Namozova Maftuna Shokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda radikal g‘oyalarning yoshlar ma’naviy tarbiyasiga ta’siri va ularning oldini olish choralari” 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1095
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Norqulov Suxrob Dustmurodovich – falsafa fanlari doktori, professor; G‘ofurov Uyg‘un To‘lqinovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Yangi O‘zbekiston sharoitida radikal g‘oyalarining yoshlar ma’naviy tarbiyasiga ta’sirini o‘rganish va ularning oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yangi O‘zbekiston sharoitida radikal g‘oyalar shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillar (ichki – ishsizlik, loqaydlik, boqimandalik, huquqiy ong va madaniyatning etishmasligi; tashqi – migratsiya, onlayn radikalizm, ommaviy madaniyat), radikalizmning an’anaviy va virtual muhitdagi namoyon bo‘lish shakllari (diniy fundamentalizm, siyosiy, madaniy, iqtisodiy-texnik qaramlik, ta’lim, oilaning nostandartlashuvi) asoslangan;
insonlarda radikal g‘oyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarning rolini baholash metodikasi (kontent va unga munosabat, real hayotda aks etishi) shaxsining radikallashuv bosqichlari va darajalari bilan uyg‘unlikda ochib berilgan;
yoshlarni radikal g‘oyalar ta’siridagi axborot-psixologik portreti, radikalizmga qarshi immunitetni shakllantirishning zamonaviy media vositalari samaradorligi va radikalizmning istalgan darajasi (mikro, mezo va makro)da shaxslarni deradikalizatsiya qilish mumkinligi ma’naviy tarbiya kontekstida ilmiy dalillangan;
radikal g‘oyalarning asosiy ta’sir obekti va harakatlantiruvchi kuchi sifatida yoshlarga e’tibor qaratilayotganigi, radikalizm tag zamirida esa radikal motivatsiya va diniy motiv turganligi ilmiy nuqtai nazardan asoslanib, davlat va nodavlat tashkilotlarning radikalizmning oldini olishga doir profilaktik hamkorlik mexanizmlari (psixosotsial ehtiyojlarni anglash, multidisiplinar profilaktika, ijtimoiy integratsiyani ta’minlash) ma’naviy tarbiya asosida takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda radikal g‘oyalarni yoshlar ma’naviy tarbiyasiga ta’siri va ularni oldini olish choralari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Yangi O‘zbekiston sharoitida radikal g‘oyalar shakllanishiga sabab bo‘luvchi omillari (ichki – ishsizlik, loqaydlik, boqimandalik, huquqiy ong va madaniyatning etishmasligi; tashqi – migratsiya, onlayn radikalizm, ommaviy madaniyat), radikalizmning an’anaviy va virtual muhitdagi namoyon bo‘lish shakllari (diniy fundamentalizm, siyosiy, madaniy, iqtisodiy-texnik qaramlik, ta’lim, oilaning nostandartlashuvi) asoslanganligiga oid nazariy xulosalardan 2024-2025 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim taraqqiyot”, nomli dasturlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasining 2024-yil 15-apreldagi № 05-09-477-son dalolatnomasi.) Natijada, O‘zMTRK dastur ssenariylarida foydalanilishi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim taraqqiyot” va boshqa dasturlari ilmiy saviyasini oshishiga hamda tenglovchilarning siyosiy-ma’naviy hamda huquqiy madaniyati rivojlanishi, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar borasidagi bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
insonlarda radikal g‘oyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarning rolini baholash metodikasi (kontent va unga munosabat, real hayotda aks etishi), shaxsning radikallashuv bosqichlari va darajalari bilan bog‘liq ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yoshlarni ekstrimizm g‘oyalardan asrash barqarorlik omili”, “Internetda ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan ehtiyot bo‘ling”, “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” hamda “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviy uyg‘unligi” kabi mavzularda tashkil etilgan davra suhbatlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yil 17-apreldagi 1/01-7-son ma’lumotnomasi.) Natijada, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarimizni mardlik, jasorat va matonat ruhida tarbiyalash hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan “Ma’rifat maydoni”, “Yurtim qadriyatlari”, “Vatanni madh etib” deb nomlangan tanlovlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
yoshlarni radikal g‘oyalar ta’siridagi axborot-psixologik portreti, radikalizmga qarshi immunitetni shakllantirishning zamonaviy media vositalari samaradorligi va radikalizmning darajalari (mikro, mezo va makro)da shaxslarni de-radikalizatsiya qilish mumkinligi oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022–2025 - yillarga mo‘ljallangan dasturida keltirilgan “Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 19-apreldagi 02/06-38-son dalolatnomasi.) Natijada, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarining natijadorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
radikal g‘oyalarning asosiy ta’sir obekti va harakatlantiruvchi kuchi sifatida yoshlarga e’tibor qaratilayotganligi, radikalizm tag zamirida esa, radikal motivatsiya va diniy motiv turganligi ilmiy nuqtai nazardan asoslanib, davlat va nodavlat tashkilotlarining radikalizmni oldini olishga doir profilaktik hamkorlik mexanizmlari (psixosotsial ehtiyojlarni anglash, multidissiplinar profilaktika, ijtimoiy integratsiyani ta’minlash) ma’naviy tarbiya asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining faoliyatida ijodiy foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025 yil 4 iyuldagi 04/12-1914-son dalolatnomasi.) Natijada, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tizimidagi xodimlarning ma’naviy-axloqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.