Ubaydullaeva Zarnigor Hasanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda hissiyot ifodalovchi vositalarning lingvomadaniy va psixolingvistik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Fil.3684
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuhro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi insonga xos hissiyotlarning lisoniy voqelanish xususiyatlari va ularni ifodalovchi vositalarning hissiy-lisoniy olam manzarasida tutgan o‘rnini turli tizimli tillar misolida lingvokulturologik va psixolingvistik aspektda tadqiq qilishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli tizimli tillarda hissiyot ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy va psixolingvistik xususiyatlari, bu birliklarning har bir til kontekstida voqelanishi hamda asosiy hissiyotlarning barcha tillarda mavjudligi, verbal, noverbal shaklda qo‘llanilishi, hissiy yuklamali birliklar va frazeologik vositalar orqali ifodalanishi jihatidan o‘xshash, hissiyot ifodalovchi vositalarning qo‘llanilish darajasi, madaniyatlararo kontekstda hissiyotlarga berilgan semantik va uslubiy yondashuvlar, shuningdek, jins va yosh omillarining ta’siri kabi farqli jihatlari asoslangan;
hissiy-lisoniy olam manzarasi tushunchasi lingvistik va psixologik komponentlarning birikmasi sifatida tavsiflanib, ijobiy, salbiy va ambivalent hissiyotlarning til vositalari orqali tasvirlanishi hamda inson tafakkuridagi akslanish shakllari aniqlangan;
o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi asosiy hissiyotlar – g‘azab, quvonch, qayg‘u, muhabbat, qo‘rquv va hayratni ifodalovchi vositalar tahlil qilinib, ularning har bir til kontekstida lingvomadaniy talqini hamda inson ongida psixolingvistik jihatdan aks etishi aniqlanib, bu vositalarning madaniyatlararo tafovut va mushtaraklik nuqtayi nazaridan ifodalanish mexanizmlari isbotlangan;
muloqot jarayonida, shuningdek internet yozma muloqotidagi paralingvistik vositalar (noverbal kommunikatsiya komponentlari: emoji, gif, mem, stiker, nutq intonatsiyasini ifodalovchi belgilar) bilan bog‘liq holda baholanib, ularning hissiy axborot etkazishdagi kommunikativ-pragmatik roli dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillaridagi hissiyot ifodalovchi vositalarning lingvomadaniy va psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
    turli tizimli tillarda hissiyot ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy va psixolingvistik xususiyatlari, bu birliklarning har bir til kontekstida voqelanishi hamda asosiy hissiyotlarning barcha tillarda mavjudligi, verbal, noverbal shaklda qo‘llanilishi, hissiy yuklamali birliklar va frazeologik vositalar orqali ifodalanishi jihatidan o‘xshash, hissiyot ifodalovchi vositalarning qo‘llanilish darajasi, madaniyatlararo kontekstda hissiyotlarga berilgan semantik va uslubiy yondashuvlar, shuningdek, jins va yosh omillarining ta’siri kabi farqli jihatlari borasidagi ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining F3-2019081663-raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 1/04-162-son ma’lumotnomasi). Natijada raqs san’atiga oid matnning lingvistik birliklarida “hissiyot” konseptining voqelanishi masalasiga oydinlik kiritildi, o‘zbek, ingliz va rus tillari lingvomadaniy birliklaridan biri bo‘lgan hissiyotlarning lingvistik, milliy-madaniy va kommunikativ vazifalarini aniqlashga hamda ularni nutqda to‘g‘ri qo‘llashga doir ilmiy-nazariy, amaliy qarashlar mukammallashgan;
    hissiy-lisoniy olam manzarasi tushunchasi lingvistik va psixologik komponentlarning birikmasi sifatida tavsiflanib, ijobiy, salbiy va ambivalent hissiyotlarning til vositalari orqali tasvirlanishi hamda inson tafakkuridagi akslanish shakllariga oid takliflaridan bir haftalik seminar-trening, uchrashuvlar va yoshlarning intellektual salohiyati hamda ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini tashkil etish yuzasidan Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2017-yil 8-noyabrdagi 
01-07/1-1714-son majlis bayonida belgilangan “Yosh kitobxon” tanlovining 2023-yilgi mavsumi Farg‘ona viloyati bosqichini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 17-yanvardagi 2-15-21-272-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
    o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi asosiy hissiyotlar – g‘azab, quvonch, qayg‘u, muhabbat, qo‘rquv va hayratni ifodalovchi vositalar tahlil qilinib, ularning har bir til kontekstida lingvomadaniy talqini hamda inson ongida psixolingvistik jihatdan aks etishi aniqlanib, bu vositalarning madaniyatlararo tafovut va mushtaraklik nuqtayi nazaridan ifodalanish mexanizmlari yuzasidan berilgan xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-2025-yillarda efirga uzatilgan “Yoshlar vaqti”, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Xayrli kun!”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Yoshlar kundaligi” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-yanvardagi 01-02/10-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv hamda eshittirishlarning mazmuni boyitilib, ilmiy va amaliy salmog‘i orttirilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish