Salaeva Nozima Sattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Trikotaj to‘qimalarida naqsh fakturalaridan samarali foydalanish orqali resurstejamkor texnologiyani yaratish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5122 
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Abdurashid Ataxanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: trikotaj to‘qimalarida naqsh fakturalaridan samarali foydalanish orqali resurstejamkor texnologiyani yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
naqshli trikotaj toʻqimasining halqa balandligi, gorizontal boʻyicha zichligi va tortuvchi rolik tezligi ta’sirini hisobga olib havo oʻtkazuvchanlik xususiyatini  aniqlovchi matematik model ishlab chiqilgan; 
vaqt mobaynida haroratni monoton oʻzgarishi eksponensialga yaqin qonuniyat boʻyicha amalga oshishi, trikotaj matosining haroratini dastlabki koʻrsatkichiga nisbatan oʻzgarishi bo‘yicha hisoblash tenglamasi yaratilgan;
trikotaj to‘qimalarida ikkita qoʻshni halqalar ustiga yangi shakllangan halqani koʻchirish orqali toʻqima yuzasida turli xil naqshlar hosil qilinishi hamda texnologik parametrlariga ta’sir ko‘rsatish usuli y aratilgan;
trikotaj mashinasida ignadon joylashuvini o‘zgartirish orqali havo o‘tkazuvchanligi va qaytar deformatsiya xususiyatlari yuqori bo‘lgan g‘ovaksimon naqshli trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lastik va interlok to‘qimalari asosida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Yangi tuzilishdagi lastik va interlok ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Khiva cluster” MChJ, “Porloq Chust Brendi'” MChJ, “Urg tex” MChJ, “Textile and light industry center” MChJ korxonalariga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 30-iyundagi № 03/25-1609 sonli ma’lumotnomasi). Natijada trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xomashyo sarfini 22% gacha kamaytirishga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan. Natijada 1 tonna poliakrilnitril ipidan naqshli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish uchun 9,5 mln so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish