Joldasova Ayzada Bekbaulievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Ko‘ylakbop matolarni ishlab chiqarishning texnologik parametrlarini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3972
Ilmiy rahbar: Daminov Askarali Davlatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, dotsent; Daminov Asror Mahmayusupovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘ylakbop matolarni ishlab chiqarishning texnologik parametrlarini ishlab chiqish orqali mahsulot sifatini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mexanik modeldagi matoning fazaviy tuzilishiga asoslangan holda iplar orasidagi ishqalanishning mexanik parametrlarini hisoblash orqali takomillashgan ko‘ylakbop mato olish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor paxta, jun, zig‘ir, ipak iplari hamda ularning aralashmalaridan tayyorlangan to‘qimachilik materiallarining ishqalanish koeffisientini o‘lchash qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
to‘qimadagi tanda ipi to‘ldiruvchanligining arqoq ipi to‘ldiruvchanligiga nisbatini hisobga olgan holda, arqoq ipini to‘qima chetiga jipslashtirish paytidagi tanda ipining tarangligini aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan;
ko‘ylakbop matolarini ishlab chiqarishda tanda iplari uzilishining tanlangan omillarga bog‘liqligini tavsiflovchi ikkinchi tartibli matematik model olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi tuzilishdagi to‘qimani yaratish va uni to‘quv dastgohida hosil bo‘lish jarayonini muqobillash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Yangi ko‘ylakbop matolarni ishlab chiqarishning muqobil texnologik parametrlari “Bo‘ston Mega tekstil” MChJ va “Ellikqal’a Denim” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 6-noyabrdagi №03/25-2913 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi tuzilishdagi ko‘ylakbop to‘qimaning havo o‘tkazuvchanligi 25% ga, gigroskopikligi 12% ga, g‘ijimlanmasligi 35% ga, buramdorligi 5% va mahsulot samaradorligi 4,8% ga ortishiga erishilgan.