildi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xomashyo yetishtirishni rivojlantirish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlari o‘sishining oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash, kelgusi yil uchun ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojning prognoz hajmlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1023-son Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilarini (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatlari)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-martdagi №3/dn-56-sonli dalolatnomasi). Natijada 2030 yilgacha kartoshka etishtirishni 72 foiz, sabzavot maxsulotlari yetishtirishni 65 foiz, poliz maxsulotlari etishtirishni 80 foizga koʻpaytirib, narxlarni 20 - 40 foizga pasayatirish rejalashtirildi.